Tizzadagi og'riqlardan abadiy qutulish mumkinmi?

Klinika

Yangilangan:

Tizzadagi ogʼriqdan qutulish uchun odamlar nimalar qilmaydi – dorilar, kompresslar, reklamadagi malhamlar… ogʼriq esa qaytalanaveradi.

 

 

Nozim Gʼaniev, travmatolog-ortoped, vertebrolog, Sankt-Peterburg shahar travmatolog-ortopedlar uyushmasi aʼzosi, Oftob Medline klinikasi bosh shifokori

 

 

Klinikaga tizza boʼgʼimi kasalliklariga chalingan bemorlar koʼp murojaat qiladi. Butun tananing ogʼirligi tizzaga tushadi. Shuning uchun u koʼproq shikastlanadi.

 

 

- Bunday bemorlarga qanday yordam beriladi?

 

Tizza boʼgʼimi plazmoterapiyasi artrit va artrozlarni davolashda samarali. Kasallikning I va II bosqichida bu usul patologiyani toʼliq yoʼqota oladi. Keksalikda toʼliq shifo topish ehtimoli kam boʼlsa-da, bemorlar muolaja oʼtkazilganidan keyin ahvoli ancha yengillashganini taʼkidlaydi. Muolajalar xavfsiz va kaminvaziv, uzoq tiklanishni talab qilmaydi, deyarli asoratsiz oʼtadi.

 

 

- Siri nimada?

 

Trombotsitlarga boy autoplazma qonini quyish quyidagi taʼsirga ega:


●    ogʼriq sindromi jadalligini kamaytiradi va uni toʼliq yoʼqotadi; 
●    regeneratsiyani tezlashtiradi;
●    suyak-mushak tizimi faoliyatini tiklaydi;
●    uzoq muddatli remissiya boshlanishiga yordam beradi; 
●    sportchilarni odatiy mashgʼulot rejimiga qaytaradi.

 

 

- Plazma yoki dorilar: farqi nimada?

 

Farqi ancha sezilarli. Har qanday dori kimyoviy sintezlangan mahsulot boʼlib, inson organizmiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Plazmoterapiya esa zaharli, allergiyali va nojoʼya taʼsirni chetlab oʼtadi. Chunki insonning xos qon plazmasi va trombotsitlaridan foydalaniladi. Usul samarali, dorilar bilan davolash esa birayoʼla bir nechta preparat isteʼmolini nazarda tutadi. 

 

 

- Yana qanday kasalliklarga davo?

 

Plazmoterapiya, shuningdek, tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan boʼgʼim, tirsak, yelka boʼgʼimlari kasalliklarini davolashda, mushaklar qisman kesilganda qoʼllanadi. Ushbu usul boʼgʼimga gialuron kislotasini inʼektsiya qilish, glyukokortikoid yuborish va baʼzi boshqa terapiya usullaridan samaraliroq. 

 

Klinikamizda boʼgʼimlarni kompleks davolashda plazmoterapiya bilan birga quyidagilar ham qoʼllanadi:


●    refleksoterapiya;
●    fizioterapiya;
●    manual terapiya;
●    mexanoterapiya: LFK, kineziologiya;
●    dorivor vositalar yordamida anʼanaviy terapiya.

 

 

Ogʼriq oʼz-oʼzidan oʼtib ketmaydi. Boʼgʼimlarni davolashga oqilona yondashuv ogʼriqni unutishga, erkin harakatlanish va hayot sifatini oshirishga imkon beradi.

Ko‘rishlar: 446

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz