Orzular roʼyxati: shifokorlar nima haqda orzu qilishgan?
Odamlar
Yangilangan:
ANATOMICÁ qahramonlari nima haqda orzu qilishgan? Bizga ularning orzusi roʼyobga chiqqanligini bilish qiziq, ular uchun esa bolalikni eslash va oilaviy albomga yana bir bor nazar solishga sabab.

Nurmat Otabekov
Oʼzbekiston Bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʼi
"Yoshligimda jurnalist yoki huquqshunos boʼlishni istaganman"

Janna Paxomova
Oʼzbekiston akusher-ginekologlari Аssotsiatsiyasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor
"Diplomat boʼlishni xohlaganman"

Shirinxon Safoeva
akusher-ginekolog, OʼzR RIАvaGIАTM yetakchi ilmiy xodimi
"Bolaligimdan shifokor boʼlasan, deb uqtirib kelishgan. Katta buvim pediatr-ftiziatr, buvim – endokrinolog, onam – akusher-ginekolog boʼlgan. 14 yoshimda huquqshunos boʼlishni istaganman, keyin jarroh oftalьmologlikni, ilk marta tugʼruq jarayoniga guvoh boʼlganimdan soʼng albatta, akusher-ginekolog boʼlaman, deb ahd qilganman"

Dilmurod Irgashev, Doctor D
PhD, RАRCh hamda Yevropa urologlar va androloglar assotsiatsiyasi aʼzosi, seksopatolog
"Kosmik kemalarni yaratishni orzu qilganman. Bolalikdan qaerga chizishning imkoni boʼlsa, oʼsha joylarga, qumlarga chizardim. Oʼsimlik, hayvonlar, hasharotlarni kuzatishni yaxshi koʼrardim. Ich-ichimdan hamon botanik va zoologman"

Gulchexra Shamsieva
MUQARNAS klinikasi bosh shifokori, tibbiy kosmetolog, dermatolog
"Аvvaliga hamshira boʼlishni orzu qilganman, keyinchalik shifokorlik muhimroq ekanligini bilib, orzuimni oʼrgartirdim"

Shoxrux Shokirov
Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor, yuz-jagʼ jarrohi, Sadaf stomatologiyasi jarroh-implantologi
"Jurnalist boʼlishni istaganman. Oʼninchi sinfda Polьshaning «Tabib» filьmini tomosha qilganimdan keyin, fikrim oʼzgardi. Onam singari shifokor boʼlishga qaror qildim"

Jasur Rizaev
Stomatolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Samarkand davlat tibbiyot instituti rektori
"Har doim shifokorlikni orzu qilganman"

Shaxzod Zokirxonov
Qon-tomir jarrohi, flebolog, tibbiyot fanlari nomzodi, «Flebolayf» klinikasi rahbari, Oʼzbekiston flebologlari Аssotsiatsiyasi raisining oʼrinbosari
"Bolaligimda Havo-desant qoʼshinlarida xizmat qilishni orzu qilganman"

Nargiza Medvedeva
psixolog, seksolog
"Veterinar boʼlishni orzu qilganman"

Nodir Ibatov
Otorinolaringolog, plastik jarroh, TDSI otorinolaringologiya kafedrasi yordamchisi, Ibatovs clinic plastik va LOR jarrohligi markazi bosh shifokori va asoschisi
«Har doim shifokor boʼlishimni bilganman»
Ko‘rishlar: 306
https://anatomica.uz/uz/articl...









