Bir oila mehribonlik uyidan bola asrab olishga qaror qildi. Xo‘sh, ishni nimadan boshlash kerak?
Maxsus loyiha
Yangilangan:
Qanday qilib bola asrab olish mumkin? Bu masala ota-onalar qanday muammolarga duch keladi va ularni yechish yo‘li bormi? Bu haqda mehribonlik uyi bo'yicha tajribali mutaxassis Umida Mamanova bilan suhbatlashdik.

- Ota-onalarni bunday qadam tashlashga tayyorlash yoki qiyinchiliklarni yengishda yordam beriladimi?
Mehribonlik uylari qoshida yoki Respublika ijtimoiy moslashuv markaziga tutingan ota-onalar kurslari ochildi. Bu yerda ota-onalar bola asrab olishdan oldin kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishi va yuridik savollarga javob olishlari mumkin.
- Hamma go‘daklarni asrab olishni xohlaydi. Turli yoshdagi bolalarni asrab olishning o‘ziga xos tomonlari qanday?
Kichik yoshdagi bolalar toifasi eng talabgir. Avvaliga ota-onalar kichik yoshidan o‘zimiz tarbiyalaymiz, deb go‘daklarni olishni istaydi. Bir tomondan bu to‘g‘ri yondashuv. Chunki O‘zbekistondagi bolalar uylarida aksariyat tarbiyalanuvchilar ijtimoiy nosog‘lom oilalardan. Ular qanchalik katta bo‘lsa, olgan yomon tarbiyasi taʼsiri shunchalik kuchli bo‘ladi. Tutingan ota-onalar uchun bunday merosdan qutulish va o‘zinikini singdirish oson bo‘lmaydi. Bunda hammasi individual.
- Genetikaning taʼsiri bormi?
Albatta, taʼsiri bor. Go‘dak bolani olayotib, uni 100% o‘zingizga moslab tarbiyalashingizga kafolat berolmaysiz. O‘z farzandlaringiz bobida ham bunday deyish qiyin. Yetim bolalarni tarbiyalash esa o‘ziga xos. Bir oilani bilaman, ular ikki haftalik qizaloqni asrab olishdi, ammo 14 yoshida bolalar uyiga qaytarib olib kelishdi: ota-onaning qo‘lidan kelmadi.

- Bola asrab olishning to‘g‘ri yo‘li va hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar bor. Bunga qatʼiy jazm qilgan ota-onalarga qanday tavsiyalar berasiz?
Birinchidan, inson bu nafaqat ezgu ish, balki katta mehnat, masʼuliyat ekanini anglab yetishi kerak. Hech nima oson kechmaydi. Ikkinchidan, bir deganda, bir nechta mehribonlik uylariga murojaat qilish lozim. Uchinchidan, yosh yoki nomzodda qotib qolish kerak emas. Bir oila faqat uch-to‘rt yoshli bolalarni olishni istardi. Ular ikki yil navbat kutishdi va kutilmaganda 12 yoshli qizaloqni ko‘rib qolishdi. Yoqtirib qolib, muloqotlardan so‘ng uni oilaga olishdi. Qizig‘i, qizchaning oldiga kelib turishgan paytda 15-16 yoshli ikki nafar qizaloqqa mehr qo‘yishdi. Natijada bu qizlar ukasi bilan qo‘shilib o‘sha oilaning farzandlariga aylanishdi. Bugun ushbu oila baxtli va: «Ikki yil vaqtimiz bekor ketgan, bolaning yoshiga qaramaslik kerak ekan», deyishadi.
Bolani istalgan yoshda qabul qilish mumkin, asosiysi bunga ruhan tayyor bo‘lish lozim.
- Mehribonlik uylaridagi bolalar qanday qiyinchiliklarga duch kelishmoqda?
Bizda ikkilamchi yetimlik hodisasi ko‘p uchraydi. Bu bola ikkinchi bor yetim qolganda qo‘llanadigan maxsus atama. U avvaliga oilaga olinadi, keyin esa hammasi taroziga solinadi. Qarabsizki, bola keraksiz bo‘lib qoladi. U moslasha olmaydi yoki yangi ota-onasi bolaga mehr berolmaydi. Shunda bola mehribonlik uyiga qaytariladi. Ikkinchi marta yetim qolish – dahshatli jarohat.
*Material 2022-yilda “ANATOMICÁ” jurnalining 9-sonining maxsus loyihasi uchun tayyorlangan.
Ko‘rishlar: 323
https://anatomica.uz/uz/articl...







