Muvaffaqiyatli bo'lish uchun stomatolog qancha xarajat qilishi kerak?
Odamlar
Yangilangan:
O‘zbekistonda kam-ko‘stsiz yashash uchun stomatolog qancha pul topadi? Sohaning ilg‘or vakili-chi? Mana shunday mutaxassis bo‘lish uchun qancha vaqt va pul sarflash kerak? Stomatolog-ortodont Kirill Kim misolida shifokor muvaffaqiyatli va talabgir bo‘lishi uchun oliy ta’limdan keyingi o‘qishga yana qancha xarajat qilishi haqida so‘zlab beramiz.

Kirill Kim, stomatolog-ortodont, SMILE CONCEPT klinikasi va Smile Concept Academy o‘quv markazi asoschisi
- Stomatolog qanday bo‘lishi kerak?
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlar nazaridagi mukammal shifokor-stomatolog bo‘lish uchun kerakli bir qator xislatlar aniqlandi:
- professionallik;
- masʼuliyat;
- xayrixohlik;
- ozodalik;
- insonparvarlik;
- muloqotga kirishuvchanlik;
- muloyimlik;
- sabr-toqat.
Demak, bunday inson 30–50 yoshli erkak, oilali, bolaligidan odamlarga yordam berishga intilgan, professional faoliyatini tasdiqlovchi ko‘plab sertifikat va diplomlarga ega, bemorlar bilan do‘stona gaplashadi. Mukammal shifokor-stomatolog ism-familiyasi yozilgan beyjik taqilgan toza libosda yuradi, chiroyli tabassumli, yuzining rangi toza, tatuirovkasi bo‘lishi mumkin, tibbiy muolajalarni o‘tkazishdan oldin esa, albatta, niqob taqadi va qo‘lqop kiyadi. (*RF SSV OT FDBTM «V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov DTU»)
Ortodont uchun oliy ta’limdan keyingi o‘qish hammasidan ko‘ra muhim. 1–3 kunlik kurslar faqat shakllangan, tajribali mutaxassislarga yordam beradi. Mutaxassis oldiga qo‘ygan vazifalariga qarab maktabni tanlashi kerak.
5 yil
1995–1999
Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya taʼlim yo‘nalishi
2 yil
1999–2001
Toshkent davlat tibbiyot institutining ortodontiya bo‘yicha klinik ordinaturasi
3 yil
2001–2004
All Nations Dental Center / Rezidentura ortodontiya mutaxassisligi
1 yil
2004–2005
Janubiy Koreyadagi Kengbuk milliy universitetida ortodont yordamchisi
2 yil
2005 va 2007-yillar.
Janubiy Koreyadagi Korean Orthodontic Research Institute, Tweed Course instruktori
2 yil
2016–2018
Ispaniya va Italiyada “FACE philosophy ilg‘or ortodontiyasi” kursi
- O‘zbekistonda ortodont bo‘lish yo‘li qanday?
Klinik ordinatura yoki malaka oshirish kurslarini tamomlashi kerak. Va shu kurslarni tugatishi kerak:
- tashxislash va davolashni rejalashtirish bo‘yicha kurs;
- yechilmaydigan ortodontik texnika bo‘yicha kurs;
- biomexanika kursida tahsil olish;
- splint-terapiya, CHPJBni tashxislash bo‘yicha kursi;
- elaynerlarda davolash o‘quv kursini tamomlash.
- Dantist bo‘lish sizga qanchaga tushdi?
Institutda davlat grantida o‘qib, stipendiya olardim. Klinik ordinaturada to‘lov-kontrakt puli yillik stipendiyani qo‘shganda 300$. Rezidenturaga o‘qishga bepul kirdim, uch yil 50$ stipendiya oldim. KORI taqdim etgan grant asosida stajirovkada bir yil yurdim, yordamchi sifatida ishlab, oyiga 1 000$ maosh oldim. Yevropada ikki yil o‘qidim, men o‘qib bitirgan 8 moduldan har biri 4000 yevro turardi.
- Ortodont ishida eng qiyini nima?
- O‘zgaruvchan ortodontiya;
- o‘ta ko‘p maʼlumot;
- isbotlanmagan nazariyalar ko‘p;
- barcha anomaliyalar uchun to‘g‘ri keladigan davolash protokoli mavjud emas.
- Eng ko‘p ruhlantiradigan so‘z?
Qo‘lingdan hech ish kelmayapti!
- Ortodontning o‘zi mukammal tabassumga ega bo‘lishi muhimmi?
Ha. Agar shifokorning o‘ziga vaqti bo‘lmasa, u holda siz uchun ham vaqt topishi amrimahol.
- Klinikangiz bazasida nechta bemor bor?
8 000 bemor bor.
- Shaxsan sizning bemorlaringiz soni-chi?
6 000 nafar ortodont bemorim bor.
Ko‘rishlar: 210
https://anatomica.uz/uz/articl...









