O‘zbekistonda dori vositalarini onlayn sotish bo‘yicha yangi qoidalar taklif etildi

Mamlakatda dori vositalarini masofadan turib sotish bo‘yicha yangi qoidalar loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Taklifga ko‘ra, onlayn tarzda faqat tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan retseptsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday savdo faqat tegishli litsenziyaga ega dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy e’tibor dori vositalarini saqlash va yetkazib berish sharoitlari, harorat rejimi, qadoqlash sifati hamda xaridorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Loyiha muhokamasi 2026-yil 19-noyabrgacha davom etadi. Hozircha yangi qoidalar kuchga kirmagan.
Ko‘rishlar: 1
https://anatomica.uz/uz/articl...








