Orzular roʼyxati: shifokorlar nima haqda orzu qilishgan?

Odamlar

Yangilangan:

Shifokorlar nimalarni orzu qilishgan? Aziz o’bunachilarimiz, shifokorlarning orzulari haqida so’z yuritishni davom ettiramiz. Har birimiz bolaligimizdan kimdir bo’lishni orzu qilganmiz: rassom, o’qituvchi yoki uchuvchi. Biz bolalikdagi barcha istaklar amalga oshdimi yoki ular butunlay boshqa narsaga aylandimi, bilib oldik.

 

 

Muxiba Muzaffarova 

 

Аkusher-ginekolog, Doctor D markazi reproduktologi 

 

"Orzuim oʼqituvchilik boʼlgan"

 

 

 

Muxayyo Maqsudova 

 

akusher-ginekolog, Аyollar salomatligi markazi reproduktologi, AAGU Oʼzbekiston akusher-ginekologlari Аssotsiatsiyasi boshqaruv aʼzosi, Yevropa, Аmerika, Rossiya reproduktologlari assotsiatsiyasi aʼzosi, Siz ona bulasiz loyihasi asoschisi

 

"Shifokor boʼlish orzuim boʼlgan"

 

 

 

Irina Tashmetova

 

Yoga oʼqituvchisi, Heartfulness meditatsiyasining sertifikatga ega ustozi, Toshkentdagi Yoga va meditatsiya xalqaro maktabi direktori, Heartfulnes markazi koordinatori 

 

"Doim oʼqituvchi boʼlishni orzu qilganman, hovlidagi dugonalarim bilan oʼqituvchi-oʼquvchi oʼyinini oʼynardik, uyda esa oʼyinchoqlarimni oʼquvchilarga aylantirib, ularga qiziqarli voqealar soʼzlab berardim. Bolalik orzuim roʼyobga chiqdi, deya olaman"

 

 

 

Botir Mirzakarimov

 

otolaringolog, HAYAT Medical Centre klinikasi

 

"Besh yoshimdan rassomlikni orzulaganman. Yaxshi chizardim. Oʼn yoshimga borib, shifokor boʼlishga ahd qildim. Buning uchun jiddiy oʼqishim kerakligini bilardim, shuning uchun rassomlikni birga olib borishga bel bogʼladim"

 

 

 

Raushaniya Begisheva

 

endokrinolog, OʼzR FА immunologiya va genomika instituti ilmiy xodimi, Level Med va Immunogen Test klinikasi integrativ va preventiv tibbiyoti shifokori 

 

"Shifokorlikni orzu qilganman"

Ko‘rishlar: 161

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz