Qogʼoz xaltadagi salomatlik: Dunyoni mikrobsiz oʼzgartirgan kashfiyot.
Hayot sifati
Yangilangan:
Goʼzallik salonlari, estetika markazlarida ishlatiladigan uskunalar yoki tibbiy uskunalarni dezinfektsiyalash va sterillash haqida nima bilamiz? Koʼpchilik uskunalar sterillangani borasida mutaxassislarning gapiga ishonadi. Аslida hech birimiz buning qanday amal oshirilishi bilan qiziqmaymiz. Tibbiy uskunani sterillash murakkab jarayon boʼlib, barcha mikrob turlari, shu jumladan, spora va viruslarni fizik va kimyoviy jihatdan yoʼq qilishdir.

Bemor qoni, yarasi yoki shilliq qavatiga tegadigan hamda yaxlitligi buzilishi mumkin boʼlgan barcha tibbiyot uskunalari sterillanishi kerak. Kraft-xaltalar tibbiy (manikyur) uskunani sterillash va undan foydalanish muddatigacha saqlash uchun moʼljallangan. Shpritslar, skalpellar, pintsetlar, pipetkalar, probirkalarning barchasi shuning ichiga kiradi.
«Kraft» soʼzi nemis tilidan tarjima qilinganda, «kuch» degan maʼnoni bildiradi. 1859 yilda Britaniyada amerikalik kashfiyotchi Uilьyam Gudeyl qogʼoz xalta ishlab chiqaruvchi qurilmani yaratdi. 1870 yilda esa Lyuter Krouell tagi tekis xaltani ishlab chiqardi.
Kraft-xalta namlikka chidamli, havo oʼtkazuvchan va bino iqlimiga moslashuvchandir. Shuning hisobiga unda tez buziladigan va oʼtkir hidli mahsulotlarni saqlash imkoni mavjud. Kraft-xalta sellyuloza va qayta ishlangan qogʼozdan tayyorlanadi. Kraft-xaltalarning afzalligi ularning chidamliligi, arzon narxi, sterilligi va musaffolikni saqlash imkoniyatidadir. Qogʼoz osonlikcha yirtilmaydi, uncha-muncha ogʼir yukni koʼtara oladi, buning ustiga, asl holatini saqlab uzoq vaqtga chidaydi.
Ekologik toza kraft-xalta, yerga tushgach, tabiiy tarkibiy qismlarga ajraladi va yonganda inson salomatligi uchun zararli moddalar chiqarmaydi. Kraft-xaltalar goʼzallik sanoati va tibbiyotda uskunalarni zararsizlantirish va keyinchalik saqlash uchun ishlatiladi. Manikyur, kosmetologik, tibbiy uskunalar sterillanishi kerak, bu jarayon vegetativ va spora shaklli mikroorganizmlarni bartaraf etadi.

Uskunalarni sterillash uchun ikkita oʼram turi mavjud:
– qogʼoz kraft-xaltalar (ularda uskunalar koʼrinib turmaydi);
– kombinatsiyalangan kraft-xaltalar (ularning bir tomoni – qogʼoz, ikkinchisi tarafi – shaffof plyonka).
Har yili respublikamizda oʼrtacha 4000 ta OIV infektsiyasini yuqtirish holati qayd etiladi. …Bunga har doim ham insonning oʼzi aybdor boʼlmaydi. Bunga sartaroshlar, kosmetologiya, tibbiyot va boshqa maishiy xizmat xodiml arining beparvoligi sabab boʼlishi mumkin. ...Oʼzbekistonda А, V, S, D va Ye virusli gepatitning 7 turidan 5 tasi roʼyxatga olingan.
Sterillangan uskunalardan foydalanish muddati
1 soat – ushbu muddat davomida standart sterillaganda;
3 sutka – kraft-xaltada qisqichlar bilan mahkamlanganda;
20 kun – qogʼoz kraft-xalta oʼzi yopishadigan lenta yordamida mustahkamlanganda;
1-2 yil – kombinatsiyalangan kraft-xaltada – oʼramni ishlab chiqaruvchiga qarab, 1 yildan 2 yilgacha;
24 oy – xaltani klapanlar vositasida muhrlab, har oylik nazorat jarayonida;
Sterillanganlikni ellik sutka davomida saqlab turadigan modellar bor, ikki qavatli oʼramda esa – oltmish sutka.
Ko‘rishlar: 239
https://anatomica.uz/uz/articl...







