«Ezgu amal» – xayrli ishlar maskani: Sharafli ish
Odamlar
Yangilangan:
Boshqalarga o‘xshamagan ayol, ona, rafiqaning sabr-bardoshi, mardligi, eʼtiqodi, muhabbati va insonparvarligi haqida hikoya. Yaxshilik qilishdan charchamaslik va so‘nggi kunlari yaqinlashgan insonlarga yordam berish haqidagi hikoya. Yaxshilik unutilmaydi va doim o‘z egasiga taqdir neʼmati sifatida qaytib keladi. Qahramonimiz Munira Xodjaxanova – Ezgu amal xayriya jamg‘armasi hamasoschisi.
Intervyu: Barno Ikramova
Munira Xodjaxan
2012-yili o‘g‘limda saraton aniqlandi. Bu holatga ko‘nikish qiyin edi. Biz Moskvaga borib, biopsiya qildirish va aniq tashxis qo‘ydirib kelishga ahd qildik.
Mablag‘imiz bor bo‘la turib ham qiynalardik. Avvaliga mustaqil amalladik. Ammo davolanish oxirida bizning ham mablag‘imiz tugadi.
Biz saratondan davolanish mumkin, deymiz. Ammo bunga pul kerak. Mablag‘siz qiyinroq. Shifoxonada boshqa oilalarning jamg‘armalardan foydalanganini ko‘rganman. Akkauntimda bolalar onkologiyasi, ayniqsa, osteosarkoma haqida ko‘p yozganman. Doim imkoniyat bor. Menga maslahat uchun murojaat qila boshlashdi. Ularga Rossiya fondlariga murojaatni rasmiylashtirishda ko‘mak berardim.
Buning uchun palliativ yordam mutaxassislari zarur. Bizda ular deyarli yo‘q. Palliativchilar og‘riqsilantiruvchi dorilarni to‘g‘ri tavsiya etadi. Har bir bemor uchun tashxis, holat, kasallikning hamroh nojo‘ya taʼsirlaridan kelib chiqib alohida individual sxema tuzilishi kerak. Og‘riqsizlantiruvchilarning individual dasturi zarur. Masalan, qanday ukol qilish kerak, qanday ichirish, giyohvandlik moddalari bilan ham xuddi shunday. Bizda esa standart vaziyatlar uchun ishlab chiqilgan oddiy shablonlar bor, xolos. Shuning uchun bizda saratonga chalingan bemorlar oxirida rosa qiynaladi, ammo bunday bo‘lishi kerak emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruhga duch kelib qoldim: u yerda ham odamlarga yordam beriladi va bir vaqtning o‘zida pul yig‘iladi. Guruhda men bir oila uchun pul yig‘ishni iltimos qildim, do‘stlarim va tanishlarimni jalb qildim. Meni «Mir ne bez dobrix lyudey» nomli jamoaga taklif qilishdi, u yerda Nonna va Mariya bilan tanishdim. Men katta jamoaning bir qismiga aylandim va onkologiya hamda gematologiya bo‘yicha vasiylik qiladigan insonlarimni yig‘dim. Biz do‘stlashib, til topishib oldik va Fond tashkil etish kerakligini anglab yetdik.
2018-yili «Ezgu amal» fondini ochdik. Ammo unga qadar juda ko‘p odamlarga yordam berdik.
Ko‘rishlar: 529
https://anatomica.uz/uz/articl...









