6 nafar kardiolog, o'z ishlari haqida chin dildan gapiradishadi

Odamlar

Yangilangan:

Insonlar azaldan yurakka hayajon bilan qarashadi, uni muhabbat, hissiyotlar va qalb koshonasi deb bilishadi... Bunga ajablanmasa ham bo'ladi, chunki bu a'zo insonning butun umri davomida tinim bilmay ishlaydi. Shifokor-kardiologlar o'z ishi haqida chin yurakdan so'zlaydilar.

 

 

Dina Arnapolskaya,

De Factum Laboratories oliy toifali shifokori, kardiolog, tibbiyot fanlari nomzodi

 

"Amaliyotidagi ushbu voqeani buvim so‘zlab bergan. U shahardagi shifoxonalardan birining kardiologiya bo‘limi mudirasi bo‘lgan. Buvimning bo‘limida og‘ir yurak yetishmovchiligiga uchragan ayol muntazam davolangan. Muolajalarga qaramay, so‘nggi marta bemorning ahvoli og‘irlashibdi. Qarindoshlari  oila davrasida tinchgina jon taslim qilishi uchun ayolni olib ketibdi. Buvim bemorning oxirgi kunlarini yengillatish maqsadida unga yurak glikozidi tabletkasining chorak qismini kuniga bir marta berishni buyuribdi.

 

Maslahatlashuvdan keyin buvimning oldiga istarasi issiq, yoshi ulug‘ bir ayol kelib: «Assalomu alaykum, meni tanidingizmi, doktor?» – debdi.

 

Oradan yillar o‘tibdi. Bir kuni buvim eski shahar mahallasidagi uylardan biriga ish bilan boribdi. Oila boshlig‘iga shifokor maslahati kerak ekan. Maslahatdan keyin buvimning oldiga istarasi issiq, yoshi ulug‘ bir ayol kelib shunday debdi: «Assalomu alaykum, meni tanidingizmi, doktor?» Bu bir paytlar yurak yetishmovchiligidan «o‘lishi kerak bo‘lgan» o‘sha bemor ayol ekan. U oilasining g‘amxo‘rligidan mamnun holda, glikozidning juda kichik gomeopatik dozasini qabul qilib, sekin-asta oyoqqa turgan. Tabiat va yaqinlarining qo‘llovi «otamdan qolgan» eski dori bilan qo‘shilib, mo‘jizali shifoni yuzaga keltiribdi. Bu voqeadan olgan sabog‘im shuki, hayotda hech narsani oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. U kutilmagan tuhfalarga to‘la va bizning «o‘ta dono» fikrimiz bilan hisoblashmaydi".
 

 

 

Irina Korshunova,

M.Fedorovich klinik sanatoriysining oliy toifali shifokori, kardiolog 

 

"Men har doim tibbiyot ilmiga va bemorlarning u yoki bu davolash usuli tarafdori bo‘lishining samarali taʼsiriga ishonib kelganman. Kardiologiyada muhabbatning taʼsiriga esa arang ishonardim. Toki amaliyotimda bir voqea sodir bo‘lmagunga qadar… 65 yoshli bemorim – musiqa maktabi o‘qituvchisi kasbi tufayli muntazam ruhiy va hissiy bosim girdobida qolgan, turmush o‘rtog‘idan ajralgan, hayotda yolg‘iz edi. Ko‘p yillik gipertonik bo‘lib, semizlikning ikkinchi darajasiga yo‘liqqandi. Muntazam har yili  2-4 marta taxikardiya xurujiga uchrab turardi. Doim muolaja oladi, zarur holatlarda unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bir gal oradan ikki yil o‘tdi hamki ko‘rinmadi…

 

Bir gal oradan ikki yil o‘tdi hamki ko‘rinmadi… Yodimga tushib, xavotir oldim: nima bo‘ldi, qayerda ekan, anchadan beri murojaat qilmadi, dedim o‘zimga o‘zim.

 

Yodimga tushib, xavotir oldim: nima bo‘ldi, qayerda ekan, anchadan beri murojaat qilmadi, dedim o‘zimga o‘zim. Qo‘ng‘iroq qilsam tanish ovoz eshitildi. G‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Sevgan insonini uchratganini, shaxsiy hayotda baxtini topgani uchun taqdiridan roziligini aytdi. Kasallik chekinib, aritmiya xuruji va gipertonik inqiroz boshqa kuzatilmabdi. Buni moʻjiza desa bo‘ladi. Mashhur neyrofiziolog, akademik Natalya Bextereva aytganidek: «Toki siz xohlamaguncha qarilik kelmaydi». Seving va sevilib yuring!"

 

 

 

Linara Rumi, 

De Factum Laboratories funksional tashxislash shifokori, kardiolog

 

"Qabulxonada o‘tirsam, ikki ayol hamda 20 yoshlar chamasidagi bir qiz keldi. Tashxislash markazidan EKG ko‘rigiga yo‘llanma berilgan ekan. Qo‘llarida kardiogramma qog‘ozi. Ular chuqur hayajonda. Chunki qizni turmushga berishayotgan, bo‘lg‘usi kelin ko‘rikdan o‘tib yurgan edi. EKG tahlili qizda yurak nuqsoni borligini aniqlagandi. Kardiogrammani ko‘zdan kechirarkanman, nimadir xato ketganini ko‘nglim sezdi. Bemorni ko‘rikdan o‘tkaza boshladim. Lekin negadir yurak sasi o‘z joyida eshitilmadi.

Qo‘lim bilan urib ko‘rib, fonendoskopni o‘ng ko‘krak ustiga qo‘ydim. Mana, yurak tuppa-tuzuk ishlab turibdi. Anʼanaviy dekstrokardiya. Shuning uchun odatiy EKG “nuqson”ni qayd etgan. Qizgina indamay o‘tiribdi, ona esa asabiy. «Yurakni hech tekshirtirganmisiz? Shifokor eshitib ko‘rganmi?» – deb so‘radim. «Ha», deya javob berishdi. «Yuragingiz qayerda ekanini bilasizmi?» – dedim qizga yuzlanib. 

 

Kardiogrammani ko‘zdan kechirarkanman, nimadir xato ketganini ko‘nglim sezdi. Bemorni ko‘rikdan o‘tkaza boshladim. Lekin negadir yurak sasi o‘z joyida eshitilmadi.

 

Odatda yuragi o‘ng tomonda joylashgan bemorlar baʼzan ko‘rikka kelganda ataylab shifokorni “qiynash” uchun sir boy bermaydi. Lekin bu vaziyatda holat mutlaqo boshqacha edi. Onaga qizining yuragi o‘ng tomonda joylashganini aytgandimda hushidan ketayozdi. Ular 20 yil bu haqda bilishmagan! Yaxshiyamki qolgan barcha ko‘rsatkichlar joyida ekan. Menimcha, bugun o‘sha qiz oilasining baxtli bekasi va bir etak farzandning oyijonisi bo‘lsa kerak".


 

 

Andrey Erstekis,

Avisa Med Servis klinikasi oliy toifali shifokori, kardiolog, tibbiyot fanlari nomzodi 

 

"Ixtisosligim tibbiyotdagi eng masʼuliyatli sohalardan biri bilan bog‘liq. Nafaqat xato qilishga haqqim yo‘q, balki gohida o‘ylashga ham vaqtim bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda odamlar yuragida o‘zgarish borligini hatto sezmaydi…

 

Ko‘rikni boshladik. EKG qilyapmiz, yurakning orqa devorida esa infarkt asoratidan qolgan chandiq. «Yaqinda infarkt o‘tkazibsiz, bilasizmi?» – deb so‘rayman.

 

Bir kuni men bilan tanishish uchun oldimga bemor ayol keldi. U «Doktor, assalomu alaykum! Meni hech nima bezovta qilmaydi, hech qachon jiddiy kasal bo‘lmaganman, shunchaki shifokorim ko‘chib ketdi. Menga sizga ko‘rinib yurishni tavsiya qilishdi», dedi. Ko‘rikni boshladik. EKG qilyapmiz, yurakning orqa devorida esa infarkt asoratidan qolgan chandiq. «Yaqinda infarkt o‘tkazibsiz, bilasizmi?» – deb so‘rayman. «Qanaqa infarkt? Qachon? Menda unday holat bo‘lmagan, yaʼni bu haqda hech qachon hech kim aytmagan… o‘zimni yaxshi his qilyapman», deydi ayol. Hammasini ko‘rsatib, tushuntiraman. Undan keyin tahlillar, tekshiruvlar, tavsiyalar, davolanish. Biroz vaqt o‘tgandan keyin navbatdagi maslahatga kelganda bemor ayol tan oldi: «Doktor, bilasizmi, ilgari sog‘lig‘im joyida deb o‘ylardim. Yosh o‘tib, haqiqiy sog‘liq nimaligini, qachon o‘zingni yaxshi his qilishingni unutib qo‘yarkansan. Endi boshqacha nafas olyapman, xuddi yoshlikdagiday, yashashim ham boshqacha, mana endi o‘zimni chindan ham yaxshi his qilyapman»."

 

 

 

Yuliya Juravleva,

Stellaris klinikasi oliy toifali shifokori, kardiolog 

 

"Odamlar «xasta yurak» deganda ko‘krakdagi kutilmagan kuchli og‘riqni tushunadi. Xuddi kinodagiday: qahramon yuragini changallab yiqiladi. Hayotda esa kardiolog holsizlik, ko‘p terlash, nafas qisishi va shishlar kabi nospesifik simptomlarga duch keladi.

Xuddi shu shikoyatlar bilan oldimga 17 yoshli qizni olib kelishdi. Ko‘z osti shishgan, tomog‘ida nimadir tiqilganday his etadi. Holsizlik va uyquchanlik, kuchli chanqoqdan lablari yorilib ketgan. Tuni bilan suv ichish uchun uyg‘onadi. Xavotirlangan ona avvaliga qandli diabetda gumon qilib, endokrinologga murojaat qilgan, yaxshiyamki bu tashxis isbotlanmagan. 

 

...oldimga 17 yoshli qizni olib kelishdi. Ko‘z osti shishgan, tomog‘ida nimadir tiqilganday his etadi. Holsizlik va uyquchanlik, kuchli chanqoqdan lablari yorilib ketgan.

 

Ko‘rik, EKG natijasi joyida, tahlillar ham yomon emas. Shu tobda qizning tishlaridagi breketlar eʼtiborimni tortadi. Qachon qo‘ydirganini so‘rayman. Pastdagilari yaqinda qo‘yilgan va taxminan bir vaqtda barcha simptomlar paydo bo‘lgan.

Hammasi oddiy bo‘lib chiqdi – breketlar tishlamni yuqoriga ko‘targani uchun qizning jag‘lari uyqusida ikkiga ajralib, og‘zi ochilib qolgan, tomog‘i qurib, chanqoq hissidan ko‘p uyg‘ongan. Uyquga to‘ymaslik, lablar yorilishi, buning ustiga qiz asabiylashgan va o‘z ahvolidan qo‘rqib ketgan. Shu tariqa jiddiy xastaliklarga xos belgilar shunchaki ortodont muolajasining salbiy taʼsiri bo‘lib chiqdi".


 

 

Najmiddin Mahkamov,

M.Fedorovich klinik sanatoriysi intervension kardiologi

 

"Yaqinda bo‘limimizga yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan 67 yoshli bemor keltirildi. U ilgari o‘tkir miokard infarktiga chalingan. Koronarografiya vaqtida arteriyaning og‘ir stenozi aniqlangani uchun darrov stentlash o‘tkazilgan. 

Aytish kerak, bemor ilgari ichak saratoni bilan bog‘liq bir nechta og‘ir operatsiyarni o‘tkazgan. Shuni inobatga olib, qolaversa, shikoyatiga qarab bemor tekshiruvlardan o‘tkazilgan, MSKT vaqtida aortaning ko‘krak bo‘limida anevrizma aniqlangan… Bu xabar bemor va yaqinlariga yomon taʼsir qildi. Ular chorasiz qoldi. Oldinda yana bir katta operatsiya turardi, unga bemorning oilasi na moliyaviy, na ruhiy tayyor edi…

 

Bu xabar bemor va yaqinlariga yomon taʼsir qildi. Ular chorasiz qoldi. Oldinda yana bir katta operatsiya turardi. Unga bemorning oilasi na moddiy, na ruhiy tayyor edi...

 

Bugungi kunda mazkur patologiya (aortaning ko‘krak bo‘limi anevrizmasi va ajralishi) ochiq jarrohlik yo‘li bilan operatsiya qilinmaydi. Chunki asorat, hatto o‘lim xavfi yuqori hisoblanadi. Lekin taqdirni qarangki, bemor aynan bizga murojaat qilgan, yaʼni klinikamizda nafaqat oddiy stentlash, balki stent-graft implantatsiyasi yordamida aynan aorta ko‘krak va qorin bo‘limlarining endovaskulyar protezlash amaliyoti o‘tkaziladi.

Mazkur usulning noyobligi shundaki, u kaminvaziv bo‘lib, chov sohasida kichik kesish orqali olib boriladi. Keyingi kuni bemor mustaqil, birovning yordamisiz, erkin harakatlanishi mumkin. 

Noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Bemorga beshinchi kuni javob berildi. Nozik masala hisoblangan moliyalashtirishga kelsak, taʼkidlash kerak, klinika maʼmuriyati davolash bo‘yicha barcha xarajatni o‘z zimmasiga oldi va operatsiya mutlaqo bepul o‘tkazildi".

 

Ko‘rishlar: 41

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz