Sog‘liq istab Shveysariyaga
Hayot sifati
Yangilangan:
Salomatlik – bu nafaqat o‘zini sog‘lom his qilish, balki hayotdan bahra olish imkoniyatidir. Shveysariyada o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish nechog‘li muhim ekanini juda yaxshi bilishadi va buning uddasidan chiqishadi. Sog‘liq haqida g‘amxo‘rlikni kimga ishonish kerak, nima uchun aynan Shveysariyani tanlash lozim va qanday qilib eng maqbul yo‘lni topish mumkin, bugun shu haqda gaplashamiz.

Faktlar o‘ta jozibali: chet ellik bemorlarning yarmidan ko‘pi sifatli xizmat va shifokorlarning malakasi tufayli Shveysariyada davolanishni afzal ko‘radi. Mehmonlarga o‘z turmush tarzini osonlashtirish, inson salomatligi va jismoniy tayyorgarligini yaxshilash, murakkab muammoning eng yaxshi yechimini topishga yordam berish - shveysariyalik shifokorlar uchun juda muhimdir. Sog‘lig‘i haqida jiddiy o‘ylaydigan insonlar innovatsion diagnostika usullaridan foydalangan holda salomatlik holatini baholash, muammo sabablarini aniqlash va individual tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Shveysariyaga borishadi.
Shveysariya klinikalari yuqori darajada samarali ish tashkil etishga qaratilgan vazmin yondashuvi bilangina ajralib turmaydi. Hamma joyda innovatsion dasturlar qo‘llaniladi, shu jumladan, profilaktik va sog‘lomlashtiruvchi. Alohida o‘rinni har bir bemorga buyuriladigan tahlillar va tibbiy tekshiruv aniqligi omili egallaydi. Preventiv tibbiyotning shiddat bilan rivojlanishi, shuningdek, genetikadagi yutuqlar dasturlar narxida ijobiy aks etadi. Ilgari o‘ta qimmat bo‘lgan tekshiruvlar bugun tibbiyot standartiga aylangan

Uzoq umr ko‘rish retsepti
Muntazam tekshiruvlar yoki chek-ap — bu yosh, jins, irsiyat va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni inobatga olgan holda organizm holatini tekshirishdir. Shveysariyada tekshiruvlardan o‘tish qulay, buni tez, samarali tezlik bilan, navbatlarsiz va salbiy hissiyotlarsiz amalga oshirish mumkin. Shifokorlar muntazam tibbiy ko‘riklarni 30 yoshdan keyin organizmda yoshga doir ilk o‘zgarishlar ro‘y berganda boshlashni tavsiya etishadi. Statistikaga ko‘ra, 40 yoshdan keyin bir qator kasalliklar, shu jumladan, o‘ta jiddiy xastaliklarning rivojlanishi keskin ortib ketadi. Turmush tarzining o‘zgarishi, ovqatlanish va hayot tarzini korreksiya qilish qator muammolarni hal etishga yordam beradi, shifokorlar maslahati esa salomatlikni saqlashga ko‘maklashadi. 60 yoshdan so‘ng kasalliklarni erta bosqichida aniqlash va davolashga ayniqsa, eʼtiborli bo‘lish zarur. Undan kattaroq yoshda esa hayot sifatini saqlab qolish va uzoq umr ko‘rish imkoniyatini oshirish birinchi planga chiqadi.

Surunkali kasalliklari yoki zararli odatlari bor (masalan, chekish) insonlarga ko‘proq tekshiruvlarni o‘z ichiga oluvchi muntazam chek-aplardan o‘tib turish tavsiya etiladi. O‘zini yaxshi his qilishning yana bir siri – spirtli ichimliklarni meʼyorda isteʼmol qilish va vaznni doimiy nazoratda ushlash. Umuman olganda, qarilikka qadar salomatlik retsepti – bu birinchi galda to‘g‘ri yashash tarzini olib borish va muntazam chek-aplarni o‘tkazish. Dasturlar turi juda keng, adashib qolish hech gap emas, ammo shveysariyalik shifokorlar to‘g‘ri tanlovda yordam berishadi. Klinikalarda rusiyzabon xodimlar va tarjimonlar ham bor, hujjatlarni rasmiylashtirish va viza to‘g‘irlashga klinika koordinatorlari yoki tibbiy turizm agentliklari xodimlari yordam berishadi.
Hôpital de La Tour Jenevaga yaqin joylashgan bo‘lib, bemorlariga individual davolanish sxemalarini taqdim etish orqali yuqori darajadagi tibbiy xizmatni taklif qiladi. Shifoxona xodimlari bemorlarga eʼtibor berib, chin dildan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi. Shifokorlarning kuchli jamoasi har bir aniq vaziyatda maqbul tekshiruv usulini ishlab chiqadi. Sport tibbiyoti, ortopediya, onkologiya, bariatriya kabi bo‘limlar bemorlari uchun alohida dasturlar tayyorlanadi. Hôpital de La Tourda yana bir talabgir yo‘nalish – profilaktika va organizmni sog‘lomlashtirishning innovatsion kurslari.

Eng muhim aʼzoga g‘amxo‘rlik
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyodagi eng jiddiy kasalliklar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Profilaktik ko‘rikni 45-50 yoshdan boshlashni tavsiya etishadi, shikoyatlar yoki irsiy moyillik holatlarida esa – oldinroq. Hirslanden klinikalar tarmog‘i kardiologiya sohasida to‘liq xizmat turlarini taklif etadi, profilaktika va individual diagnostikadan tortib, davolash va yuqori darajadagi parvarishgacha.
Yuqori arterial qon bosimi makkor kasallik, chunki u ko‘pincha sezilmaydi. Hayot tarzining o‘zgarishi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar muammo yechimida yordam berishi mumkin. Agar ushbu usullar bilan qon bosimini tushirishning ilojisi bo‘lmasa, mutaxassislar davolash kurslarini buyurishadi. Hirslanden klinikalarida eng yaxshi shifokorlar ishlaydi va eng zamonaviy uskunalar mavjud. Asosiy qoidalar orasida – diagnostikaga shaxsiy yondashuv bor, chunki bir xil tekshiruvlar doim ham har bir bemorga kerak bo‘lavermaydi. Ilg‘or klinikalar teletibbiyot xizmatlarini taklif etadi – bunda eng yaxshi shifokorlar telefon yoki videaloqa orqali tavsiyalarini beradi. Onlayn-tavsiyalar ekspertlik xulosasi yoki “ikkinchi fikr”ni tez olishga hamda keyingi harakatlarni aniqlashga imkon beradi.

Uyg‘unlik izlab
Stress – zamonaviy insonning ajralmas hamrohi. U sog‘liqqa salbiy taʼsir ko‘rsatadi, ko‘pincha holdan toyish, xavotir va depressiyaga olib keladi. Sharoitni o‘zgartirish – ayniqsa, Shveysariyadagi sokin tabiatning o‘zi psixoterapevtik taʼsirga ega, yuqori sifatli tibbiyoti bilan birga esa salomatlik haqida to‘liq g‘amxo‘rlik qilishga imkon yaratadi. Hayotimiz stress-omillarga to‘la, yaʼni beqarorlik, tig‘iz ish jadvali, tinimsiz qo‘ng‘iroqlar, ko‘plab oilaviy sharoitlar – hammasiga ulgurish kerak. Shuning uchun tobora ko‘proq insonlar o‘zlarida charchoq sezib, kundan-kun holdan toyib borayotgani ajablanarli emas. Psixologik muammolar bolalar va o‘smirlarda ham ko‘p uchraydi. Ularda vahima hurujlari, xavotirli buzilishlar va jiddiyroq kasalliklar kuzatiladi. Bularga ko‘z yumilsa, bu holatlar og‘ir depressiyaga olib keladi.

Shveysariyada depressiyani professional ravishda davolashadi, bu davlatda shubhali amaliyotlarni taklif etuvchi firibgar va tovlamachilar qo‘liga tushmaysiz. Psixoterapevtlar bilan ishlash va to‘g‘ri tanlangan davolash usullari qiyinchiliklarni samarali yengish va odatiy hayotga qaytishga imkon beradi. Shveysariyada organizmni butunlay yangilash uchun hammasi bor. Jozibali manzaralar, tog‘lar, ko‘llar, vodiylar, muzliklar va kanyonlar – ajoyib tabiat kuch va ilhom bag‘ishlaydi. Hammasi faol hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan. Manzarali moviy ko‘llar atrofida velosipedda uchish yoki tog‘larda yotqizilgan maxsus yo‘llarda sayr qilish mumkin. Yoki afsonaviy Shveysariya cho‘qqilari ko‘rinib turgan tog‘ daryolari bo‘ylab rafting vaqtida yorqin taassurotlarga ega bo‘lish mumkin. Tabiiy hazinalardan tashqari, Shveysariya o‘z mehmonlariga tibbiyot bilan bog‘liq eng yuqori standartlarga qurilgan jahondagi eng yaxshi sog‘liqni saqlash tizimlaridan birini taklif etadi.
Batafsil – MySwitzerland.com
+998 97-880-77-86
medicare@uztravel.uz
Ko‘rishlar: 575
https://anatomica.uz/uz/articl...







