Qanday qilib yoshlikni abadiy saqlash mumkin? Byutifikatsiya sirlari nimada?
Estetika
Yangilangan:
So'nggi yillarda O'zbekiston kosmetologiya yo'nalishi o'z mijozlariga qanday yangiliklarni taklif qilmoqda? Kosmetologiya xizmatlarining rivojlanishida qanday ijobiy va salbiy tomonlar mavjud? Kosmetologga kim tez-tez murojat qiladi? Hammaga kerakmi? Kosmetolog Tatyana Remizova yangi maqoladagi barcha savollarga javob berdi.

- Qanday kosmetik muolajalar sezilarli natija berishi mumkin?
Bugungi kunda o'z tajribasiga ega malakali kosmetolog jarroh narkozlarsiz ham bemorning yuzi bilan ajoyib go'zallikni yaratishga qodir. Misol uchun, kontur iplari yaxshi yuz ko'rinishini beradi. Gialuron kislotasiga asoslangan fillerlarlar yordamida etishmayotgan hajmlarni to'ldirish va botoks bilan mushaklarni tekis holatga keltirish mumkin. Oxir-oqibat, yangilangan, yosh va go'zal yuzga bo'lasiz.
Agar siz in'ektsiyaga qarshi bo`lsangiz unda yuzni yoshartirish vositalari sizga mos keladi:
- SMAS lifting. Jarayon terining chuqur qatlamlariga kiradigan va ularni isitadigan to'lqinlarni hosil qiladi, buning natijasida to'qimalarning hajmi kamayadi va teri siqiladi. Qurilma mushak-aponevral tizim bilan ishlaydi va terining qattiqlashishi va yoshartirilishining sezilarli ta'sirini beradi. Muolaja 1,5 yilda 1 marta amalga oshiriladi.
- Lazer bilan yoshartirish. Bu jarrohlik bo'lmagan prosedura bo'lib, pigmentatsiyadan, ajinlardan xalos bo'lishga yordam berib teriniyangi va elastik holatga keltiradi. Protsedurani oyiga bir marta qo'llash kerak, jami 3-5 mualojalar talab qilinadi.
- Sovuq plazma. Bu usul baquvvat, antibakterial ta'sirga ega, hujayralarni tiklaydi va ularni bo'linishini rag'batlantiradi. Bu patogen mikroorganizmlarning o'limiga olib keladi. Kurs 7-10 kunlik interval bilan amalga oshiriladigan 5-10 protseduradan iborat.
- Mikro igna RF lifting. Ignaning uchi teri bilan aloqa qiladi,u mexanik bosim ta'sirida unga kiradi. Bunday ignalar bir vaqtning o'zida elektrodlar bo'lib, ular orqali teriga RF energiyasi yetkazib beriladi, bu esa issiqlikka aylanadi. Shundan so'ng, kollagen tolalari burishadi va yuz ko'rinishini yaxshilaydi.
- Oxirgi uch yil ichida xizmat ko'rsatish sohasida qanchalik o'zgarilar bo'ldi? Siz bilan ko'proq/kamroq odam bog' lanadimi?
Bugungi kunga kelib go'zallik sanoati juda mashhur va yanada qulayroq bo'ldi. Ammo,afsuski, kosmetologlarga bo'lgan talab ortib borayotgan vaqtda, ko`plab tajribasiz va ma'lumotsiz: YouTube videolaridan o`rganadiganlar ham bor. Ular bemorga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsata olmaydilar va oxirida protseduralarning natijalari achinarli tugaydi.
- Kosmetolog qabuliga murojaat qiladigan mijozning o'rtacha yoshi qancha?
Bugungi kunda bizga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan mijozlar tashrif buyurushadi.
- Kosmetologga eng ko`p beriladigan savol qaysi?
Mujozlarim bir protsedurada yoshroq ko`rinishni hoxlaydi.
- Qaysi yoshdan boshlab anti-age (qarishga qarshi) muolajalarni tavsiya qilasiz?
30 yoshdan boshlab. Chunki 30 yoshga kelib, tana sekinroq ishlay boshlaydi, kamroq kollagen, elastin va gialuron kislotasi ishlab chiqariladi. Ularning yetishmasligi bilan tanamizda qarish jarayoni boshlanadi, ajinlar paydo bo`ladi.
- Terining yoshligini faqat to'g'ri parvarish yo'li bilan, kosmetologiyasiz saqlab qolish mumkinmi?
Yoshga bog`liq. 20-30 yosh oralig'ida bu mumkin. 40-60 yoshda buning iloji yo'q, chunki yuzdagi qaytarilmas o'zgarishlar fiziologik darajada sodir bo`ladi. Bosh suyagining qurishi, mushak ramkasi kuchini yo'qotadi va yog' paketlari pastka tusha boshlaydi. Teri xiralashadi va elastikligini yo'qotadi. Bunday holda, malakali kosmetologga murojaat qilish yaxshiroqdir.
- Sizningcha qaysi qarishga qarshi protsedura foydasiz?
Menimcha, plazma Pen (plazma qalam). Qurilmaning ta'siri ostida ma'lum hajmdagi havo ionlangan gazga aylanadi va plazma (havodan farqli o`laroq) yuqori o'tkazuvchanlikka ega. Unda ma`lum bir quvvat oqimi o'tadi, bu teriga ta'sir qilib davolangan hududda kuyishlar hosil boladi,. Davolangan hududda pigmentatsiya yallig'lanish chandiqlar va depressiyalar bo'lishi mumkin. Ammo ushbu protsedura kerakli natijani bermaydi, va samarasiz kechadi.
- Birinchi navbatda erta qarishning oldini olish borasida O'zbekiston xalqiga nima tavsiya qilasiz?
Doimo teringizni namlangan holda saqlashingiz lozim, shunda teringiz sekinroq qariydi va pigmentatsiyalarning paydo bolish ehtimoli kamroq. Va albatta, hech bo'lmaganda yuz va bo`yin uchun quyoshdan saqlanadigan SPF- kremini qo'llang. O`zbekistanda ayniqsa,yoz kunlarida jazirama quyosh terimizga salbiy ta'sir ko'rsatishini, suvsizlantirishini va erta qarishga olib kelishini tushunishimiz kerak.
Ko‘rishlar: 221
https://anatomica.uz/uz/articl...









