Lazerli pardozlashni mohiyati nimada va u qanday natijalar beradi?

Estetika

Yangilangan:

Lazerli pardozlash birdan ikki vazifani bajaradi: zararlangan eski toʼqimalarni yoʼqotadi va yangilari hosil boʼlishini ragʼbatlantiradi. Ushbu maqolada dermatolog Dilfuza Rasmuxamedova yuzni lazer bilan qayta tiklashning mohiyati, protseduraning qanday afzalliklari va u qanday natijalar berishi haqida gapiradi.

 

 

Dilfuza Rasmuhamedova, shifokor-dermatolog

 

 

Pardozlash jarayonida lazer nuri teriga taʼsir qilib, eski kollagen (terining tarangligi va elastikligiga masʼul biriktiruvchi oqsil)ni eritadi. Uning oʼrnida yangisi paydo boʼladi. Shu tariqa yangi toʼqima hosil qilinadi. 

 

 

Muolaja boʼyicha koʼrsatmalar: 

  • Postakne (yalligʼlanish yoki husnbuzardan qolgan iz);
  • Dogʼ, sepkil;
  • Chandiq, teri nuqsonlari (atrofik, keloid chandiqlar);
  • Jarrohlik amaliyoti va jarohatdan qolgan chandiqlar;
  • Kichik ajinlar, yoshga xos oʼzgarishlar, terining shalvirashi;
  • Kengaygan teshikchalar;
  • Burishiqlar, kesarcha kesishdan keyingi chandiqlar.

 

 

Natijalar: 

 

Samaradorligi jihatidan muolaja jarrohlik aralashuviga teng kela oladi. Tiklanish bosqichidan soʼng chandiq, ajin, dogʼlar yoʼqoladi. Teri taranglashib, qalinlashadi.

 

Muolaja tanada kollagen va elastin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Natijada yuz sogʼlom va yosh koʼrinadi, mayda ajinlar bilinmay qoladi. 

 

Kollagen yashartiruvchi va jilo beruvchi taʼsirga ega. Teri qoplamalari oqaradi. Yoshga xos oʼzgarishlar korrektsiya qilinadi. Muammoning koʼlamiga qarab, 3–7 ta seans oʼtkazish talab etiladi.

 

 

Ijobiy tomonlari:

  • Teridagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etish uchun lazerli pardozlash muammoning yagona yechimiga aylanishi mumkin. Masalan, chandiqlar va postakneda. 
  • Natija birinchi muolajadanoq seziladi.
  • Lazer xavfsiz taʼsirga ega: nur faqat nuqsonga yoʼnaltiriladi, sogʼlom toʼqimalar zararlanmaydi.
  • Tiklanish davri 7–10 kun.

Ko‘rishlar: 184

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz