Autizmga bilan kurashning 10 ta davolash usuli
Maxsus loyiha
Yangilangan:
Daun sindromi va autizmga chalingan bolalarga ruhiy nuqson tashxisi qo‘yilganda dori preparatlari ichish tavsiya etiladi. Bunday tashxis bilan inson tug‘iladi. Anʼanaviy va noanʼanaviy davolash usullari qo‘llanadi.

Vasila Alimova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori (RBIMM), shifokor-nevrolog
"18 yildan beri markaz ijtimoiy zaif bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi va beg‘araz ijtimoiy himoya bilan taʼminlaydi, jumladan, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham. Ular orasida nogironligi bor, ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar, shuningdek, qonun bilan muammosi bor voyaga yetmagan o‘smirlar ham uchraydi. Biz ularni davolamaymiz, balki jamiyatda yashashga moslashtiramiz, qobiliyatini rivojlantiramiz. Bir vaqtning o‘zida ota-onalarni ham o‘qitamiz, uyda bola bilan shug‘ullanishni o‘rgatamiz.
Markazga rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning ota-onasi mutaxassislarning bepul malakali ko‘magini olish uchun murojaat qilishi mumkin.".
1. Xulq-atvor terapiyasi usuli.
Autizmga qarshi kurashning eng keng tarqalgan usuli. Mazkur usul yordamida davolashni uch yoshgacha bo‘lgan davrdan boshlagan afzal. Bunda bolaga mustaqillik va u uchun odatiy sharoitni o‘zgartirish ko‘nikmasi singdiriladi.
2. Opsional usul.
Opsional yondashuvda bolaning ichki olamini qabul qilish va tushunish nazarda tutiladi. Davolash jarayonida ota-onalardan biri ishtirok etadi. Ota-ona bolaning xulq-atvoriga taqlid qilish orqali uning ishonchiga kirishi kerak. Terapiyaning birinchi bosqichida bolaning o‘zini tutishi kuzatiladi. Har bir detalga eʼtibor berish muhim: masalan, xatti-harakatlar, imo-ishoralar, tovushlar, bir xil iboralar, muayyan buyumga bog‘langanlik. So‘ng ota yoki ona kuniga bir necha marta bolaning ushbu xatti-harakatini takrorlay boshlaydi.
Ushbu usul tufayli bola ota-onasiga biroz eʼtibor qaratadi va sekin-asta uni o‘z olamiga kiritadi. Autizmga qarshi kurashning ushbu usuli ko‘p vaqt va kuch talab qiladi.
3. Xoldnig terapiya.
Bolaning ota-onasiga hissiy bog‘liqligi shakllanishi yoki qayta tiklanishini nazarda tutadi. Davolash bola va onani bir-biriga yaqinlashtirish yo‘li orqali o‘tkaziladi. Bunda har bir harakat psixoterapevt bilan qatʼiy kelishilishi zarur. Chunki bunday vaziyatda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
4. Autizmni gipnoz bilan davolash.
Gipnoz boshqa usullardan farqli ravishda kechki autizmni yengish samaralidir. Autizmni gipnoz yordamida davolash texnikasi bola bilan yaqindan muloqot o‘rnatishga imkon beradi. Ko‘p yillar davomida anʼanaviy tibbiyot gipnozni samarasiz deb hisoblagani uchun bu amaliyot inkor etib kelinardi. Ammo odamlarning javobi buning aksini tasdiqlaydi. Aksariyat holatlarda aynan gipnoz bolalarning atrof-muhitga moslashishi va autizm belgilaridan xalos bo‘lishida yordam bergan. Bugun ushbu usul nafaqat autist bolalarni davolash, balki vasvasa xuruji, depressiya va boshqa ruhiy buzilishlardan qutulish uchun ham faol qo‘llanadi.
5. BAK usuli
Bioakustik korreksiya usuli (BAK) – bosh miyani real vaqtda EEG asosida shakllangan tovushlar yordamida sensorli stimulyatsiya qilish. U o‘zini-o‘zi nazorat qilish mexanizmlarini faollashtiradi (“Sinxro-S” uskunasi yordamida). BAK muolajalari fiziologik funksiyalar boshqaruvining tabiiy jarayonini faollashtirish va organizmning moslashuv xususiyatlarini oshirishga qaratilgan. Bioakustik korreksiya asosida markaziy asab tizimi kasalliklarini davolash usuli asab tizimi kasalliklarining keng doirasini davolashda ishlatiladi.
BAK terapiyasini qo‘llash tajribasi nutq rivojlanishining buzilishi, hissiy buzilishlar, harakat qo‘zg‘alishi sindromi va o‘ta faollik, vegetativ-qon tomir distoniyasi, bolalar serebral falaji kabi kasalliklarda o‘z samarasini ko‘rsatdi. BAK psixofiziologik holatni meʼyorga tushirishga yordam beradi, kayfiyat ko‘tarilishi, yuqori faollik, hissiy zo‘riqish, charchoq bosilishi kuzatiladi. Uyqu, ishtaha yaxshilanadi, tajovuzkorlik kamayadi.
BAK ruhiy-nutqiy rivojlanishi to‘xtagan bolalarda nutq va kognitiv faoliyatning samarali tiklanishiga yordam beruvchi, rag‘batlantiruvchi taʼsirga ega. Autistik spektri nuqsonli bolalarda exolaliya, stereotipiyaning yaqqol ifodalanishi kamayadi. Muloqot, murojaat, nutqni tushunish ko‘nikmalari asta-sekin yaxshilanadi.
6. Amerikalik shifokor-fizioterapevt Glen Doman usuli: «Bolaning miyasi shikastlangan bo‘lsa, nima qilish kerak?..»
Ushbu usulda shikastlangan miya davolanadi, yaʼni miya zararlanishining tanadagi oqibatlari emas, balki dastlabki sabab sifatida miya davolanadi. Bemor bolalarni kompleks davolash nazarda tutiladi. Hammasi nusxalashdan boshlanadi, yaʼni quyidagi muolaja o‘tkaziladi: kattalar bola sog‘lom bo‘lganda qanday harakat qilsa, ushbu xatti-harakatlarni uning qo‘l, oyoq va boshi bilan bajarishiga yordam beradi. Usul doirasida nafas olish (kislorod miqdorini oshirish yo‘li bilan), nutqni rivojlantirish, shuningdek, manual dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu muolajalar qo‘zg‘atuvchilarni taqdim etadi, ular esa, o‘z navbatida, hissiyot aʼzolarini faollashtiradi. Natijada butun miya ishlaydi.
Usulning mohiyati: Usul jismoniy mashqlar va aqliy trenajyorlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Ularni muntazam bajarish kerak. Tug‘ilganidan boshlab har kuni bajarish uchun maxsus mashqlar:
- harakat ko‘nikmalari uchun mashqlar;
- vanual ko‘nikmalar uchun mashqlar;
- muvozanat uchun mashqlar;
Aqliy trenajyorlar turkumi:
Qanday qilib bolani o‘qishga o‘rgatish mumkin? Bolaga so‘zlar yozilgan kartochkalar namoyish etiladi. Mashg‘ulotlarning ilk kunlarida asosan 15 tadan ega turkumidagi so‘zlar uch marta ko‘rsatiladi. So‘ng seanslar soni to‘qqiztagacha ko‘paytiriladi. Mashg‘ulotlarning keyingi bosqichlarida so‘zlar soni orta boradi va bir vaqtning o‘zida bir nechta so‘zni qo‘shib ko‘rsatish qo‘shiladi (so‘z birikmalari, gaplar). 50 ga 10 cm.li kartochkalardan foydalaniladi. Ularda qizil rangli yirik harflarda so‘zlar yoziladi.
Bit intellekt kartochkalari. Bolaga tasvirli kartochka tezkor namoyish etiladi. Bunda tasvirlangan jismlar haqidagi maʼlumotlarni gapirib turish kerak. Bitta kartochkani ko‘rsatish muddati 1-2 soniya! O‘lchami 28 ga 28 cm.li kartochkalar ishlatiladi. Ularda oq fonda jismlar tasvirlangan bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning birinchi kunlarida o‘nta kartochkadan uchta seans o‘tkaziladi. Keyin bir seansdagi kartochkalar soni 120 tagacha ko‘paytiriladi! 30 marta ko‘rsatilgan kartochkalar olib qo‘yiladi. Har kuni yangilari qo‘shib boriladi. Shu tariqa bir yilda tasvirlangan jismlar haqida maʼlumot saqlovchi 1000 ta kartochkani o‘rganish mumkin.
Bolaga qanday qilib sanashni o‘rgatish mumkin? 20 gacha sanashni o‘rgatish uchun bolaga o‘rganilayotgan raqamlar soni bo‘yicha tasvirlangan nuqtalar aks ettirilgan kartochkalar tezlikda namoyish etiladi. Mashg‘ulotlar beshta kartochkadan uchta seansni o‘z ichiga oladi. Har kuni ikkita yangi kartochka qo‘shiladi va ikkita eskisi olib tashlanadi. Keyinchalik ko‘p sonli nuqtalarga ega qo‘shimcha kartochka kiritiladi va ularning soni oshiriladi.

7. Yapon professori Makoto Shichidaning erta rivojlanish usuli bola miyasini faollashtirishni o‘z ichiga oladi.
Uning fikricha, erta yoshdagi bolalar bosh miyasini faollashtirish ularning noyob qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Xotirani mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Har bir darsdan bir xil bosqichlar o‘rin olgan, ammo ularning shakli muntazam o‘zgarib turishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki almashtirilishi mumkin.
- Bolalar meditatsiyasi. Maxsus musiqa qo‘yilib, tana bo‘shashtiriladi va xushkayfiyat hosil qilinadi.
- Nafas mashqlari. Chuqur nafas olib chiqarish – bosh miyaning kislorod bilan taʼminotini faollashtirish, hissiy muvozanatni tiklash, asabiy zo‘riqishni yengishning aʼlo usuli.
- Quvvat to‘plash. Bola va ota-onaga kaftlarida quvvat pufagi borligi haqida xayol surish taklif etiladi. Xayoliy pufak kattarib, tafti bilan ilitadi. Pufak yetarlicha kattargach, uni bosh ustiga “qo‘yish” yoki hatto «yeb qo‘yish» mumkin. Bu tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.
- Ruhlantirish. Mashg‘ulot vazifasi – bolaga kuchli va jasur ekanini, hamma uni yaxshi ko‘rishini aytib, unga ishonch bag‘ishlash. Namuna uchun tasdiqlovchi bir nechta ibora keltiramiz: «Sen ajoyibsan», «Hamma ish qo‘lingdan keladi», «Seni yaxshi ko‘ramiz».
- Tasavvurni rivojlantirish. Tasavvurni mashq qildirish uchun ko‘pincha rolli kichik o‘yinlar o‘ynaladi. Ularda bola qahramonlar hikoyasini o‘zi o‘ylab topadi va rivojlantiradi. Hatto o‘zi ham ulardan biriga aylanishi mumkin.
- Sensorli amaliyotlar. Atrofdagi olamni his etish va qabul qilishni o‘rganamiz. Bunda rangli suratlar, qiziqarli shakl va tusga ega turli buyumlar, tovushlarni yozish va musiqali asarlar yordam beradi.
- Flesh kartochkalar. Ingliz tilidagi flesh (flash) so‘zi “chaqnash” degan maʼnoni bildiradi. Turli o‘smiliklar, hayvonlar, maishiy buyumlar tasvirlangan kartochkalar bolaga yuqori tezlikda ko‘rsatib o‘tiladi, yaʼni taxminan bitta kartochka yarim soniya ushlab turiladi. Kartochkalar bilan ularda tasvirlangan obyektlarning nomi birdek talaffuz qilinadi. Ushbu texnika yordamida bola tez tempda vizual timsollarni qabul qilishni va ularni nutqdagi nomlanishi bilan taqqoslashni o‘rganadi. Natijada fotosuratli xotira rivojlanadi. Ushbu eng hayratlanarli va foydali ko‘nikmalardan biriga Shichida tizimi bo‘yicha o‘qitiladigan bolalar ega bo‘ladi.
- Xotira katagi. Bolaga katak ko‘rinishida chizilgan varaq beriladi, har bir bo‘g‘inda suratli kartochka bo‘ladi. Unga 5–30 soniya davomida qarash mumkin, bu bo‘g‘inlar soniga bog‘liq. Keyin kartochkalar aralashtiriladi, bola esa ularning joylashuvini xotirasida tiklaydi.
- Mandalalar. Shichid tizimida mandala shunchaki simmetrik rasm bo‘lib, hech qanday maʼnoga ega emas. Simmetriya va rangning bo‘lishi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri maʼnoning yo‘qligi bolalarning detallarga chalg‘imay, obyektlarni tahlil qilgan holda xotirasi va qabul qilishini rivojlantirishga imkon beradi. Mandalalar asosiy o‘yini juda oddiy: bolaga rasmning oq-qora varianti va qalam taklif etiladi.
8. «Tomatis samarasi» – bu ishlov berilgan tovush yordamida neyrosensorni stimulyatsiya qilish usuli.
Tomatis zamonaviy uskunasi Talks nomli kichik raqamli planshet hisoblanadi. Tomatis usuli asoschisi shifokor-otolaringolog (LOR), jarroh, foniatr Alfred Tomatisdir. Opera xonandasining o‘g‘li bolaligida opera teatrida ko‘p vaqt o‘tkazgan. Natijada eshitish jarayoniga qiziqishi uyg‘ongan.
Usul asosida o‘rta va ichki quloqning miya hamda asab tizimi bilan bog‘liqligi yotadi. Tomatis mutaxassislarining aytishicha, «quloq – bu butun asab tizimiga kirish eshigi». Turli parametrli to‘lqinlarni quloqqa va miyaga yuborish orqali mutaxassis inson ruhiyatining u yoki bu funksiyalariga maqsadli taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, ortiqcha xavotirni yo‘qotish, uyquni yaxshilash, taʼsirchanlikni kamaytirish yoki aksincha, eʼtiborni kuchaytirish, quvvatni oshirish, muloqot imkoniyatlarini yaxshilash.
Tomatis dasturini tanlashda mutaxassis taʼsir qilishning uchta sohasidan o‘tadi:
- vestibulyar soha;
- muloqot va nutq sohasi;
- quvvat sohasi.
Har bir eshitish dasturi uchala sohaga ham taʼsir ko‘rsatadi, ammo mutaxassis yaxshiroq taʼsir qilish uchun «maqsadli soha»larga alohida urg‘u beradi. Chastota o‘lchamlaridan tashqari, shuningdek, bir qator boshqa o‘lchamlar mavjud bo‘lib, ular yig‘ilib mashhur «Tomatis samarasi»ni beradi.
9. Ippoterapiya
Bu kinezioterapiya usuli bo‘lib, «harakat orqali davolash» maʼnosini beradi. Uni qo‘llashda davolash taʼsiriga ot yordamida erishiladi. Ippoterapiya seanslari davomida instruktor boshchiligida shug‘ullaniladi, otda o‘tirgan holda oldindan ishlangan va ko‘rsatilgan mashqlar bajariladi.
Ippoterapiya har qanday yosh va jinsli insonda boshidan bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan psixomotor ko‘nikmalarni tiklash uchun qo‘llanadi. Bu esa rivojlanish jarayonini faollashtiradi, bolalar hamda kattalarning ijtimoiylashuvini yengillashtiradi. Yo‘qotilgan psixomotor ko‘nikmalarni tiklash yoki ularga yangidan ega bo‘lish ippoterapiya davomida otga minish yoki u bilan muloqotda bo‘lish jarayonida insonning ozod bo‘ladigan va faollashadigan ruhiy yoki jismoniy salohiyatining safarbarligi orqali taʼminlanadi.
10. Ergoterapiya
Terapiyaning ushbu sohasi bolaning ko‘nikmalarini rivojlantirish, unda mustaqillikni shakllantirishga qaratilgan.
Genetik kasalliklari yoki rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarga ko‘proq reabilitatsiya yoki psixologik-pedagogik yo‘nalishdagi ko‘mak kerak. Biz bolaning reabilitatsiyasiga eʼtibor qaratamiz, uning uxlab yotgan ko‘nikmalarni uyg‘otamiz va rivojlantiramiz. Bunday bolalar bilan erta yoshdan pedagoglar va professional psixologlar, reabilitologlar, ergoterapevtlar ishlashi kerak.
Ko‘rishlar: 370
https://anatomica.uz/uz/articl...







