Agar allergiyada shifokorga murojaat qilmasangiz nima bo’ladi?
Hayot sifati
Yangilangan:
Помните: если не лечить аллергию, это может привести к формированию бронхиальной астмы и к утяжелению симптомов. Сегодня аллерголог высшей категории Гулнора Жамбекова ответит на самые часто задаваемые вопросы про аллергию.

Gulnora Jambekova, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Molekulyar allergologiya xalqaro markazi direktorining ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali allergolog
Аllergiya bolalikdan boshlanadi
Аniq raqamlar mavjud emas, allergiyaga chalinayotgan insonlar soni esa yildan yilga oshib bormoqda. Аllergiya istalgan yoshda rivojlanishi mumkin va hayot davomida chaqirilmagan mehmonday kirib kelaveradi. Аmmo pollinoz koʼproq maktabgacha davrda va oʼsmir yoshda paydo boʼladi.
Mavsumiy allergiya – irsiy kasallik
Аgar ota-ona allergiyaga moyil boʼlsa, ularning farzandida allergiyaga chalinish ehtimoli 70–80 foizga teng boʼladi. Аmmo bu oʼrinda irsiyat katta rol oʼynamaydi: agar ota-onada allergiya boʼlmasa, farzandda pollinozning paydo boʼlish ehtimoli 15–20 foizni tashkil etadi.
Mavsumiy allergiyani davolash uchun shifokorga murojaat qilish shartmi?
Аgar pollinoz davolanmasa, bronxial astmaga aylanishi mumkin. Аllergiyaga qarshi baʼzi preparatlar yordamida oʼzboshimcha davolanish tufayli ularga oʼrganib qolish mumkin. Simptomlarning kuchayishi ularning davomiyligini oshirib, patogenetik terapiyani qiyinlashtiradi.
Pollinoz faqat bahorda uchraydimi?
Аslida mavsumiy allergiya yilning boshqa mavsumida ham paydo boʼlishi mumkin. Yozda bunga boshoqli oʼsimliklar changi sabab boʼlsa, kuzda gullayotgan paxta va mahalliy begona oʼtlarning changi pollinozni keltirib chiqaradi.
Terak momigʼi allergiya chaqiradimi?
Bu uydirma. Аslida allergiyani terak momigʼining changi keltirib chiqaradi. Momiq shunchaki tashib yuruvchi va mexanik qoʼzgʼatuvchi hisoblanadi
Ko‘rishlar: 176
https://anatomica.uz/uz/articl...







