Erkaklar nimadan qo'rqishadi?
Jinsiy tarbiya
Yangilangan:
Bugungi kun tartibi boyicha erkaklarning qo‘rquvlari haqida аndrolog-seksopatolog Dilmurod Irgashev bilan suhbatlashamiz.
Muallif: Natalya Silkina

Seksopatolog sifatida bemorlarimning intim mavzu bo‘yicha qo‘rquviga ko‘p duch kelaman. Masalan, birinchi jinsiy aloqa, birinchi nikoh kechasidan qo‘rqadigan yigitlar bor.
Tanosil kasalliklarni yuqtirishdan qo‘rqadigan venerofoblar mavjud. Ular o‘pich orqali tanosil kasalliklarni yuqtirib olganman, kasalman, deb o‘ylaydi. Kasallik belgilarining yo‘qligi ham ularni tinchlantirmaydi. Kasallik yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun venerofoblar mutaxassisga borib, tahlil topshirishlari kifoya. Ammo odamlar kasal bo‘lganman, degan qo‘rquv bilan o‘zini ishontirishda davom etadi. Bunday vaziyatda ularga psixoterapevt yordami zarur.
Farzandsiz qolishdan qo‘rqadigan odamlar ham qabulimga keladi. Shuning uchun bu insonlarning farzandli bo‘lish imkoniyati borligini aniqlashim kerak. Ba’zida yomon xabar aytib, ularni ranjitishga to‘g‘ri keladi. Gohida tahlillarga ishonmaslikni, xato qilgan bo‘lishni juda istaysan. Ammo odamlarga yolg‘on umid bag‘ishlamaslik uchun achchiq haqiqatni aytishga majbur bo‘lasan.
Ko‘pchilik bemorlarim seks borasidagi muammolari sabab juftini yo‘qotishdan qo‘rqadi. Ular yana xiyonatdan ham qo‘rqadi. Erkaklarni muddatidan oldingi eyakulyatsiya, juftini qoniqtira olmaslik xavotiri tashvishlantiradi. Ayollarni esa seksdan mamnun bo‘lmaslik o‘ylantiradi.
"Bir kuni qabulimga katta yoshli juftlik keldi. Ikkisi ham butun umri davomida hayotini yaxshi deb yashagan"
Bir kuni qabulimga katta yoshli juftlik keldi. Ikkisi ham butun umri davomida hayotini yaxshi deb yashagan. Ularga qanday yordam berish mumkin? Chuqur seksual tahlil olib borish, haqiqatning tagiga yetish kerak. Ammo asosiy muammo – juftlik o‘zaro ochiqchasiga gaplashmaydi. Agar ular boshidanoq rostgo‘y bo‘lganda edi, balki muammoni mustaqil hal qilardi.
Xayoldan ketmaydigan qo‘rquvlarni psixolog bilan hal qilishni tavsiya etaman. Buning uyat joyi yo‘q. Siz zaif bo‘lib qolmaysiz, balki muammodan xalos bo‘lasiz.

Baʼzi erkaklar kal bo‘lishdan qo‘rqadi. Shu qo‘rquvni tushunmayman. Bir biologik faktni tan olish kerak: erkakda testosteron jinsiy gormoni qanchalik ko‘p bo‘lsa, sochi shuncha kam bo‘ladi. Bu muammo emas, balki erkaklik quvvati ko‘rsatkichidir. Aytgancha, kallik erkakning temperamentidan, burun esa jinsiy aʼzosi o‘lchamidan so‘zlaydi.
"Erkakda testosteron jinsiy gormoni qanchalik ko‘p bo‘lsa, sochi shuncha kam bo‘ladi"
O‘zimning qo‘rquvimga kelsak, shubhasiz, yaqinlarimni yo‘qotishdan, bedavo dardga yo‘liqishdan qo‘rqaman. Jamiyatdagi mavqeyim va taʼsirimni yo‘qotishni istamayman.
Yosh o‘tib bir narsani tan olasan: mana men erishgan cho‘qqi, balandlik. Keyin yoki uni ushlab qolishga harakat qilasan, yoki pastga sirpanib tushasan.
Plastik jarroh tanishim bor edi. O‘z ishining ustasi edi. Yaxshi yashar, jamiyatda hurmati baland edi. Yoshi o‘tib, salomatligi pand bera boshladi va ilgarigiday mahorat bilan operatsiya qilolmay qoldi, nazardan tushdi. Buni ko‘tarolmay, o‘z joniga qasd qildi.
Rostini aytsam, hayotimni ishsiz tasavvur qilolmayman. Ishimni yaxshi ko‘raman. Ishga birinchi bo‘lib kelishga harakat qilaman. Chunki bemorlarimdan kech kelishga, eʼtiborsiz ko‘rinishga uyalaman.
"Eng katta qo‘rquvim – kichik tibbiy imperiyamning inqirozga yuz tutishi. Bu umrni behuda o‘tkazganimni anglatadi".
Ko‘rishlar: 36
https://anatomica.uz/uz/articl...







