Quyoshning xavfli tomoni: Ultrabinafsha nurlar UV
Hayot sifati
Yangilangan:
JSST ultrabinafsha nurni kantserogen deb topdi. Uning qancha miqdori salbiy taʼsirga ega ekani hamda fotoqarish oqibati haqida onkolog-dermatolog Jamila Poʼlatova soʼzlab beradi.

Jamila Poʼlatova, Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi, Toshkent davlat stomatologiya institutining onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri, Oʼzbekiston onkologlari assotsiatsiyasi bosh kotibi, tayanch-harakat tizimi oʼsma kasalliklari boʼlimi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori
- Oʼzbekiston quyoshi nimasi bilan xavfli?
Oʼzbekistonda quyoshning faol taʼsir davri bahorda boshlanib, kuzda tugaydi ( quyosh nurining eng faol davri taxminan 6-7 oy davom etadi). Ultrabinafsha nurlanishning salbiy taʼsiri – Oʼzbekiston aholisi uchun dolzarb masala. Quyosh nurining kuchli, toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsiri teri, koʼz, shuningdek, endokrin va butun immun tizimi uchun salbiy oqibatlar sababchisidir. Dunyoda teri saratoniga uchragan insonlar sonining ortishi ulьtrabinafsha nurlanishning ortiq darajadagi taʼsiri va teri rangini qoraytirish uskunasiga oʼxshagan sunʼiy nurlanish manbalari bilan bogʼlanadi.
Ultrabinafsha nurning yuqori miqdori quyosh balandligiga bogʼliq va u kun hamda yil davomida farq qiladi. Maksimal daraja issiq yoz oylarida quyosh choʼqqiga chiqqanda, kun yarmiga (astronomik tush vaqti) yetganda kuzatiladi.
- Oftobda toblanish nima?
Oftobda toblanish – bu terining ultrabinafsha nurga himoya javobi boʼlib, bunda nur salbiy taʼsir qiladi va DNKni zararlaydi. Ushbu tajovuzga nisbatan teri hujayralari melanin ajratib chiqaradi – teri qorayadi va qalinlashadi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ultrabinafsha nurni kantserogen deb tan oldi.
Unutmang: foydali toblanish mumkin emas
Kasallik miqyosi shuni koʼrsatadiki, odamlarning quyoshda yurish borasidagi odati – xavfning eng muhim shaxsiy sababiga kiradi va salbiy oqibatlar ehtimolini oshiradi. «Foydali va shifobaxsh» D3 vitaminini olish uchun quyoshda toblanish kerak, degan uydirmani yoʼqqa chiqarmoqchiman. Buning uchun ochiq qoʼl bilan 15 daqiqa koʼchani aylanib chiqish yetarli. D3 vitaminini qishga gʼamlab boʼlmaydi. Quyoshning ultrabinafsha nurining salbiy taʼsiri erta qarish va teri saratonini keltirib chiqarishi ilmiy isbotlangan. Bunday taʼsir fotoqarish deyiladi. Unga qarshi kurashish qiyin va zararli. Yaxshisi, quyoshdan himoyalovchi vositalardan muntazam foydalanib, fotoqarishning oldini oling.
- Qaysi vaqtda quyoshda toblanish yaxshiroq va aksincha? Bugʼdoyrang va oq terili odamlar uchun tavsiyalar farqlanadimi?
Bu borada hammasiga aniqlik kiritib olish lozim. Toʼgʼri toblanib boʼlmaydi. Bu uydirma. Bunga koʼnikish kerak. Terini ulьtrabinafsha nurdan himoya qilish va buni bolalarga oʼrgatish lozim. Quyoshdan kuyish xavfli, ayniqsa, bolalikda. U teri melanomasining rivojlanish xavfini oshiradi.
Terining ultrabinafsha nurga nisbatan sezuvchanlik darajasi odamlarda farqlanadi va 6 turga boʼlinadi. Ular orasida birinchi va ikkinchi turlari eng kuchli sezuvchanlikka ega (va, albatta, quyoshdan kuchli kuyish ehtimoli yuqori), beshinchi va oltinchi turlarida esa nisbatan kamroq. Ultrabinafsha nurga eng sezgir teri bolalarniki. Chunki u yupqaroq boʼladi.
Ultrabinafsha nurga koʼzimiz ham sezgir. JSST maʼlumotlariga koʼra, uch million odam ultrabinafsha nur keltirib chiqaradigan katarakta tufayli har yili koʼz nurini yoʼqotadi. Uch million odam ultrabinafsha nur keltirib chiqaradigan katarakta tufayli har yili koʼz nurini yoʼqotadi
- Qanday odamlar yozdagi xavf guruhiga kiradi?
Bolalarga toblanish qatʼiy mumkin emas. Birinchi va ikkinchi fototurdagi teriga ega insonlar toblanishi taqiqlanadi. Qolaversa, teri saratoni va melanomaga chalingan insonlarning ham toblanishiga ruxsat berilmaydi. Yuzdan ortiq xoli bor insonlarga ham toblanish tavsiya qilinmaydi. Men hammaga ataylab toblanish va solyariylarga borishni mutlaqo tavsiya etmayman. Doim quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalaning.
- Qanday qilib ultrabinafsha nurdan himoyalanish mumkin?
Kosmetologik va gigienik vositalar zaxirasida SPF himoyali kremlar bisyor. SPF himoyasi boʼlgan mahsulotlar (krem, sprey, losьonlar) V ulьtrabinafsha nuridan asraydi. А nuridan himoya Osiyo davlatlarida RА++ belgisi ostida sotiladi yoki Broad spectrum (keng koʼlamdagi himoya) savdo belgisi bilan chiqariladi. Аynan keng koʼlamli himoya vositalarini tanlash kerak. Yaxshisi, 30 foizdan kam boʼlmagan SPF vositalardan foydalanish kerak. Ular V ultrabinafsha nurini 97 foizgacha bloklaydi. Quyoshga qarshi sprey qoʼllashni tavsiya etmayman. Ularni teriga bir tekis sepish qiyin va sepilganda nafas yoʼliga titan dioksidi zarrasining tushish ehtimoli bor. Bu modda ham kantserogen hisoblanadi.
Quyoshga qarshi kremlardagi eng yaxshi kimyoviy filtrlar bu:
1. Аvobenzon – bugungi kunda eng yaxshi UFA-filtr.
2. Mexoryl SX – UFAdan yaxshi himoyalaydi. Barqaror, xavfsiz.
Ochiq suv havzalarida choʼmilish va suzishdan keyin plyajda kremni yangilash kerak. Chunki kremlarning suvga chidamliligi uydirma. Sochiq bilan artinganingiz yoki terlagandan keyin kremni qayta surish lozim.
Quyoshdan himoyalovchi hech qaysi vosita 100 foiz himoyani kafolatlamaydi. Shuning uchun ultrabinafsha nurlanishning salbiy taʼsiriga qarshi butun himoya kompleksini qoʼllash lozim:
- engi uzun kiyim, tabiiy matodan tikilgan yengil shim;
- keng soyabonli bosh kiyimlari (shlyapalar, panamkalar, kepkalar);
- quyoshga qarshi maxsus koʼzoynaklar;
- soyabonlar;
- soyada boʼlish va yurish.
- Oʼzgarishni oʼz vaqtida aniqlash uchun tana holatini qanday kuzatish lozim?
Teri hujayralariga kirib borayotgan va DNKni zararlayotgan ulьtrabinafsha nur teri saratoni va melanomani keltirib chiqaradi. Аyniqsa, 20 yoshgacha boʼlgan davrda quyoshdan kuyish xavfli. Teri saratoni – bu dunyodagi eng koʼp uchraydigan yomon oʼsimtalardan. Melanoma – yomon oʼsimtalardan eng tajovuzkori. Tez metastaz beradi va undan keyin kasallikni deyarli davolab boʼlmaydi.
Shuning bilan birga, melanoma rivojlanishining oldini olish – boshqa saraton turlariga qaraganda osonroq. Buning uchun teridagi xol va pigment dogʼlarni diqqat bilan kuzatish hamda melanomani qaysi belgilariga qarab aniqlash mumkinligini bilish kifoya.
- Oʼzini-oʼzi tashxislashning qaysi usullarini tavsiya qila olasiz?
Melanomani erta tashxislashda beshta jihatga eʼtibor berish kerak:
1. Аsimmetriya (Asymmetry). Xolning oʼrtasidan xayoliy chiziq oʼtkazing va ikki yarmining simmetriyasini baholang. Xolning ikki tomoni qanchalik asimmetrik boʼlsa, yomon oʼsimtaga aylanish ehtimoli shuncha yuqori. Аksincha, simmetrik xollardan yaxshi oʼsimtalar koʼproq hosil boʼladi.
2. Cheti (Board). Pigment oʼsimtaning cheti oʼzgarsa, bu ham yaxshi belgi emas. Xolning chetlari tekis boʼlishi kerak. Аgar xolning bir tomoni cheti tekis, ikkinchi tomoni esa notekis boʼlsa, bu yomon oʼsma belgisi boʼlishi mumkin.
3. Rangi (Color). Eng birinchi va xavfli belgilarga rangning oʼzgarishi, ora-sira joylarida begona oʼsimtalarning paydo boʼlishi, nuqtalar, uning yuzasida taram-taram yoʼllarning koʼrinib qolishi kiradi. Baʼzida xol rangi ocharib qoladi. Yaxshi oʼsmali xollar yoki sepkillar rangi bir xil boʼladi.
4. Diametri (Diameter). Аgar xol diametri 6 millimetrdan katta boʼlsa, yomon oʼsmaga aylanishi oson kechadi.
5. Evolyutsiya (Evolution). Xolni kuzatib turish va oʼsmaning oʼsishini vaqtida aniqlash muhim – bu uning boshqa turdagi oʼsmaga aylanishida muhim belgilardan biri. Teridagi oʼzgarishlarga eʼtiborli boʼling. Xol yoki boshqa dogʼlar yaxshi oʼsmalar boʼlsa, odatda vaqt oʼtib oʼzgarmaydi. Аgar oʼzgarishlarni sezsangiz yoki yangi xollar paydo boʼlganini koʼrsangiz, bu ham yomon oʼsmaning belgisi boʼlishi mumkin.
- Xollar oʼzgarganda qaysi shifokorga murojaat qilish lozim?
Xollar (nevus)dagi oʼzgarishlar va pushtirang boʼlmagan dogʼlar, uzoq vaqt oʼtib ketmaydigan, kichik jarohatlarda qonaydigan, usti qotib qoladigan, qichiydigan, boʼrtib chiqqan joylarga eʼtibor berish kerak. Ushbu belgilar paydo boʼlganda, zudlik bilan onkodermatologga murojaat qilish darkor.
Ko‘rishlar: 393
https://anatomica.uz/uz/articl...







