6 ta to'shakdagi ayollarning qo'rquvi

Jinsiy tarbiya

Yangilangan:

Qanday qilib intim yaqinlikdan lazzatlanish va unga bog‘liq xavotirlarga berilmaslik mumkin? Aslida ayol to‘shakda nimalardan qo‘rqadi? Bu haqda ekspertimiz – shifokor-psixiatr, psixoterapevt, seksolog Anastasiya Chernisheva so‘zlab beradi.

 

 

Anastasiya Chernisheva, shifokor-psixiatr, psixoterapevt, seksolog

 

 

Birinchi xavotir: u meni xohlamasa-chi?..

 

«Erkak badanimdagi nuqsonlar haqida bilib qoladi. Yechinganimda to‘shakda qanday ko‘rinaman?»

 

 

Xunuk ko‘rinish – eng keng tarqalgan xavotir. Tanadagi burmalar, tuklar, o‘ta kichik ko‘krak yoki katta qorin, ortiqcha vazn, sellyulit… xullas, bezovtalanish uchun doim sabablar topiladi. Agar erkak siz bilan qovushishga ahd qilsa, u ko‘proq kiyimsiz boshqacha ko‘rinishingiz haqida taxmin qiladi. Ishoning, ehtiros izmida erkakning qorningizdagi ortiqcha burmalar bilan ishi bo‘lmaydi. Agar uning eʼtiborini bunga maxsus qaratmasangiz, u buni sezmaydi ham.

 

 

 

Ikkinchi xavotir: erkakni qoniqtirolmaslik…

 

«Men risoladagidek jinsiy aloqa qilolmayman. Erkak orgazm his qilmaydi, hafsalasi pir bo‘ladi va bunda men aybdor bo‘laman».

 

 

Jinsiy aloqa bo‘yicha tajriba yo‘qligi – normal holat. Zero, biz seks timsoli bo‘lib tug‘ilmaymiz. Erkak yosh bola emas, undan shaxsiy fikrini bemalol so‘rashingiz mumkin. Agar unga nimadir to‘g‘ri kelmasa, bu haqda aytadi. Yana, juftini qoniqtira olmaslik faqat erkakka xos xavotir. Shunday ekan, to‘g‘rirog‘i, ikkingiz ham bir narsa xususida xavotirlanarkansiz. Chuqur nafas oling.

 

 

 

Uchinchi xavotir: jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiya…

 

«Kutilmaganda infeksiya yuqtirsa-chi?»

 

 

Ko‘pincha ayollar juftidan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklari yo‘qligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani so‘rashdan andisha qiladi. Ammo bir lahzalik seksdagi xavfdan ko‘ra, salomatligingiz muhimroq. OIV, B va C gepatiti, odam papilloma virusi keng tarqalgan kasalliklar sanaladi. Ularning insonga yuqqan-yuqmaganini tahlillarsiz aniqlab bo‘lmaydi.

 

 

 

To‘rtinchi xavotir: noqulay vaziyat...

 

«Men organizmimning fiziologik holatini nazorat qilolmayman. Oqibatda qandaydir noqulay vaziyat paydo bo‘ladi».

 

 

Qovushish vaqtida ayol qinidan tovush eshitilishi, qorni g‘uldirashi, mamnunlikdan ovoz chiqarishi mumkin. Bular mutlaqo normal holat. Erkak ularni eshitib qolsa, buning qo‘rqinchli tomoni yo‘q. U ham tirik inson va bu belgilar unda ham bo‘lishi mumkin.

 

 

 

Beshinchi xavotir: juftiga istagi haqida ochiq-oydin aytish…

 

«Erkak meni betarbiya yoki buzuq ayol deb o‘ylasa-chi?»

 

 

Ayollar fantaziya qilishni yaxshi ko‘radi, ammo barcha xohishini ham ochiq aytishga tayyor bo‘lmaydi. Yoqimli qovushish mezoni – har ikki juftning birdek qoniqish hosil qilishi. Shuning uchun juftingiz bilan kimga nima yoqishi yoki nimanidir sinab ko‘rish istagi haqida suhbatlashish muhim. Shu tariqa ikki tomonlama qoniqish haqida kelishib olish va juftlikning jinsiy aloqa chegarasini kengaytirish mumkin.

 

 

 

Oltinchi xavotir: mendan shunchaki foydalanishdi…

 

«Erkak jiddiy munosabatlarga tayyor emas. Intim yaqinlikdan keyin turmushga chiqishni taklif qilmaydi».

 

 

Baʼzida qovushish shunchaki seks bo‘lib, uning ortidan hech qanday taklif kutilmaydi. Shuning uchun xomxayollarga berilmasdan, uchrashuvlaringiz maqsadi va kelajakni birgalikda ko‘ra olish haqida fikrlashganingiz maʼqul.

Ko‘rishlar: 396

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz