Plastik jarrohlik, filler va botokslarsiz yuzni qanday qilib yosh holda saqlash mumkin?
Estetika
Yangilangan:
Yillar davomida ayollarni tashvishga solayotgan savol: "Qanday qilib yuzni uzoqroq va iloji boricha yoshroq saqlash mumkin?" Aslida qarish jarayonini sekinlashtirishni iloji bor. Buning uchun intizomli kundalik parvarish talab qilanadi.

Avvalo, bu muvozanatli ovqatlanish, kundalik jismoniy faoliyat va suv ichish rejimiga rioya qilish. Shuningdek, yuz va tana uchun to'g'ri tanlangan uy parvarishidir. Buning uchun kosmetologlar uy sharoitidaga yuzni guasha hamda roller kabi qurilmalar bilan doimiy parvarish qilishni tavsiya qiladi.
"Gua sha" so'zi xitoy tilidan "barcha yomon narsalarni qirib tashlash" deb tarjima qilingan. Ushbu an'anaviy massaj yuz mushaklariga chuqur ta'sir qiluvchi maxsus qirg'ichga ega. Uning yordamida shishishni bartaraf etish, limfatik drenaj effektiga erishish, shuningdek, lifting effekti bilan - yuzning ovalini tortish mumkin. Massaj kollagen va elastin ishlab chiqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, buning natijasida teri elastik bo'ladi va ajinlar tekislanadi.
Agar yuz rollikidan foydalanish qulayroq bo'lsa, tahririyatimiz maslahati: eng yaxshi effekt uchun uni oldindan sovutib oling. Massaj harakatlari qon oqimini tezlashtiradi va limfa drenajini yaxshilaydi. Ko'p odamlar uxlashdan oldin kundalik massajdan keyin yuzning yaxshilanishini va poralarning torayganini qayd etadilar. Rolik yordamida yuzning konturi bo'ylab massaj harakatlari mushaklarning elastikligini oshirib uning ohangini yaxshilaydi.
Qarshi ko'rsatmalar: yallig'lanish kasalliklari (akne, furunkulyoz), shuningdek surunkali teri kasalliklari (ekzema, psoriaz) qaytalanish davri bo'lishi mumkin. Kundalik ehtiyotkorlik bilan siz natijalarga erishishingiz va qarishni bir necha yilga kechiktirishingiz mumkin.
Ko‘rishlar: 471
https://anatomica.uz/uz/articl...









