Shon-sharaf zali: O'z universitetlari, o'qituvchilari va ota-onalari bilan faxrlanadigan 4 nafar talaba
Odamlar
Yangilangan:
Bu talaba qizlar bilan universiteti, ustozlari va ota-onasi faxrlanadi. Barcha sohada qizlarimizning yutug‘i biz uchun o‘ta muhim. Bu “yulduzcha”larning xizmati ro‘yxatini esa muxtasar maʼlumot uchun qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Ularning keyingi qadami va muvaffaqiyatini kuzatib boramiz. Balki ulardan biri jurnal joriy etgan “mamlakat tibbiyotiga qo‘shgan hissasi uchun mukofoti” bilan taqdirlanar. Bu nomlarni yodda tuting.

Diyoraxon Yusupova
"Tibbiyotchi talaba sifatida preventiv tibbiyot muhimligini yaxshi anglayman va kasallikniтп oldini olish orqali insonlar hayotini uzaytirish uchun xorijiy tajribadan foydalanib, ommaviy sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirishni istardim."
Toshĸent pediatriya tibbiyot institutining davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi. OTM talabalar kengashi raisio‘rinbosari. Charity Union xayriya tashkiloti asoschisi. Sakkiz yil davomida kam taʼminlangan oilalar, faxriylarga yordam beradi, bolalar uylari va maktab-internatlarda bayramlar tashkil etadi. 10 yildan beri ko‘ngilli sifatida faoliyat faol olib boradi. 2020-yildan buyon JSST mamlakat ofisi ko‘ngillisi.

Kamola Safarova
"Mamlakatimizda reĸonstruĸtiv plastik jarrohlikni rivojlantirmoqchiman. Keyin «yuz-jag‘ sohasi bo‘yicha ayol jarroh – jarroh emas» degan xurofotni parchalab tashlamoqchiman."
Toshĸent davlat stomatologiya institutining stomatologiya fakulteti 5-bosqich talabasi. Tibbiy OTM talabalari orasida miĸrobiologiya va stomatologiyada estetik restavratsiya bo‘yicha respubliĸa va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar, shuningdek, MEGA Master respublika tanlovi g‘olibi. 2020-2021-yillarda reĸtor stipendiyasi stipendiati va Anzibel Dental Award mukofoti sovrindori. O‘zbekiston, AQSh, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda yosh olimning 25 dan ortiq ilmiy maqolasi chop etilgan. Kamola – «Qizlar ovozi» maktabi murabbiyi, O‘zbekiston ko‘ngillilari murabbiylari mentori. «Tibbiyotchi ko‘ngillilar» harakati asoschisi. Pandemiya vaqtida faol ko‘ngilli sifatidagi xizmati uchun Prezidentimiz taʼsis etgan «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan.

Shahina Otajonova
"Kasb tanlashda men uchun salohiyatim va imkoniyatimni ro‘yobga chiqarish birinchi o‘rinda turadi. Bu faqat insonlarga yordam berish/qutqarish istagi bilan bog‘liq. Buning uchun tibbiyot xodimi bo‘lish shart emas. Tibbiyot murakkab vazifalarga to‘la va bu o‘zimni to‘liq namoyon qilishga yordam beradi. Bugun tibbiy OTMning 3-bosqich talabasi sifatida inson tanasiday noyob va murakkab kashfiyot bilan ishlash men uchun katta sharaf ekanini anglab yetdim."
AKFA universitetining davolash ishi fakulteti 3-bosqich talabasi. Singlisi ikkisi Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabini qizil attestat bilan tamomlagan. Singapurning Insworld institutida A-level darajasini olgan. Ko‘ngilli sifatida Singapurda kam taʼminlangan oilalarga yordam bergan. AKFA universitetida davlat granti asosida taʼlimni davom ettiryapti. U AKFA universiteti talabalar kengashining birinchi prezidenti, singlisi ham kengashga aʼzo. Pandemiya vaqtida ikkisi ham Akfa Medline klinikasida ko‘ngilli bo‘lib ishlagan va 2021-yili «Tibbiyotchi ko‘ngillilar» birinchi forumida o‘z oliy ta’lim muassasasini namoyish etgan. Ular BMT anjumani spikerlari bo‘lib, O‘zbekistonda BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha Sustainable Development Goals maqsadini targ‘ib qiladi. Bugun ikkisi ham IFMSA tibbiyotchi talabalar uyushmasi xalqaro federatsiyasining NORE tadqiqot almashinuvi bo‘yicha milliy xodimi.

Leyla Otajonova
"Universitetni tugatib, neonatologiyaday murakkab ixtisoslik bo‘yicha xorijda magistraturani davom ettirishni va bir necha yil davomida ushbu sohada xalqaro tajribaga ega bo‘lish orqali O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishni istayman."
AKFA universitetining davolash ishi fakulteti 3-bosqich talabasi.
Ko‘rishlar: 38
https://anatomica.uz/uz/articl...









