Makkor genetika: qanday qilib soch to'kilishining oldini olish mumkin?
Hayot sifati
Yangilangan:
Sochlarimizning rangi va tuzilishi bizga ota-onamizdan meros. Sochlarimiz jingalak yoki tekis bo'ladimi, bu bevosita genetikaga bog'liq. Afsuski, genlar bilan birga bazi kasalliklar ham otadi. Ulardan biri- xalq orasida soch to'kilishi, deya nomnalivchi androgenetik alopesiyadir.

Jamila Po'latova - trixolog, transplantolog
- Faktlar va afsonalar
Androgenetik alopesiya (AGA) ayol va erkak jinsda eng keng tarqalgan kasallikdir. Hozirgi paytda bu kasallik ayol/erkaklar soch to'kilishi deb ataladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bu muammo dunyo aholisining deyarli yarmida kuzatiladi. Bu kasallik onadan ham, otadan ham meros bo'lib o'tishi mumkin. AGA har qanday yoshda namoyon bo'lib, keyinchalik vaqt o'tishi bilan xavfi ortadi. Yer yuzida 50 yoshdan oshgan erkaklarning 50% dan ortigi va 30% ayollar bu muammoga duch kelishmoqda.
Hozirda, alopesiya kasalligining paydo bo'lishining sababi nafaqat genetik moyillikdir, balki yomon odatlar ham kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Muammoni formula sifatida korib chiqsak, quyiladilar aniqlashadi: AGA = genetika + salbiy omillar: stress, ovqatlanish, gormonal kasalliklar, oshqozon-ichak kasalliklari, yomon ekologiya va boshqalar. Aytgancha, AGA ortib borayotgan androgenlar, xususan testosteron tufayli rivojlanadi degan keng tarqalgan afsona mavjud. Ammo buni rad etadigan fakt shuki erkaklarda testosteron yosh otishi bilan kamayishni boshlaydi, ammo soch tokilishi rivojlanishda davom etadi.
- Xavfning oldini oling
Androgenetik alopesiya kasalligi shunisi bilan xavfliki, u ozini soch tokilishsiz namoyon qiladi. Shuning uchun, taroq yoki yostiqda tokilgan sochlarni sezmaysangiz ham, barchasi joyda deb o`ylamang. AGA bir necha yil o'tgach, bosh terisining yuqori qismidagi ajralishlar bilan sezilarli bo'ladi. Bu soch follikulalarining bir qismi allaqachon nobud bo'lganligining ishonchli belgisidir. Shuning uchun, xavfning oldini olish va trixolog ko`rigiga borish yaxshiroqdir. Mutaxassis AGA kursini kerakli bolagan barcha muolajalarni, tavsiya etib zarur bo'lgan tegishli testlarni belgilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, androgenetik alopesiyaning o'zi tahlillar bilan aniqlanmaydi. Uning tashxishlash uchun bemorni tekshirish kifoya boladi.

- Kasallikning rivojlanishini qanday oldini olish mumkin?
Insonning AGAga moyilligi haqida ma'lumot beruvchi genetik test mavjud bo'lib, u individual sezgirlik asosida bemor uchun eng samarali va oqilona davolanishni tanlash imkoniyatini beradi.
- Vaziyatni tuzatish mumkin
Agar sochingiz to‘kilib borayotganini yoki ajralishingiz kengayib borayotganini sezsangiz, vahima qilmang. Tog`ri va murakkab terapiya yordamida soch tokilishi har qanday bosqichda tuzatiladi. Ha, har bir bemorga yordam beradigan universal vosita yo'q. Bu dorilarning tarkibiy qismlariga turli xil sezuvchanlik, birga keladigan kasalliklar va boshqa omillar bilan bog'liq. Ammo, xayriyatki, AGA ni tuzatishning turli usullari mavjud: ichki va tashqi foydalanish uchun dori-darmonlarni qabul qilish, infeksiya, soch transplantatsiyasi va trixopigmentatsiya. Qaysi usul bemorga mos kelishini, shifokor tanlaydi.
Va nihoyat. Agar sizda alopesiyaga genetik moyillik mavjud bo'lsa ham, zamonaviy trixologiya tom ma'noda mo'jizalar yaratishi mumkin, bu sizning sochlaringizning to'kilishini oldini oladi yoki hech bo'lmaganda bu jarayonni sekinlashtiradi.
Ko‘rishlar: 374
https://anatomica.uz/uz/articl...







