Sog‘liqni saqlash vazirligi Koksaki virusi tarqalishi xavfi haqida ogohlantirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Koksaki virusi keltirib chiqaradigan enterovirus infeksiyasi tarqalishi xavfi haqida eslatdi.
Kasallik ko‘proq bolalarda uchraydi. U yuqori harorat, holsizlik, kaftlar, oyoq panjalari va og‘iz shilliq qavatida o‘ziga xos toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechishi mumkin. Bu holat «qo‘l-oyoq-og‘iz» sindromi deb ataladi.
Profilaktika uchun mutaxassislar qo‘llarni muntazam yuvish, bolalar o‘yinchoqlari va umumiy foydalaniladigan yuzalarni tozalash, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvishni tavsiya etadi.
Kasallik belgilari kuzatilganda shifokorga murojaat qilish va o‘zboshimchalik bilan davolanmaslik muhim.
Ko‘rishlar: 0
https://anatomica.uz/uz/articl...







