Xayriya marafoni qanday qilib ijtimoiy muammolarni hal etishi haqida
Maxsus loyiha
Yangilangan:
Qanday qilib o‘zgacha fikrlovchi insonga jamiyatning to‘laqonli aʼzosi bo‘lish uchun yordam berish mumkin? Jamiyatning o‘zgacha insonlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishi yo‘lida nimalar zarur? ASBga chalinganlar uchun inklyuziv muhitni kim yaratadi, nima uchun unga kuch sarflash kerak, davlat va jamiyat bu masalalarni qanday hal qilmoqda?
Matn: Olesya Say

Nogironligi bor jismoniy yoki ruhiy rivojlanishi o‘zgacha insonlar davlat va oilasi tomonidan umrbod yordam olish huquqiga ega. Ularning har biri vasiylik, tibbiy yordam va asosiy ehtiyojlari qondirilishi uchun huquqqa ega.
Ammo hatto ortiq darajadagi taʼminot va g‘amxo‘rlik ham to‘laqonli hayotning o‘rnini bosmaydi. Agar rivojlanishi o‘zgacha yoki nogironligi bor inson jamiyatning to‘laqonli aʼzosi bo‘lishni va ushbu jamiyatga foydasi tegishini xohlasa, jiddiy to‘siqlarga uchraydi. Uning uchun ijtimoiy lift ishlamaydi: ish bilan taʼminlash, karyera, shaxsiy hayot – bularning bari mavhum. Ularning imkoniyati butunlay cheklangan emas va nogironligi bor ko‘plab insonlarda o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat mavjud.
O‘zgacha va nogironligi bor insonlarni jamiyatga qo‘shish jarayoni inklyuziya deyiladi. U tufayli har bir inson faol ijtimoiy hayot kechirish imkoniyatiga ega.
Inklyuziya uzoq muddatli jarayon bo‘lib, undagi har bir masala eʼtibor, yangi chaqiruv va qarorlarni talab etadi. Inklyuziv ijtimoiy loyihalar homiylik va ijtimoiy ko‘mak, davlat tuzilmari ishtirokisiz amalga oshmaydi.
Bugun jahonda inklyuziv muhit yaratilib, kengayib bormoqda. Asosiy maqsad – rivojlanishi o‘zgacha va nogironligi bor insonlarga sanʼat, madaniyat va taʼlim olish uchun imkoniyat yaratish. Faqat estetik va axloqiy ehtiyojlarni qondirish, tafakkur va hissiyotni rivojlantirish, dunyoqarash va idrok etish ko‘lamini kengaytirish orqali inson baxtli bo‘la oladi. Hammaning bunga haqqi bor.
O‘zbekistonda ushbu muammo bilan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi shug‘ullanadi. Jamg‘arma O‘zbekistonda madaniyat, sanʼat, adabiyot, meʼmorchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi va mamlakatning jahon maydonidagi madaniy salohiyatini targ‘ib qiladi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari orasidan mamlakatning madaniyat muassasalarida inklyuziv va zarur muhitni yaratish, muzeylarni yaxshilash, homiylikni takomillashtirish, muzeylar, teatrlar hamda boshqa madaniyat institutlari uchun kadrlar salohiyatini oshirish kabi masalalar o‘rin olgan. Jamg‘arma loyihalari Samarkand Half Marathon xayriya marafoni doirasida amalga oshiriladi.
Samarkand Half Marathon – Samarqand markazida o‘tkaziladigan har yilgi xayriya yugurish marafoni. Unda istagan kishi 12 yoshidan boshlab ishtirok etishi mumkin.
- Qanday amalga oshiriladi?
Marafon yugurish musobaqasi bo‘lish bilan birga zamonaviy sanʼat festivali hamdir. Marafon doirasida madaniyat obyektlarida inklyuziya muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman, hujjatli filmlar namoyishi, xorijiy hamda mahalliy musiqachilarining konserti bo‘lib o‘tadi. Marafondan tushgan mablag‘ inklyuziv loyihalarga yo‘naltiriladi.
42, 21, 10 km masofaga yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. Xohlovchilar, shuningdek, ikki km masofaga shimoliy yurish musobaqasida qatnashishi mumkin. Yo‘l Xalqaro marafonlar va poyga assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan hamda ishtirokchilar Samarqandning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi uchun moslangan. Bu marafonni qiziqarli va ko‘ngilochar tadbirga aylantiradi. Mos formatni tanlagan ishtirokchi ariza beradi va xayriya badalini kiritadi. Yugurishdan oldin ishtirokchilar malakali murabbiylar boshchiligida sport tayyorgarligidan o‘tadi.
Har yili Samarkand Marathon turli maqsadlarni oldiga qo‘yadi va jamiyatning ochiq muammolariga alohida eʼtibor qaratadi. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining muhim vazifalaridan biri, jismoniy imkoniyatidan qatʼi nazar, barchaning madaniyat va sanʼatga xohish-istagini qanoatlantirishdan iborat. Samarqand marafonining yana bir asosiy maqsadi jamiyatning eʼtiborini madaniyat va sanʼat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish va olib borish masalalariga qaratishdir.
- Qanday ishlar bajarildi?
Birinchi xayriya yugurish musobaqasi 2019-yilda o‘tkazilgan va tushgan mablag‘ mamlakatning madaniyat muassasalarida tiflosharhlash tizimini joriy etishga yo‘naltirilgan. Jamg‘arma granti asosida ikki nafar mutaxassis REAKOMP (Rossiya) institutida o‘qib kelgan.
Tiflosharhlash – bu ko‘rish qobiliyati zaif insonlarga tushunarsiz bo‘lgan predmet, borliq yoki harakatni maxsus so‘z ifodalarisiz qisqa va lo‘nda tasvirlab berish.
2019-yildan boshlab jamg‘arma ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif bolalar va kattalar uchun tiflosharhlash yordamida bir qator spektakllar qo‘yib kelyapti. Bunday spektakllar soni 20 dan oshdi. 2020-yili tashkilotchilar yangi maqsadni ko‘zladi, yaʼni ASB – autistik spektr buzilishiga chalingan bolalar uchun badiiy studiya tashkil etish, o‘zgacha bolalar hamda ularning ota-onalari uchun art makon yaratishni niyat qildi. Bu yerda ijod bilan shug‘ullanish, muloqot qilish, isteʼdodni rivojlantirish va jamiyatga moslashish mumkin.
*Studiya 2022-yilda ochildi hamda bugun ASB tashxisli va nogironlikning boshqa shakllariga chalingan bolalar va o‘smirlar uchun art muhitga bepul kirish imkonini beradi.
Studiya zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda tashkil etilgan va “Navro‘z” bog‘ida qulay o‘rinda joylashgan. Binoda ijodiy va interaktiv mashg‘ulotlar uchun barcha sharoit mavjud: dam olish xonasi, ustaxona, ichki hovli, ota-onalar uchun kutish xonasi.
2021-yili marafon nogironligi bor insonlarni ish bilan taʼminlashga ko‘maklashishni maqsad qildi. Samarqanddagi yugurish musobaqasidan tashqari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq ashula va sport festivali o‘tkazildi. Yig‘ilgan mablag‘ evaziga xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda mehnat dasturlari ishlab chiqilmoqda.
O‘zgacha insonlarni jamiyatga kasb va mehnat bo‘yicha moslashtirish yo‘nalishida jahondagi ilg‘or tajriba qo‘llanmoqda. «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitida nogironligi bor va o‘zgacha shaxslarni ish bilan taʼminlash muammosiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda inklyuziv ish sharoitini yaratish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.
2022-yilgi maqsad – muzeylarni ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun moslashtirish. Mamlakat muzeylarida audiogidlar hamda to‘laqonli va xavfsiz sayr qilish, eksponatlar bilan tanishish uchun boshqa qurilmalar joriy etiladi.

Lada Nevskaya, art terapevt, defektolog, nogironligi bor bolalarni ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha mutaxassis
- ASBga chalingan bolalarga art terapiyaning foydasi haqida
Barcha ASBga chalingan bolalar bu olamni boshqalarga o‘xshamagan tarzda o‘zicha qabul qilishga moyil. Ularning qobiliyati ham individual. Bunday odamlarning muammosi yuqori sensorli sezuvchanlikdadir. Ularda muayyan jihat yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Masalan, raqamlarga moyillik, xuddi «Yomg‘ir odami» filmidagi kabi. Ularning fikrlash qobiliyati o‘zgacha va ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Shuning uchun art terapiya haqida gap ketganda, keng doiradagi materiallar tanlovi bo‘lishi muhim: plastilin, loy, bo‘yoq, qum, istalgan sensorli materiallar. ASBga chalingan bolalarning muammosi shuki, ular hissiyotini odatiy tarzda bildira olmaydi. Bizning vazifamiz – ularning ichki olamini tushunish va umumqabul qilingan ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda o‘zini namoyon etishiga yordam berish.
- ASBga chalingan bolalar akademiyasi
Menga akademiyadagi inklyuziv muhit yoqadi, yaʼni u yerga nafaqat ASBga chalingan bolalarni, balki oddiy bolalarni ham kiritishadi. Bu ularning hammasi uchun foydali. Sharoit zamonaviy sanʼatga asoslangan, installyatsiyalar qilinadi, abstrakt rassomchilik bor.
Hamma ota-ona ham test yoki plastilin, sochma materiallar yoki bo‘yoq bilan ishlashni bilavermaydi. Kimdir mo‘yqalamni oxirgi marta maktab davrida ushlagan. Qolaversa, ota-onalar hamma yoqqa sochib tashlaydi, deya sochma materiallarni farzandlariga berishni xohlamaydi. Akademiyada esa turli faoliyat bilan shug‘ullanish imkoni bor. Bu bolani sensor jihatdan boyitadi.

Mirxan Sagitov, Samarkand Marathon kuratori, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining maxsus loyihalar bo‘limi boshlig‘i
- О предстоящих планах и новых марафонах
Joriy yilgi tadbirlarimiz seriyasi to‘rtta yirik yugurish musobaqasi hisobiga ko‘paydi: Zomin, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani. Biz yana yangi noodatiy voqeani qo‘shdik. U Buxoroda mamlakatimiz va o‘zimiz uchun ham mutlaqo yangi formatda o‘tkaziladi.
Yugurish musobaqalarining eng yuqori nuqtasi – marafon anʼanaviy tarzda Samarqandda noyabrda o‘tkaziladi. Fikrimizcha, yangi marafon masofasi (42 km) butun dunyodan xorijiy ishtirokchilarni jalb qiluvchi markazga aylanadi. Qolaversa, yugurish musobaqamiz Jahon chempionatining professional yugurish musobaqasi maqomini olgan. Barcha yugurish musobaqalari seriyasida esa jami 7 000 nafar atrofida ishtirokchi qatnashishi mumkin.
Ko‘rishlar: 334
https://anatomica.uz/uz/articl...







