Yozgi kosmetologiya: nima mumkin va mumkin emas
Hayot sifati
Yangilangan:
Ma'lum yoshdan keyin terining tuzilishi o'zgaradi va u kamroq elastik bo'ladi, birinchi ajinlar va pigment dog'lari paydo bo'la boshlaydi. Bunday hollarda terimiz kosmetik xizmatlarga zaruriyat sezadi. Ammo go'zal va yaxshi parvarish qilingan teriga ega bo'lish istagi o'zgarmaydi. Ushbu maqolada biz dermatokosmetolog Umida Mirtalipovnadan yozda qanday muolajalar qilish mumkinligi va qaysilaridan qochish kerakligini so'radik.

Mirsadikova Umida Mirtalipovna - dermatolog, Medical Expert klinikasi kosmetologi
Kosmetologiya - bu inson tanasining estetik muammolarini o'rganadigan go'zallik fanidir. Kosmetologning vazifalaridan biri terining go'zalligi va sog'lig'ini saqlashdir, bu teri muammolarini hal qilish va sog'lomlashtirish protseduralarini o'z ichiga oladi. Ammo yozda, o'lkamizdagi mo'l-ko'l quyosh tufayli ba'zi protseduralar sog'ligimiz uchun xavflidir. Issiq kunlarda biorevitalizatsiya, botulinum terapiyasi, gipergidrozni davolash va yuzni majburiy tozalash kabi muolajalar o'tkazilishi mumkin.
- Terining biorevitalizatsiyasi ushbu protsedura yozda terini namlash va to'yintirishning ajoyib usuli. Jarayonning mohiyati shundaki, gialuron kislotasiga asoslangan preparat nozik ignalar yordamida teriga kiritiladi va natijada terini namlaydi va to'yintiradi.
- Botulinum terapiyasi jarayoni,protsedura botulinum toksin A turini teriga yuborishni o'z ichiga oladi. Jarayon mimik ajinlarni yumshatish bilan bir qatorda tekislaydi. Protsedurani yoz mavsumida amalga oshirish mumkin, ammo malakali mutaxassis bilan bog'lanishni unutmang.
- Giperhidrozni davolash,issiq yoz kunlarida terlash muammosi juda dolzarb bo'lib qoladi. Muammoli hududga botulinumtoksini kiritish orqali siz mahalliy giperhidrozdan xalos bo'lishingiz mumkin. Preparatning harakati impulslarni bloklaydi va terlashni yo'q qiladi.
- Yuznu tozalash: Issiqlik tufayli yog' va teri bezlari bir necha marta intensiv ishlay boshlaydi. Bu yallig'lanishli shakllanishlar, komedonlar, qora nuqtalar, kengaygan teshiklarning paydo bo'lishini qo'zg'atadi. Terining nafas olishi, yangi va jozibali ko'rinishi uchun yozda yuzni tozalash nafakat mumkin, balki zarurdir.
Ammo, yozda ba'zi protseduralar teskari ta'sirga ega bo'lishi mumkin va aksincha, sog'lig'imizga zarar etkazishi mukin. Bunday protseduralarni faol quyosh tufayli qo'llash tavsiya etilmaydi. Ular terining holatini yomonlashtirib pegment dog'larini kopaytiradi va aknedan keyingi notekis teri ko'rinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kosmetologlar yozda bunday protseduralardan qochishadi. Bularga quyidagilar kiradi:
-
O`rta va chuqur pillinglar. Piling - bu o'lik teri hujayralarini olib tashlash va tabiiy yangilanishni rag'batlantirishning mashhur usulidir. Biroq, o'rta va chuqur pilling quyosh nuriga sezgirlikni keltirib chiqarishi va pigmentatsiya xavfini oshirishi mumkin, ayniqsa yozda pigment dog'lari va notekis teriga olib kelishi mumkin.
-
Terini lazer bilan qayta tiklash - hujayralar shakllanishini rag'batlantirish uchun lazer nurlaridan foydalanadigan protsedura. Biroq, lazer ta'siri terining quyosh nurlanishiga nisbatan sezgir bo'lishiga olib kelishi mumkin. Yozda quyosh nurlarining yuqori intensivligi tufayli ushbu protseduradan tiyilish kerak.
-
RF lifting. Bu kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantirish va terining ohangini yaxshilash uchun mikro igna va radiochastota issiqlik ta'sirni birlashtirgan davolash usuli. Ushbu protsedura terining qizarishi va shishishiga olib kelishi mumkin, bu esa quyosh nuri ta'sirida kuchayadi. Shuning uchun, yozda ignali RF-lifting kutgan natijaga olib kelmasligi mumkin.
-
Teridagi papillomalar, hollar va boshqa shakllanishlarni olib tashlash. Bu samarali protsedura bo'ldi, lekin davolanish va tiklanish uchun vaqt kerak bo'ladi. Bunday muolajalarni yozda teri qiyosh nuriga nisbatan sezgir bo'lib qolgan, hollarda o`tkazish tavsiya etilmaydi.
-
Yuzdagi pigment dog'larni oqartirish. Yozgi mavsumda pigmentatsiyani yo'q qolish usullaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ushdu protseduralar shikastli bo'lishi va pigmentatsiyaning yana paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Xavfsiz usullarni tanlash va terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun SPF filtrli mahsulotlardan foydalanish uchun kosmetologga murojaat qilish yaxshiroqdir.
Kosmetolgga tashrif buyurishdan oldin siz teringizga dam berishingiz kerak. Shifokor xuzuriga borishdan oldin turli xil niqoblar ayniqsa, kislotaga asoslangan niqoblar dan voz kechish kerak. Terining shox pardasini shikastlamaslik uchun muvozanatli kislotalilik darajasi (pH 5-5,5) bo`lgan tozalash vositalaridan foydalanish kerak. Bundan tashqari, dekorativ kosmetikadan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Kosmetik muolajalardan so'ng yuz terisiga, qo'llaringiz bilan tegmang. 2-3 kun davomida dekorativ kosmetikadan foydalanmang, yotishdan oldin yuzingizni muloyimlik bilan tozalang. Yuzni massaj qilish uchun saunalar/vannalarga borish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, 3-4 kun davomida skrab va uy pillinglaridan voz kechish kerak. Muayyan proseduralardan so`ng, foal sportdan voz kechish ham kerak bo'ladi. Kosmetologning tavsiyalari individual vaziyatga qarab farq qilishi mumkin.
Ko‘rishlar: 291
https://anatomica.uz/uz/articl...







