Kechikkan homiladorlik chegarasi: 40 yoshdan keyin ona bo‘lishning 5 ijobiy va salbiy tomoni
Klinika
Yangilangan:
Ayol necha yoshgacha bola tug‘ishni ortga surishi mumkin? Uning organizmi qachon homiladorlikka eng ko‘p moslashgan bo‘ladi? Bo‘lg‘usi bolada patologiya xavfining oldini olish mumkinmi? Ushbu savollarga ekspertimiz, ginekolog Ergash Tadjidinov javob beradi.
Matn: Irina Silkina

Ergash Tadjidinov, Expert Medical Clinik klinikasi UTT shifokori, ginekolog, 40 yoshdan keyin ona bo‘lishning 5 ijobiy va 5 salbiy tomoni haqida etib beradi:
Ijobiy tomonlari:
- Kech onalikda organizm homiladorlikka yaxshiroq moslashgan bo‘ladi. U erta yoshga nisbatan muvaffaqiyatli kechadi.
- Yoshi katta ayollarda toksikoz deyarli bo‘lmaydi. Chunki organizm antitelalarga to‘yinadi. Odatda har bir homiladorlik oldingisiga qaraganda osonroq o‘tadi.
- Ayol bemalol tug‘ishi mumkin. Chunki bugun patologiya xavfini aniqlash imkoni bor. Homilada rivojlanadigan 70 foizgacha nuqsonlarni UTT yordamida aniqlash mumkin. 13-haftadan boshlab tug‘ruq jarayoniga qadar homila rivojlanishini kuzatish imkonini beruvchi tekshiruvlar olib boriladi.
- Kognitiv buzilishlar xavfi kamayadi. 35 yoshdan keyin tug‘adigan ayollarning so‘z-mantiqiy xotirasi aʼlo darajada bo‘ladi. Bu miya va miya to‘qimasining faoliyati uchun javob beradigan estrogen va progesteron gormonlarining miyaga taʼsiri bilan bog‘liq.
- Bola tug‘ilganda ayol hayotdan mamnunlik his etadi. U farzandiga bera oladigan quvvat zaxirasiga ega. 40 yoshga borib quvnoq va iliq xotiralar to‘planib qolgan, ayol do‘stlari bilan yetarlicha vaqt o‘tkazgan va ahamiyatlisi, o‘zi uchun yashashga ulgurgan bo‘ladi.
Farzand ko‘rish istagi – bu juda yaxshi. Sog‘liq ko‘tarsa, tug‘ish kerak.
Xavflar:
- Yillar o‘tib homilador bo‘lish imkoniyati kamayadi. Tuxum hujayralarining soni va sifati kamayadi, tuxumdonlar ishida o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.
- Yoshning kattarishi homila tashlash xavfini oshiradi. 45 yoshdan keyin bu xafv 50 foiz va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Yoshga doir o‘zgarishlar butun tanamizga taʼsir qiladi, gormonal va bachadon funksiyasini pasaytiradi. Shuningdek, qayg‘uli vaziyatga olib keluvchi boshqa omillarni murakkablashtiradi.
- Xromosoma-genetik patologiyalar xavfi bor. Bugungi kunda ularning faqat 5 tadan 35 tagacha turi aniqlanadi. Patologiya bo‘lishi shart emas. Yoshi katta onalar uchun xavf biroz ko‘payadi. Gap 35 dan yuqori va fertil davr tugaydigan 50 yosh haqida ketyapti.
- 35 yoshdan keyin tuqqan ayollarda osteoporoz xavfi ortadi. Shuning uchun homiladorlik vaqtida suyak mustahkamligiga alohida eʼtibor berish, ovqatlanish va bosim darajasini kuzatish kerak.
- Yoshi katta onalar erta tug‘ruq xavfi yuqori guruhga kiradi. Ayollar yoshining yuqoriligi bolaning erta yoki yetarli bo‘lmagan vaznda tug‘ilish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

UTT yordamida homiladagi qanday nuqsonlarni aniqlash mumkin?
"Oshqozon-ichak, markaziy asab tizimidagi nuqsonlar, yurak-qon tomirdagi o‘zgarishlar, qator xromosoma-genetik kasalliklarni aniqlash mumkin. Homilaning mushak-suyak tizimi, barcha tashqi – qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq, shuningdek, ichki aʼzolar tashxislanadi".
Qaysi genetik kasalliklar homilaga o‘tishi mumkin?
"Allergiya, umurtqa-mushak, Edvards, bosh miya sindromlari, ona bachadonidagi gidrotsefaliya kabi patologiyalar homilaga o‘tishi mumkin. Ammo ushbu xastaliklarni deb homiladorlikni to‘xtatish kerak emas. Ular bachadon ichida va bola tug‘ilganidan keyin davolanadi".
UTT ko‘rigida Daun sindromini aniqlash mumkinmi?
"Kasallikning anʼanaviy shaklini 12-haftadan boshlab aniqlash mumkin. Bu bachadon bo‘yni bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarda aks etadi – bo‘yin burmalari kengayadi, burun o‘smaydi. Ushbu sindromni laboratoriyaning invaziv va noinvaziv usuli – gormonga qon topshirish orqali aniqlash mumkin.
Yosh mezoni mavjud emas – 20 yoshli ayoldan ham Daun sindromiga chalingan bola tug‘ilishi mumkin. Onaning yoshi qancha katta bo‘lsa, xavf omili shunchalik yuqori".
40 yoshdan keyin ona bo‘lishga ahd qilgan ayollarga qanday qaraysiz?
"Juda yaxshi. Amaliyotimda 45 dan katta ayollarning homiladorligi yaxshi o‘tib, mutlaqo sog‘lom farzandlar tug‘ilyapti".
Ko‘rishlar: 11
https://anatomica.uz/uz/articl...









