Qand miqdorining potensiyaga ta'siri qanday?

Jinsiy tarbiya

Yangilangan:

Turmush o‘rtog‘i qandli diabetga chalingan ayol homilador bo‘lishi mumkinmi? Qandli diabetda impotensiyani davolashning iloji bormi? Qandli diabetning erkaklar va ayollar fertilligiga taʼsirini ekspertimiz Dilmurod Irgashev bilan muhokama qilamiz.

 

Dilmurod Irgashev Doctor D klinikasi asoschisi va rahbari, androlog-seksopatolog

 

Diabet erkaklarning jinsiy faolligiga qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Semizlikka moyil erkaklarda jinsiy faollik uchun javob beradigan testosteron gormoni miqdori kam bo‘ladi. Testosteron miqdorini meʼyorlashtirish uchun baʼzida steroid yoki estrogen preparatlar qo‘llanadi. Diabet va semizlikdan aziyat chekuvchi erkaklarda jinsiy buzilishlarni zamonaviy davolash androlog va endokrinologning birgalikdagi ishidir.

 

 

Diabet semizlik muammosi bo‘lmagan erkaklardagi ereksiya va reproduktiv faoliyatga qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Birinchi turdagi diabetga chalingan erkaklarda bepushtlikka olib keluvchi erektil disfunksiya ko‘proq kuzatiladi. Ushbu xastalikka uchragan erkaklar yoshlik davridanoq 90 foiz holatda reproduktiv faoliyat buzilishi va bepushtlikdan aziyat chekadi. Insulin rezistentlikda qon tomirlari zararlanadi, himoya qatlami zaiflashadi. Ular harakatchanlikni yo‘qotadi va ereksiya yuz berlmaydi.

 

 

Ereksiya nima?

Bu kavernoz tana – olat ichida joylashgan katta qontomir. Unda endoteliy bilan qoplangan tanachalar mavjud. Endoteliy azot oksidini ishlab chiqaradi va bu mushaklarni bo‘shashtiradi. Qon oqimi ko‘payadi, venalar yopiladi va ereksiya yuz beradi. Bu meʼyoriy ko‘rsatkich. Ammo diabet endoteliyni deyarli kuydirib yuboradi, azot oksidi kamayadi. Uning yetishmasligi natijasida ereksiya ro‘y bermaydi. Shuning uchun diabet rivojlanganda nimanidir to‘g‘rilash juda qiyin, hatto imkonsiz.

 

 

Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Hozir qanday muolaja usullari qo‘llanadi?

Avvalo, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga o‘tish, turmush tarzini faollashtirish zarur. Testosteron yordamida gormonlar terapiyasini o‘tkazish kerak. Bugungi kunda semizlik va diabetni davolash uchun yangi preparatlar, yaʼni endokrinolog va androloglar tavsiya etadigan preparatlar mavjud. Shifokorlarning maqsadi – endoteliyni maksimal darajada tiklash. Buning uchun qanday usullar qo‘llanishini aytib beraman. Besh yildan beri biz ko‘krak suyagidan suyuqlik (o‘zak hujayralar) ni ajratib olamiz va uni tozalab, jinsiy aʼzoning kavernoz tanasiga trombotsitlar bilan birga yuboramiz. Kaverna – uning to‘qimasini qisman jonsizlashtirish natijasida hosil bo‘ladigan bo‘shliq.

Agar holat yomonlashmagan bo‘lsa va bemor erta bosqichda, yaʼni diabet hali endoteliyni yo‘q qilishga ulgurmagan vaqtda murojaat qilsa, ushbu muolajadan keyin ereksiyani tiklash ehtimoli mavjud bo‘ladi. Bu usul butun dunyoda qo‘llanadi. U hujayra texnologiyasi deb nomlanadi. Mazkur texnologiyani klinikamizga Kaliforniya (AQSh)dan olib keldik. Bu qimmat turadigan muolaja. Bir martalik tozalovchi tizimi 1500 AQSh dollari turadi. Hozir mamlakatimizda arzonroq davolash usuli ishlab chiqilmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligida bemor yog‘idan mezotelial hujayralarni ajratib olish texnologiyasi ustida ish olib borilmoqda. Ular inson organizmiga kiritiladi. Klinikamiz ham ushbu jarayonda ishtirok etmoqda.

Mazkur usul mamlakatimizda ham samarali qo‘llanishiga umid qilamiz. O‘zak hujayralarni yuborish – bunday bemorlarni davolashning keng tarqalgan usuli. Boshqa usuli – fokuslangan zarb-to‘lqinli terapiya. Jinsiy aʼzoni ultratovush tekshiruvi vaqtida kavernada hammasi kuyib ketganini ko‘rganimizda, shok terapiyasini o‘tkazamiz. Ushbu muolaja yangi qon tomirlarining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Asosan mana shu ikki usul diabetga chalingan erkaklarda jinsiy faoliyatni davolashda qo‘llanadi. Statistikaga ko‘ra, 60–70 foiz holatda qon tomiri tiklanishi sodir bo‘ladi. Piroterapiya nomli yana bir usul bor. Unda boyitilgan trombotsit yuboriladi. Masalan, Germaniyada bunday terapiya 40 ming AQSh dollariga tushadi.

Mabodo bu usullarning hech biri yordam bermasa, qanday yo‘l tutiladi? Konservativ davolash, hujayra texnologiyasi, zarbto‘lqinli terapiya kuchsiz bo‘lib, qon tomirlari tiklanmasligini tushunib yetganimizdan so‘ng, faloprotezlashni taklif qilamiz. Ushbu usulni diabet rivojlanganda va qon tomirlari kuyganda qo‘llaymiz.

 

 

"Shuning uchun diabet rivojlanganda nimanidir to‘g‘rilash juda qiyin, hatto imkonsiz"

 

 

Diabet reproduktiv faoliyat va maniy sifatiga qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Bunday bemorlarda maniy harakatchan bo‘lmaydi. Diabetda nafaqat ereksiya, balki reproduktiv faoliyat ham aziyat chekadi. Himoya qavati zararlanishi oqibatida testosteron kerakli miqdorda ishlab chiqilmaydi. Baʼzilar diabetman-ku, farzand ko‘rib nima qilaman, baribir kasalligim unga o‘tadi, deb hisoblaydi. U donorlik maniysidan foydalanadi. Ko‘pgina davlatlarda shunday qilishadi. Ammo mamlakatimizda bu taqiqlangan. Shuning uchun biz iloji boricha bunday bemorlarni davolashga harakat qilamiz. Ularga donorlik maniysini tavsiya etolmaymiz.

 

 

Qandli diabetda ayollar reproduktiv tizimida nimalar sodir bo‘ladi?

Ayolda tuxum hujayralarining yetilishi buziladi, bachadon devori ingichkalasha boradi. EKU qo‘llansa ham homila istalgan vaqtda rivojlanishdan to‘xtashi mumkin. Qandli diabet bilan xastalangan ayollar tug‘a olmaydi. Chunki homiladorlik organizm uchun katta yuk. Ushbu tashxis qo‘yilgan ayollarga homilador bo‘lish tavsiya etilmaydi.

 

 

Ushbu tashxis libidoga taʼsir qiladimi?

Albatta, taʼsiri bor. Mohiyatan libido – bu xohish gormoni. Mazkur holatda erkakda androgen retseptorlar past, demak, jinsiy istak umuman yo‘q bo‘ladi. Jinsiy aloqa kamayib ketadi. Istak uyg‘onsa ham ereksiya sust bo‘ladi. Qandli diabetga chalingan bemorlardan aksariyati impotensiyadan aziyat chekadi. Ayollarda ham libido sust bo‘ladi.

 

 

Dilmurod Irgashev tavsiyalari:

Hech qachon kech emas. Umrni behuda o‘tkazib yubormang.

Uchta postulat:

1. Turmush tarzini o‘zgartirish.

2. Yengil uglevodlarni iloji boricha kamaytirish.

3. Zamonaviy tibbiy preparatlarni qo‘llash. 

Ko‘rishlar: 36

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz