Liposaktsiya haqidagi afsonalarni yo'q qilamiz: operatsiyadan oldin nimalarni bilish kerak?

Estetika

Yangilangan:

Atigi bir martalik muolaja evaziga qorin yoki tanani mashhur yulduzlarnikidek xushbichim qilish mumkin, – deydi plastik jarroh Ulug‘bek Muslimov. VASER ultratovushli liposaksiya apparati yordamida lipohaykaltaroshlik sanʼatiga tayyorlaning. Jarroh nafaqat qorin, yelka yoki sondagi yog‘ni ketkazadi, balki xuddi zargar kabi mushaklarni tekislaydi. 

 

 

Ulugʼbek Muslimov, Expert medical clinic plastik jarrohi. Toshkent tibbiyot akademiyasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha magistratura bosqichini hamda Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik markazida plastik jarrohlik bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomlagan. Shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Chiroy, Ixlos, Byuti va Medical Expert klinikalarida ishlagan. Jarrohlik sohasida 12 yillik tajribaga ega. Liposaksiya, abdominoplastika, ko‘krak plastikasi bo‘yicha 3 000 dan ortiq operatsiya o‘tkazgan. Rossiya va Turkiyada malaka oshirgan.

 

VASER – Vibration Amplification of Sound Energy at Resonance – tovushli tebranish quvvatini rezonans kuchaytirish

 

 

- Liposaksiya uchun qanday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak?

 

Bemorning yuz va tana shaklini ko‘rkam qilish istagi yetaklab keladi. Yog‘ qopqoni tabiiy qatlam bo‘lib, erkak va ayollarda birdek hosil bo‘lishi mumkin. U sport, massaj va parhez yordamida qiyinchilik bilan ketadi. Liposaksiya vaznni kamaytirish uchun emas, balki tanani konturlash uchun mo‘ljallanganini tushunish muhim. Chunki olib tashlashimiz mumkin bo‘lgan yog‘ to‘qimasi miqdori qatʼiy cheklangan.

 

 

- VASER liposaksiyasi nima?

 

Bu plastik jarrohlik sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalardan. Bir muolajaning o‘zida tarang son, ko‘rkam dumba, press shakliga ega tekis qorin va hatto tananing o‘zgargan ko‘rinishga ega to‘liq korreksiyasiga erishish mumkin.

 

 

- VASER liposaksiyasining boshqa usullardan afzalligi nimada?

 

Agar uni liposaksiyaning boshqa turlari, masalan, anʼanaviy, radioto‘lqinli, suv oqimli, tumenessent, kuch va ultratovushli usullar bilan taqqoslasak, VASER apparati yordamida o‘tkaziladigan muolaja qator sezilarli afzalliklarga ega. Bir vaqtning o‘zida terini tortish va nozik joyni keng hajmda to‘g‘rilash imkoniyati va lipotransfer – muolaja oxirida lipofilingning keyingi muolajasi uchun yog‘ni germetik va steril konteynerlarga yig‘ish va filtrlash shular jumlasidan. Afzalligi shundaki, oddiy liposaksiyaga qaraganda uch barobar ko‘p yog‘ yig‘ib olish mumkin. Muolaja kamroq jarohatlaydi va qon kam yo‘qotiladi. Baʼzida o‘n litrgacha yog‘ yig‘ib olamiz. Bemorning tanasi o‘zi istaganiday shaklga keladi. Ko‘rinishi million dollarga arziydi, deyilsa, ayni haqiqat bo‘ladi.  

 

 

 

 

- Kimlarga muolaja man etiladi?

 

Operatsiyadan o‘tish istagi va unga to‘lov qilish imkoniyati zarur, ammo ishga kirishishim uchun bular yetarli mezon hisoblanmaydi. Baʼzi vaziyatlarda rad javobini berishim mumkin. molajani boshlash uchun visseral yog‘ qatlami, teri muayyan holatda bo‘ishi zarur. shuningdek, mijoz yetarlicha vazn to‘plagan va surunkali kasalliklarga chalinmagan bo‘lishi lozim.

 

Oldimga yigirma yoshli qizni olib kelishdi. Vazni meʼyordan ortiq edi: 160 sm bo‘yga nomutanosib tarzda 120 kg vaznga ega edi. Bu semizlikning 3-darajasi deyiladi. Bunday vaziyatlarda oshqozonini kichraytirishi bemorni bariatrik jarrohlik qildirishga yuboraman. Vazn indeksi 30 dan kamayganda tanani korreksiya qilish mumkin bo‘ladi. Operatsiyaga qaror qabul qilishda ham indeks katta ahamiyatga ega.

 

 

- VASER liposaksiyasiga tayyorgarlik doirasiga nimalar kiradi?

 

Tayyorgarlik maslahat va bemorni ko‘rikdan o‘tkazishdan boshlanadi. Batafsil anamnez to‘playman va standart operatsiya oldidan tekshiruvdan o‘tishni tavsiya etaman. U qon va peshob tahlili, EKG, flebolog maslahati kabilarni o‘z ichiga oladi. Operatsiyadan oldin spirtli ichimlik ichmaslik, antikoagulyantlar iste’mol qilmaslik va chekishdan voz kechish tavsiya etiladi. Barcha xavflar bemorga aytilishi shart.

 

 

- VASER liposaksiyasini o‘tkazish uchun aniq qarshi ko‘rsatmalar bormi?

 

Birinchi galda quyidagi qarshi ko‘rsatmalar mavjud:

  • virusli va surunkali xastaliklarning og‘ir bosqichi;
  • homiladorlik, laktatsiya va hayz davri, semizlik, qon ivishining yaxshimasligi, varikoz va/yoki tromboflebit, gipertoniya;
  • qandli diabet, epilepsiya, onkologiya, turli ruhiy buzilishlar;
  • keloid chandiqlarning hosil bo‘lishiga moyillik.

 

 

- Liposaksiyadan keyin tiklanish davri qancha muddat?

 

VASER liposaksiyasidan keyin tiklanish davri qisqa. 2-3 hafta og‘ir jismoniy ishlardan tiyilib turish tavsiya etiladi. Shuningdek, tezroq tuzalish va to‘qimalarni tiklashga yordam beradigan maxsus kompression ichkiyim kiyish zarur. Bir necha hafta davomida shishlar va tananing biroz do‘mboqligi saqlanib turadi. Buni to‘g‘ri tushunib, biroz chidash kerak. Shu davrdan boshlab bemor kundalik hayot tarziga qaytishi mumkin. 

 

 

 

 

Ulug‘bek Muslimovdan liposaksiya haqida 5 ta uydirma 

 

 

1. Semizlikka qarshi kurash usuli

 

Liposaksiya ortiqcha vaznga qarshi kurash usuli emas. U «yog‘ qopqoni» sohasidagi yog‘ to‘qimalarini mahalliy usulda bartaraf etish uchun mo‘ljallangan.

 

 

2. Liposaksiyadan keyin parhez va jismoniy mashg‘ulotlar haqida unutish mumkin

 

Operatsiya vazn olish imkoniyatiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi. Agar bemor ovqatlanish rejimini o‘zgartirmasa, ortiqcha kilogrammlar yana qaytib keladi va boshqa joylarda ham paydo bo‘ladi.

 

 

3. Liposaksiya terining tashqi ko‘rinishini buzadi

 

Yo‘q! Liposaksiya uni yaxshilaydi. VASER liposaksiyasi hatto sellyulitdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Liposaksiyadan keyin teri holatini kompression ichkiyim, tortish, apparat, in’eksion muolajalar yordamida yaxshilash mumkin

 

 

4. Liposaksiya yordamida orzudagi qomatga erishish mumkin

 

Erishsa bo‘ladi, faqat maslahatlashuv vaqtida tana shakli individual ravishda tanlanadi.

 

 

5. Xunuk chandiqlar qoladi

 

Operatsiya asosan terini biroz teshish orqali o‘tkaziladi. Unga kanyulya kiritiladi yoki 1-2 sm.dan oshmaydigan o‘lchamda kichik kesiladi. Chandiqlar rangi ochlashadi va bir necha oyda teri bilan deyarli bir xil tusga kiradi. Keloid chandiqlar hosil bo‘lishiga moyil odamlar tanasining teshilgan joyida xunuk jarohatlar paydo bo‘lishi mumkin. Zero, bu jihat operatsiyaga qarshi ko‘rsatmadir.

Ko‘rishlar: 963

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz