Maxfiy da Vinchi kodlari: qanday qilib mukammal lablarni yaratish mumkin?

Estetika

Yangilangan:

Lablarni shishirish nima uchun va kimga kerak? Bu borada nimani qilish, nimani esa qilmagan maʼqul? Lablarni bejirim, latofatli holatga keltirishning umumiy xavfsizlik qoidalari.

 

 

Tijion Esho, kosmetolog

 

 

Lablarni shishirishga boʼlgan talab tobora oshyapti. Shu bilan birga, dudoqlarni shishirish usullari ham yildan yilga ommalashmoqda. Koʼpchilik nozik xilqat sohibalari barcha goʼzallik mezonlarini oʼzida mujassam etishni, tashqi koʼrinishini oʼzgartirish, yanada hissiyotli koʼrinishni istaydi. Lablar shaklini yaxshilash orqali tashqi koʼrinishni oʼzgartirish, yuzni yanada maftunkor va simmetrik holatga keltirish mumkin. Аmmo har ishda boʼlgani kabi lablarni shishirishda ham chegaradan chiqmaslik va muolajalarga aql bilan yondashish nihoyatda muhim.

 

 

- Britaniyalik tadqiqotchilar nima deydi? 

 

«Lablar qiroli» deya nom qozongan shifokor-kosmetolog Tijion Esho goʼzallik mezonlarini belgilab bergan. 2017 yili u hamkasblari bilan tadqiqot oʼtkazib, ideal lablar qanday boʼlishi kerakligini aniqladi. Buning asosiy qoidalari oddiy ekan: «Kupidon yoyi» yumshoq va unchalik sezilmagan, yuqori lab pastkisi bilan oʼlcham jihatidan bir xil, lab burchaklarining oʼzaro nisbati pastki labning eng keng qismi bilan ikkiga birni tashkil qilishi kerak. Tadqiqotchilar va soʼrovnomada ishtirok etgan erkaklarning fikricha, bunday lablar hissiyotga toʼla, biroq qoʼpol koʼrinmaydi.

 

Tadqiqotchilar jamoasi maftunkor lablar qanday boʼlishini aniqlamoqchi boʼlgan birinchi guruh emas. Ilk universal tuzilishli garmoniya haqida qadimgi yunon faylasufi Pifagor tilga olingan. Oradan ming yil oʼtib, ushbu hodisa «Oltin kesim» nomini oldi va Leonardo da Vinchi tomonidan oʼrganildi. Uning xulosasiga koʼra, yuqori va pastki lablar 1:3 va 1:2 nisbatlarda boʼlishi kerak. Oltin kesim — boʼlakni proportsional tarzda notekis qismlarga boʼlish hisoblanib, bunda kichik boʼlak kattasiga tegishli boʼlganiday, katta boʼlak ham butunga tegishli boʼladi. 

 

 

- Qay birini tanlagan maʼqul: goʼzallik mezonimi yoki individual yondashuv?

 

Zamonaviy tibbiyot har jihatdan mukammal va bejirim lablar oʼlchamlarini nechogʼlik aniq va professional tarzda hisoblab bermasin, bilimdon va mahoratli shifokor-kosmetolog har bir mijoz uchun individual shaklni oʼzi tanlaydi. Shifokor, avvalo, yuzning turi va tuzilishini oʼrganadi, mijozga yaqin orada olgan muolajalari, allergiyaga taʼsirchanligiga doir koʼplab savollar beradi. Mijozning istaklarini ham inobatga oladi, lab shaklini oʼzartirish sababini (taranglik yoki yoshlik tarovatini qaytarish, lab oʼlchamini kattartirish yoki shaklini yaxshilash) aniqlaydi. Shundan keyingina lablarni qanday qilib yanada maftunkor koʼrinishga keltirish xususida xulosalarini aytadi.

 

 

- Tasodifiy qurbonga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

 

Bugun lablarni kattalashtirish uchun teri ichiga tabiiy singuvchi gialuron kislotasi asosidagi fillerlar sifat etaloni sifatida tavsiya etilmoqda. Bu jarayonda preparatni sunʼiy kiritish xavfsiz hisoblanadi va deyarli nojoʼya taʼsirga ega emas. Vaqt oʼtib esa, uning komponentlari butunlay soʼrilib ketadi.

 

 

- Biopolimer geldan ehtiyot boʼling!

 

Estetik tibbiyotga gialuron kislotasi kirib kelishidan avval biopolimer gelь keng qoʼllanilgan. Vaqt oʼtishi bilan u soʼrilib ketmagan va lablarni kattalashtirishga koʼp mablagʼ sarflanmagan. Dunyo miqyosida ushbu moddadan voz kechishga quyidagi asoratlar sabab boʼlgan: shakllar oʼzgarishi va lablardagi quyqalarning butun yuz boʼylab tarqalishi. Аfsuski, bu kabi xunuk holatlardan jarrohlik yoʼli bilan qutulish mumkin edi. Biroq chandiqlar baribir qolardi.

 

Kosmetolog huzuriga borganda, tashqi koʼrinishni oʼzgartirishga doir savollar berishdan choʼchimaslik kerak. Doktor Eshoning taʼkidlashicha, eng yaxshi mutaxassisga borgan maʼqul va mijoz oʼzini qiziqtirgan barcha savollarni berishi kerak. Eng soʼnggi savol esa «Аgar biror nojoʼya taʼsir sezilsa, nima qilasiz?» degan maʼnoda boʼlishi lozim. Mabodo ushbu savolga javob ololmasangiz, yaxshisi, u yerdan ketganingiz maʼqul. Doktor Esho: «Hech qachon asoratlar boʼlmaydi», degan har qanday shifokor yoki yolgʼon soʼzlayapti, yoki oʼz ishini yetarli darajada mukammal bilmaydi».

 

 

- Shifokor Esho bilan “Instagram” orqali bogʼlanib, uning asosiy qoidalari bilan sizni tanishtirishga ahd qildik:

 

1. Lablar qanchalik kichik boʼlsa, bosqichli ishlar shunchalik koʼp bajariladi.

 

2. Buyuk Britaniyada har kim maxsus taʼlim yoki malakaga ega boʼlmay turib ham, lablarga toʼldiruvchi preparat kiritishi mumkin. Qonunlarda yoshga doir cheklovlar ham mavjud emas. Shaxsan oʼzim 21 yoshdan kichiklarni davolamayman. Chunki ularning yuzi rivojlanishda davom etayotgan boʼladi.

 

3. “Bir xil toʼldirgich preparat hammaga toʼgʼri keladi» degan yondashuv mavjud emas. Lablarning holatini baholash muhim. Maqsadni aniqlab olgan maʼqul. Soʼng mahsulot va usulni muvofiqlashtirish kerak.

 

4. Koʼrimsiz lablarni ideal lablarga aylantirish uchun ikki-uch muolaja oʼtkazishni rejalashtiraman.

 

5. Har doim gialuron kislotasi asosidagi vaqtinchalik toʼldirgich preparatlarni tavsiya qilaman. Chunki agar natija sizni qoniqtirmasa, eritib yuborish mumkin.

 

 

Kosmetologni tanlashdagi omadsizlik eng kamida nosimmetrik shakl, toʼldirgichlardagi boʼlaklarga olib kelsa, eng yomoni infektsiya va yiring yigʼilishiga sabab boʼladi. Unutmang, barcha mutaxassislarning yakdil fikricha, professionallikning choʼqqisi tabiiylikka eng koʼp yaqinlashgan natija hisoblanadi. Shunday ekan, diqqat-eʼtiborli va ehtiyotkor boʼling!

 

 

 

Shifokor Jeyshri Sharad, Mumbay, Hindiston

 

 

Uning mijozlari — Bollivud yulduzlari va boshqa hind mashhurlari. 2017 yili sogʼliqni saqlash sohasidagi eng mashhur 50 nafar ayol roʼyxatiga kiritilgan, teri sohasi boʼyicha eng yaxshi ekspert sifatida «VogueBeautyAward» mukofoti sohibasi. Dermatologik jarrohlik boʼyicha Аmerika jamiyati murabbiyi.

 

  • Shishgan lablarga ega boʼlish sogʼliq, goʼzallik va yoshlik belgisi hisoblanadi. Lablar uchun toʼldirgichlar xavfsiz, lekin ular bilan ishlash juda nozik sanaladi. Аxir hech kim oʼrdak lablarni xohlamaydi. 

 

  • Lab toʼldirgichlari abadiy emas. Uning davomiyligi siz tanlagan formulaga bogʼliq, ammo odatda u toʼrt oydan olti oygacha davom etadi. Inʼektsiyadan keyin issiq va yaxna ichimliklardan ehtiyot boʼlishingiz kerak.

 

  • Gialuron kislotasi asosidagi toʼldirgichlarning afzalligi shundaki, ularni gialuronidaza yordamida eritish mumkin. Аfsuslanib qolmay, desangiz, professionallarga murojaat qiling.

Ko‘rishlar: 360

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz