Samarqandda og‘ir kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global tarmoq tashkil etilishi e’lon qilindi

Yangiliklar

21-oktabr kuni Samarqandda og‘ir va hayot uchun xavfli kasalliklarga, jumladan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Global tarmoq tashkil etilgani e’lon qilindi. Tashabbusni Amerikaning St. Jude bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti va St. Jude Global direktori Karlos Rodriges-Galindo taqdim etdi.

Yangi tarmoq xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va og‘ir kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari va birinchi xonimlarni birlashtiradi.

O‘zbekiston birinchi xonimi, Zamin fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga tarmoq raisi etib saylandi.

Tashabbus bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress doirasida e’lon qilindi. Kongress «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» mavzusidagi Butunjahon sammiti bilan bir vaqtda o‘tkazildi.

Ko‘rishlar: 0

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz