Ko‘ngildagidek qarish
Hayot sifati
Yangilangan:
Keksa inson o‘z shaxsiyatini saqlab qolganda, hayotining ushbu davriga xos yangi xususiyatlarni hisobga olgan holda, atrofidagi voqelik bilan o‘zaro munosabatini o‘zgartirganda, shu holatiga moslashganda, psixologik holati uchun zarur bo‘lgan o‘zini anglash yo‘lidagi yangi usullarni topganda, «ko‘ngildagidek qarish» atamasi ommalashadi.

Aleksandra Qayumova, amaliyotchi psixolog @alexandra.kayumova
- Insonga psixolog, psixoterapevt va maslahatchilar ko‘magi qachon zarur bo‘ladi?
Birinchi navbatda, chuqur tushkunlik holatida. Bu o‘zini keraksiz hisoblash, kuchli abgorlik hissini tuyish, g‘azab va nafrat, hammaga, jumladan, o‘ziga nisbatan «asossiz tajovuz» orqali namoyon bo‘ladi.
- O‘ziga o‘zi yordam berish
Men uyqusizlik omilini tahlil etishni taklif qilaman. Biroq insonni bezovta qiladigan boshqa kasalliklarni ham rad etib bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘zini o‘zi davolamay, mutaxassisga murojaat qilish kerak. Kunduzi faol turmush tarzini kechirish va zaruriy jismoniy faollik uyqusizlik profilaktikasi sifatida xizmat qiladi. Mushaklarni bo‘shashtirish, relaksatsiya mashqlariga alohida eʼtibor qaratish va fikran tinchlanishni o‘rganish kerak. Agar keksa odam barcha shartlarni bajarib ham uyqusizlikdan aziyat cheksa, shifokor (psixoterapevt yoki psixiatr)ga murojaat qilgani maʼqul.
- Uyqu kundaligi
Mutaxassisga murojaat qilish uchun «Uyqu kundaligi»ni yuritish lozim. Siz nafaqat o‘z holatingiz haqida aniq maʼlumotlarga ega bo‘lasiz, balki mutaxassisga holatingizni isboti bilan tushuntirib berasiz va shifokorning muolaja jarayonini osonlashtirasiz.
Kundalikda quyidagilarni qayd etib borish lozim:
1. Sana.
2. Kechqurun uxlashga yotgan vaqtingiz.
3. Uxlash uchun ichgan dorilaringiz.
4. Uxlashingiz uchun ketgan vaqt.
5. Tunda necha marta uyg‘onganingiz.
6. Uyg‘ongach, qancha vaqtda uxlab qolganingiz.
7. Ertalab qachon uyg‘onganingiz.
Kechqurun uxlashdan oldin quyidagi savollarga javob berasiz:
1. Kun davomida tarkibida kofein moddasi mavjud ichimliklar yoki kofeni qancha miqdorda ichdingiz?
2. Spirtli ichimliklarni qachon va qancha ichdingiz?
3. Kun davomida qanday dorilarni isteʼmol qildingiz?
4. Tushkunlikka tushdingizmi (qanday)?
5. Kunduzi mizg‘ib olish imkoni bo‘ldimi va qancha vaqt?
Shu tariqa kundalik ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismini ertalab to‘ldirasiz, ikkinchisini kechqurun.
- Keksalarning yaqinlari qanday muammolarga duch keladi?
Asosiy muammo psixologik bo‘ladi, yaʼni qarilik va o‘limdan qo‘rqish. Menga keksa ota-onasi va qaynotasini parvarishlaydigan ayol kamuyqu hamda tushkunlikdan shikoyat qildi. Keksalar bilan munosabatingiz qanday degan savolimga javoban yig‘lab, hammasi yaxshi, lekin chidash qiyin bo‘lyapti, dedi.
Mehribon qariyalar tufayli oilada ijobiy muhit hukmron bo‘ladi. Ziddiyatlar ham kamdan-kam uchraydi. Ammo ularning keksaya borishi atrofdagilarni tashvishlantiradi. Gap birgina qo‘rquvda emas, balki keksalarga yaqin yashab, ularni parvarish qiluvchi insonlarni ham chulg‘ab oladigan nomaʼlum xavotirda. O‘sha mijozim ahvoli hozir yaxshi. Uyqusi maromiga tushgan, tushkunligi sezilarli darajada pasaygan. Bunga qanday erishdik? Avvalo, uni bezovta qilgan qo‘rquv va yomon xayollarni aniqladik.
- Majburiylik zulmi
Bunday holat ko‘pchiligimizga yaxshi tanish: ko‘z oldingizda yaqin insoningiz bu dunyoni tark etsa, albatta, salbiy hisni tuyasiz. Bu kamida qo‘rqinchli, keng maʼnoda esa inson tuyg‘usini “muzlatadigan” va psixologik muammolarga sabab bo‘ladigan ko‘plab xavotirlarni keltirib chiqaradi. Buni tan olish xijolatli. Jamiyatda zamonaviy psixologiya taʼbiri bilan aytganda, «majburiylik zulmi» deya nom olgan holat hukmron.
Yaqinlarimiz kasal bo‘lsa, ularni parvarishlash, ularga hurmat ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik qilish, ulardan minnatdor bo‘lish bizga malol kelmayotganini va bu ishdan yuz o ‘girishni istamayotganimizni bildirib turishimiz kerak. Atrofdagilarga to‘g‘ri munosabatimiz va bardoshimizni ko‘rsatishimiz zarur. Bu har bir alohida holatda bo‘ladigan munosabatning eng kichik qismi. Ammo majburiylik zulmi eng oddiy hodisani ham chuqur tushkunlik va taranglik manbayiga aylantiradi. Shu asosda unga qarshi kurashish ham qiyinlashadi.
- Nima qilish kerak?
Avvalo, o‘zingizni qiynash, o‘zingiz va atrofdagilarning holatini tan olmaslik sizni duch kelgan voqeliklardan qutqarib qolmasligini tan olish kerak.
Xayolan majburiylik zulmini yumshamiz. Masalan, “shart” va “majburiylik” emas, balki “mehr” va “hurmat” tufayli vazifani bajarish. Bu mavjud holatni yengillashtirish sari birinchi qadam va keksa inson bilan muloqotni yaxshilash yo‘lidagi yoqimli bonus.
YO‘Q – «men yaqinlarimni parvarishlashga majburman»
HA – «mehr va hurmat ko‘rsatib parvarishlayman»
O‘zingiz va tushunchalaringiz ustida ishlashning qulay va sodda usullari bor bo‘lib, holatingizni yengillatishga yordam beradi:
1) istalgan “majburman” degan fikringizni tanlab, unga aniqlik kiriting. Masalan, «ishdan keyin o‘lim to‘shagidagi onamga biroz vaqt ajratishim kerak». «Men majburman» degan tushunchani chuqur tahlil qilishning keragi yo‘q. Uni shunchaki qoida tariqasida qabul qilish lozim;
2) keyin o‘zimizga quyidagi savollarni beramiz:
- kimdan qarzdorman, meni birov majburlayaptimi yoki o‘zim qaror qildimmi?
- agar vaziyat shunday bo‘lmasa, ishdan keyingi vaqtimni qanday o‘tkazardim?
- ichki qoidalaringiz hissiyotingizga qanday taʼsir qiladi va mana shu qoida yaqiningiz bilan o‘rtangizdagi munosabatlarda qanday namoyon bo‘ladi?
- bu qoidani bekor qilsangiz yoki o‘zgartirsangiz, nima bo‘ladi?
Shu tarzda o‘z ustida ishlash va o‘ziga o‘zi yordam berish natijasida inson vaziyatni chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan salbiy hissiyotlarga duch keladi. Shu munosabat bilan ushbu holat ortida turgan xavotirlarni hisobga olish va sodir bo‘layotgan voqelarni baholashga yetarli eʼtibor qaratish kerak. Yaʼni yaqin insoningiz bilan muloqotni inkor etish yoki undan qochish istagini. Yaqin insonini yo‘qotgan odam bir necha bosqichlarni boshidan kechiradi. Bu holatda mutaxassis ko‘magi zarurligini anglash kerak. Shuning uchun quyidagilarni tavsiya qilaman:
1) yaqinlaringiz ko‘magini inkor qilmang;
2) hislaringizni jilovlamang, qayg‘u jismoniy va hissiy stressni keltirib chiqaradi. «O‘zingizni bosing, kuchli bo‘ling» deganlarga quloq solmang! Ichingizda tug‘yon urayotgan hislarni borligicha namoyon qilish imkoniyati psixologik holatni yengillatishga yordam beradi.
Professional ko‘mak zarur bo‘lgan baʼzi belgilarga quyidagilar kiradi:
- chuqur qayg‘udasiz va hayot o‘z maʼnosini yo‘qotgan;
- yoqqan narsalarga qiziqish yo‘q yoki u sizga mamnulik keltirmayapti;
- jamoat joylaridan qochasiz;
- qaror qabul qilishingiz qiyin yoki kundalik muammolarni yecha olmayapsiz;
- o‘zingiz yoki farzandlaringizga qaray olmayapsiz yoki ikkisiga ham kuchingiz yetmayapti;
Eng qo‘rqinchli qadam, lekin ish beradigani, bu sodir bo‘layotgan voqealarni qabul qilish. Qanday deysizmi? O‘z qahramonligini ifoda etishda tabiiy ish tutish. Atrofdagi insonlarga sizga qandaydir xulq-atvor modellarini ilishlariga yo‘l qo‘ymang. Shu bilan birga ularning yordamini rad etmang, chunki ko‘mak sizga zarur. O‘zingizga quloq soling.
Ko‘rishlar: 274
https://anatomica.uz/uz/articl...







