O‘zbekiston Mayo Clinic bilan hamkorlik qilish masalasini muhokama qildi

Yangiliklar

O‘zbekiston AQShning yetakchi tibbiyot tashkilotlaridan biri — Mayo Clinic bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Tomonlar genomika, biotexnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar hamda tibbiyot muassasalarini boshqarish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, tanishuv tashriflari va amaliy seminarlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda ilmiy tibbiyot va shaxsga yo‘naltirilgan tibbiyot (personalizatsiyalashgan tibbiyot) rivojiga yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.

Ko‘rishlar: 1

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz