Endometrioz tashxisda homilador bo‘lish mumkinmi?

Odamlar

Yangilangan:

Ayollar bepushtligining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri –  endometrioz. Bu kasallikda bachadonning ichki qavatidagi endometriyga o‘xshash to‘qima bachadon tashqarisiga o‘sib chiqadi. Og‘riq paydo qiladi va/yoki bepushtlikka sabab bo‘ladi. Ginekolog-reproduktolog Hilola Usmonova aytib beradi.

 

 

Endometrioz sabablari: endometriy hujayralariga ega hayz qoni fallopiy naylari bo‘ylab tos bo‘shlig‘iga qaytib oqadi; bachadon tashqarisidagi hujayralar endometrial hujayralarga aylanadi va o‘sa boshlaydi; endometrioz yallig‘lanish, o‘sma va kasallik oqibatida og‘riqqa sabab bo‘ladigan estrogenga bog‘liq; genetik nazariya yaqin qarindoshlarda patologiyalar bo‘lganda kasallik rivojlanishining yuqori xavfini taxmin qiladi.
 

 

Shuningdek, patologiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar ham ajratib ko‘rsatiladi. Ularga kechki reproduktiv yosh, jarrohlik aralashuvi, gormonal preparatlarni uzoq vaqt iste’mol qilish, ko‘p sonli abort va bachadon bo‘shlig‘ini qirish kabilar kiradi.

 

Endometriozning og‘ir holatlarida endometrioidli o‘smalar, qo‘shilgan joylarni olib tashlash uchun jarrohlik yo‘li bilan davolash talab etiladi. Operatsiya fertillikni yaxshilaydi, muvaffaqiyatli homiladorlik imkoniyatini oshiradi.

 

Agar tashxis o‘z vaqtida qo‘yilsa va davolansa, homiladorlikka tabiiy yo‘l bilan erishiladi.

Ko‘rishlar: 27

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz