Kosmetologiya tufayli ko'rish qobiliyatini yo'qotish mumkinmi?

Estetika

Yangilangan:

Bugungi kunda go‘zallik va yoshlikni byuti-industriya saqlab qolishga yordam beradi. Mana masalan, fillerlar inyeksiyalari qizlar va ayollarning maftunkorligini yana-da uzaytirishga imkon yaratadi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, siz kosmetologga nafaqat yuzingizni, balki salomatligingizni ham ishonib topshirasiz. Afsuski, ko‘pgina muolajalarning xavfli tomonlari ham bor. Go‘zallik ukollari oqibatida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish ehtimoli haqida Aura Elite saloni kosmetologi, “Go‘zallik hokimiyati” kosmetologlar assotsiatsiyasi aʼzosi Yana Yablochkina so‘zlab beradi.

 

 

 

- Fillerlar nima?

 

Fillerlar suyuq implantat, to‘ldirgich hisoblanadi. Vaqt o‘tib biodegradatsiyaga uchraydigan preparat gialuron kislotasidan tashkil topgan sertifikatlangan fillerlardan foydalanish zarur. Afsuski, haligacha maktab ko‘rmagan mutaxassislarning bemorlar labiga sintetik biopolimerlarni (so‘rilmaydigan polimer zarralari va suvdan iborat sintetik filler) ukol orqali yuborish holatlari uchrab turibdi, bu esa ayanchli oqibatlarga olib keladi. So‘nggi marta qanday fillerlardan foydalanganingizni mutaxassisga ayting.

 

Fillerlar inyeksiyalarini ajinlar yoki yo‘qotilgan hajm o‘rnini to‘ldirish maqsadida qo‘llashadi. Boshqa preparatlar bilan bu samaraga erishib bo‘lmaydi, masalan, botulotoksin ajinlarni yo‘qotmaydi, balki tekislaydi xolos. Filler esa ajin chizig‘ini biroz tepaga ko‘tarish hisobiga uni to‘ldira oladi. Yuzning istalgan qismiga (burun, yonoq, burun-lab burmalari, lablar) hajm berish maqsadida ham go‘zallik ukollariga murojaat qilishadi.

 

 

- Fillerlar bilan korrektsiyani o'ziga xosligi nimada?

 

Taʼkidlash kerak, fillerlar yordamida ko‘zlar ostidagi qora doiralarni korreksiya qilish eng ommabop muolaja sanaladi. Uning uchun yopishqoqligi va cho‘ziluvchanligi kamroq bo‘lgan fillerlar qo‘llaniladi, bu nozik sohani giperkorreksiya qilishdan halos qiladi. Yuqorida aytganimizday, faqat asosida gialuron kislotasi bor preparatni qo‘llash zarur, hech qaysi boshqa tarkiblar orbital sohaga yuborilmaydi (shu jumladan, kollagenlar, kalsiy gidroksiapatitlari)! Filler maxsus usulda inyeksiya qilinadi, yaʼni egiluvchan kanyulya ignasi yordamida yonoq teshiladi, bu esa ushbu sohadagi ko‘plab mayda tomirlarga tegmaslik va gematomalar, og‘riqni oldini olishga imkon beradi. So‘ng kosmetolog uni ko‘zlar osti to‘qimalariga yarim doira yo‘nalishida chuqur kiritadi.

 

Fillerlardan tashqari, kosmetologiya olamida yashartirishning yana bir muhim vositasi ipli usullardir. Ular yoshga doir turli o‘zgarishlarni jarrohliq amaliyotini qo‘llamagan holda samarali korreksiya qilish imkonini beradi, kam jarohatli, juda yaxshi estetik natijani taʼminlaydi, qisqa tiklanish davriga ega, ammo kosmetologiya usullari orasida eng murakkabidir.

 

 

- Fillerlarni qaysi sohaga yuborish xavfli?

 

Ko‘zlar ostidagi qora doiralarni korreksiya qilish uchun yuborilgan fillerlar inyeksiyalarining eng ko‘p uchraydigan mummolariga preparatni igna yordamida pastki qovoqqa bevosita yuborish natijasida paydo bo‘ladigan gematomalar, periorbital sohasi uchun mo‘ljallanmagan fillerlarni yuborish natijasida preparatning so‘rilishi uchun o‘tkaziladigan kurslar (biopolimer preparatlar holatida jarrohlik aralashuvi talab qilinishi mumkin), shuningdek, shishlar va giperkorreksiya kiradi.

 

Barcha kosmetologlar ham bemorlarni turli xavflardan ogohlantiravermaydi. Vaholanki yuz anatomiyasini bilmaslik va noto‘g‘ri kiritilgan yoki tanlangan preparat to‘r pardasining ishemik shishini keltirib chiqarishi mumkin. Jahon tajribasida bemorlar ko‘z va peshona sohasidagi ajinlarni tekislash bo‘yicha muolajalardan keyin ko‘z nurini yo‘qotish bilan bog‘liq shikoyatlar bilan murojaat qilgan holatlar mavjud. Gap shundaki, ushbu sohalarga yuborilgan filler yondosh qon tomirlariga tegib ketishi va to‘r pardadagi qon aylanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida ko‘rish qobiliyatining pasayishi, ko‘rish asab tolasi atrofiyasi, og‘ir holatlarda ko‘rmay qolish kabilarga sabab bo‘ladi. To‘r parda uchun kislorod yetishmovchiligi juda muhim, shuning uchun agar 1,5 soatdan keyin shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, qon quyilishi natijasidagi zararni tiklab bo‘lmaydi.

 

 

- Xavotirli signallar

 

Odatda nimadir noto‘g‘ri ketgan bo‘lsa, xavotirli signallar muolajadan keyin darrov paydo bo‘ladi: kutilmaganda bir tomonlama ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish (ko‘pincha ortga qaytmas jarayon), ko‘zlarda og‘riq va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Bu simptomlar yuz mushaklari falaji va tepa qovoqning pastga tushishi bilan kechishi mumkin. Ko‘pincha terida dog‘lar hosil bo‘ladi va nekroz boshlanadi. Ko‘ngil aynishi, shishlar, ko‘z qorachig‘i anomaliyalari bo‘lishi mumkin.

 

 

- Sababi nima?

 

Insonning eng muhim organlaridan biri bo'lgan ko'zlardagi bunday dahshatli asoratlarga nima olib keladi? Agar protsedura davomida shifokor shpritsga juda qattiq bosim bersa, preparat yuqori bosim ostida bo’ladi va u holda tomir ichiga tushganda keyin, preparat qon oqimining kuchini engib, teskari yo'nalishda harakat qiladi. Va bu tomirning yopilib qolishi bilan xavfli.

 

In'ektsiyadan bir muncha vaqt o'tgach, preparat tomirlar tarmog'i orqali tarqala boshlaydi (qon oqimining normal kursiga ko'ra). Qon bilan birga, gialuron kislotasi molekulalari oftalmik arteriyaga va uning shoxlariga kiradi, bu esa tiqilib qolish xavfini oshiradi. Misol uchun, qoshlar orasiga yuborilgan filler moddasi supraorbital yoki frontal arteriyaga tushishadi va nazolabial burmaga in'ektsiya qilish arteriya tomirining yopilishiga olib kelishi mumkin.  

 

 

- Asoratlarni oldini olish uchun qanday choralar ko'rish kerak?

 

Birinchi navbatda oltin qoidani unutmaslik zarur: barcha aseptik va antiseptik qoidalar amal qilinadigan, shoshilinch yordam uchun barcha kerakli sharoitlar qayerdadir emas, balki aynan muassasaning o‘zida shay bo‘lgan ixtisoslashgan klinikada muolaja o‘tkazing. Oldindan shifokor malakasi haqida surishtiring. Albatta, tajribali mutaxassislarda ham baxtsiz hodisalar uchrab turadi, ammo malakali mutaxassis ularni bartaraf etish yo‘llarini biladi. Bor kasalliklaringiz, qabul qilayotgan preparatlar, olgan inyeksiyalaringiz haqida shifokorga albatta gapirib bering. Shifokor ham faqat sertifikatlangan preparatlarni qo‘llashi shart!

 

Muolajaga qadar va undan keyin shifokor tavsiyalariga qatʼiy rioya qiling. Asoratlar rivojlansa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling.

 

 

- Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

 

Quydagi jarayonlarda taqiqlanadi:

  • homilador ayollar, shuningdek, laktatsiya davrida,

  • herpes va teri kasalliklari,

  • onkologik kasalliklar,

  • o'tkir bosqichda virusli va yuqumli kasalliklar;

 

Agar bemorda allergik va autizm kasalliklar mavjud bo’lsa shifokor bilan maslahatlashish lozim va quydagi kasalliklarni ko’zdan qochirmaslik kerak takroriy gerpes va tishlarning holati (davolanmagan karies va yallig'langan tish go'shti plomba moddalarini in'ektsiya qilish uchun kontrendikatsiya bo'lishi mumkin). E vitamini va antikoagulyantlarni qabul qilishga e'tibor berish kerak, chunki ular qonni suyultiradi va in'ektsiyadan keyin kiruvchi ko'karishlarga olib kelishi mumkin. 

 

 

- Xatarlarga nima sabab bo‘ladi (shu jumladan, ko‘zlar uchun)? 

 

Aksariyat holatlarda muolajani ignadan foydalangan holda o‘tkazishadi (iplarning baʼzi turlarini kanyulya ignasi yoramida kiritishadi), ip taʼsir o‘tkazadigan sohalar katta bo‘lgani bois, ip bilan ignani kiritish muammo tug‘dirmaydi. Shishlar, giperemiya, vena va arteriya tomirlari, asab tolalari shikastlanishi oqibatida og‘riq va og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

 

Xulosa qilib aytganda: muolajani xavfsiz bajarish uchun yuz tuzilishi anatomiyasini mayda detallarigacha bilish, to‘liq steril xona va asboblar, shuningdek, yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi zarur.

Ko‘rishlar: 217

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz