Muhimi sukut saqlamaslik: Nima uchun jinsiy tarbiyaga e'tibor berish zarurligi haqida so'zlaydi?

Jinsiy tarbiya

Yangilangan:

Hayotining 15 yilini reproduktiv salomatlik masalalariga bag'ishlagan BMT Aholishunoslik jamg'armasi maslahatchisi FiruzaFazilova o'z vaqtida ayollarning reproduktiv tizimidagi o'smalarni skrining qilish mavzusini nomzodlik ishi mavzusi sifatida tanladi. Biz Feruza Fazilova bilan nafaqat onkologiya, balki ayol kasalliklarining oldini olishning ahamiyati,shuningdek, nima uchun bolalar bilan suhbatlarimizda jinsiy tarbiya masalalarini hal qilish odat tusiga kirganligi haqida suhbatlashdik.

 

 

- Nima uchun aholini xabardor qilish kerak?

 

Odamlar o 'z sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni tushunmay - di. Eng avvalo, yosh qizlar va onalarga kerak bo 'lgan ishonarli ma'lumotlarni tak'dim etadigan manbalar yo'q. Vaholanki, mamlakatimiz aholisining chorak qismi, reproduktiv yoshdagi ayollardir.

 

 

- Ota-onalarning roli qanday?

 

Har bir ota-ona farzandiga jinsiy tarbiya berishi, ularning psixologiyasi haqida tasavvurga ega bo'lishi, kasallik va dorilarni farqlay bilishi shart. Qolaversa, bunday bilimlarni singdirib, kelgusi avlodga etkazishi lozim. Reproduktiv salomatlik kelajakda ayol va ona bo'ladigan qizlargagina tegishli emas. Bu sohani har bir odam, shu jumladan, erkaklar ham bilishi kerak.

 

 

- Nega O'zbekistonda jinsiy o'ng darajasi shunchalik past?

 

Turmush qurayotgan yosh juftliklar nikohdan keyin to'qnash keladigan masalalar haqida umuman tasavvurga ega bo'lmagan holatlar ko'p uchraydi. Jinsiy yo'l orqali yuqadigan infektsiyalar, homiladorlikni rejalashtirish, kontratsepsiya usullarini tanlash kabi mavzular shular jumlasidan. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin.

 

 

- Savodsizlikning oqibatlari qanday?

 

Qizlarga bolaligidan "Yoshlikda tug'ib olish kerak!"deya uqtiriladi. Ammo bugungi yoshlarda o'z kelajagini qurish uchun imkoniyat ko'p, ulardan voz kechish ham to'g'ri bo'lmaydi. Ko'pincha yosh kuyovlar homiladorlik bilan bog'liq muammolarga to'qnash kelishga tayyor emas. Ayol haqida faqat ota-onasi va uning o'zigina qayg'uradi. 

 

 

- Bolalar bilan nima haqida gaplashish kerak?

 

Jamiyatimizda qizlar shaxsiy muammosini o'z qadrdon oilasida muhokama qilishga uyaladi yoki qo'rqadi, ularga begonainson – tibbiyot xodimiga aytish qulayroq. O'smir qizlar yaxshi jamiyatda ulg'ayib, o'zini doim mustahkam himoya ostida, qulay his etishi kerak. Qiz bolada hayz boshlanganda, u kuchli ruhiy zo'riqishni his etadi. Shu sababli ham qizlar o'z organizmi, unda ro'y berayotgan o'zgarishlar haqida zaruriy bilimlarga ega bo'lishi kerak.

 

 

- Reproduktsiya sohasida qanday muammolar mavjud?

 

Har bir hududning reproduktiv sohaga oid o'z muammolari bor. Ular ichida jinsiy muomala bilan bog'liq omillar kam emas, kontratsepsiya masalalarida savodsizlik kuzatiladi.Yoshlarda jinsiy mayl javobgarlik hissidan ustun turadi. Masalan, mehnat muhojirlari jinsiy madaniyat haqida qanchalik ma'lumotga ega? Jinsiy yo'l orqali yuqadigan infektsiyalar bepushtlikning asosiy muammosidir.

 

 

- Qanday qilib qulay jamiyatni yaratish mumkin?

 

O'smir qizlar yaxshi jamiyatda ulg'ayib, o'zini doim mustahkam himoya ostida, qulay his etishi kerak. Qiz bolada hayz boshlanganda, u kuchli ruhiy zo'riqishni his etadi. Shu sababli ham qizlar o'z organizmi, unda ro'y berayotgano'zgarishlar haqida zaruriy bilimlarga ega bo'lishi kerak.

 

 

- Kontratseptivlar haqida qanday qilib to'g'ri tushuntirish kerak?

 

20 yil davomida BMTning Aholishunoslik jamg'armasi zamonaviy kontratsepsiya vositalarini beg'araz etkazib berdi. 2016 yilda davlat byudjeti hisobidan ehtiyojmand aholini kontratsepsiya vositalari bilan ta'minlash to'g'risida hukumatqarori qabul qilindi. Tibbiyot xodimi aholiga ma'lumotlarni oson va tushunarli tilda etkazishi kerak. Bemorning tushunchasi, bilim darajasi va madaniyatiga qarab yondashish darkor. Afsuski, buni hamma ham uddalay olmaydi.

 

Bir vaqtlar maktab, kollej va OTMlarda xalqaro tashkilotlar ko'magida ishlab chiqilgan "sog'lom turmush tarzi va oila asoslari" nomli 16 soatlik dastur o'qitilardi. Aslida har bir yoshga moslangan va yanada boyitilgan shu kabi majburiyo'quv dasturlari bo'lishi kerak. 

 

O'smirlar jinsiy munosabat madaniyatiga hayotning ajralmas qismi sifatida qarashilozim. Shundagina ular to'laqonli munosabat o'rnatishga, nikoh tuzishga, farzand ko'rishga va ota-onalikka tayyor bo'ladi.

Ko‘rishlar: 255

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz