Tashqi ko'rinishimizni o'zgartiradigan, terining qarishini 6 omili

Estetika

Yangilangan:

40, 50, 60 yoshdan keyin qanday qilib yosh ko‘rinish mumkin? Terini xuddi bolalarniki kabi ajin va dog‘larsiz, silliq, tekis saqlashni ko‘pchilik bilmaydi. Ushbu kamchilikni professional kosmetologlar Iroda Magrupova va Hulkar Yakubjanova yordamida to‘g‘rilaymiz.

 

 

Iroda Magrupova, Expert Medical Clinic hamda Rosy go‘zallik va salomatlik markazi kosmetologi

 

 

- Tashqi ko‘rinishimizda nima o‘zgaradi?

 

40 yoshda: Qirq yoshdan keyin organizmda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Hujayralar boshqacha ishlay boshlaydi, kollegen zaxirasi esa kamayadi. Bu ajin paydo bo‘lishi, terining salqishi, yuz ovalining «yuvilib ketishi»ga sabab bo‘ladi. Ko‘z tagida shish paydo bo‘ladi. Yuz rangpar tusga kiradi. «Sotqin» ajinlarni makiyaj ostiga yashirib bo‘lmaydi. Yuz ovali aniqligini yo‘qotadi. Pigment dog‘lar esa kosmetologlar tomonidan o‘ylab topilmaydi.

 

Sog‘lom turmush tarziga rioya etib, ovqatlanishga, terini quyoshdan himoya qilishga eʼtibor bersangiz, muntazam toza havoda yursangiz, bu ham tashqi ko‘rinishga qisman yordam beradi. Fiziologiyani aldab bo‘lmaydi va teri qarishini sekinlatishning iloji yo‘q.

 

50/60 yoshda: 50 va 60 yoshda yuz terisi ko‘rinishi butunlay o‘zgaradi, ko‘z atrofi, peshona va lab ustidagi ajinlar botiq ko‘rinishda yanada chuqurlashadi. Teri quriydi, bo‘yin va lunj tarangligi yo‘qolib, osilib qoladi. Bo‘yinda «Venera halqalari» paydo bo‘ladi. 

 

Ushbu davrda ayolda menopauza davri boshlanadi. Teri namlikni yo‘qotadi va uni saqlab qololmaydi, kollagen va elastin boshqa ishlab chiqarilmaydi, hujayralar juda sekin bo‘linishga o‘tadi.
Teri qurishi – qarishning yana bir omili. U namlikni ushlab qoladigan tabiiy vosita bo‘lgan gialuron kislotasi yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Ushbu muammoni yechish uchun terini gialuron kislotasiga to‘yintirib, sintezini faollashtirish kerak.

 

 

 

Hulkar Yakubjanova, Expert Medical Clinic hamda Rosy go‘zallik va salomatlik markazi shifokor-kosmetologi

 

Terini yashartirish butun organizmni tekshirtirishdan boshlanadi:

  • yetishmaydigan barcha moddalar, jumladan, D3, rux va ferritin bilan o‘rnini to‘ldirish; 
  • yallig‘lanishni yo‘qotish;
  • gormonlar darajasini meʼyorlashtirish;
  • oshqozon-ichak traktini tekshirtirish.

 

Shundan so‘ng turli antiage muolajalarini boshlaymiz. Salqigan terini parvarishlash odatiy kundalik parvarishdan farq qilmaydi. Majburiy bosqichlar – tozalash, tetiklashtirish, namlantirish va oziqlantirish zarur. Quloq solinchaklari haqida ham unutmaymiz. Bu haqda ko‘p ayollar eng oxirida o‘ylaydi. Ammo bu soha qo‘l, bo‘yin va dekolte sohalari singari yoshimizni oshkor qilib qo‘yadi. Vaqt o‘tib solinchaklar puchayib qoladi, osiladi va ajin bilan qoplanadi. Quloq yonida burmalar paydo bo‘ladi. Og‘ir zirak taqishni sevuvchilarning esa quloq teshiklari kattalashadi. 

 

Katta yoshda terining chiroyli ko‘rinishi – bu mehnat mahsuli, professional kosmetolog esa uni to‘g‘ri parvarishlashga yordam beradi. 

Ko‘rishlar: 410

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz