Estetik ginekologga qachon murojaat qilish kerak?

Hayot sifati

Yangilangan:

Yaqinda ilk farzandini tuqqan yosh onalardan «Hammasini tugʼruqqacha boʼlgan holatga qaytarmoqchiman!» degan gapni koʼp eshitaman. Xoʼsh, estetik ginekologga qachon borish kerak? Bu savolga moskvalik shifokor, akusher-ginekolog Mariya Utina javob beradi.

 

 

Mariya Utina, akusher-ginekolog shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi, RF SSV RMTTU DF akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimi, shifokorlar uchun Gyne Coach @gynecoach_kurs loyihasi rahbari, Moskva shahri, @utina_ms

 

"Toʼxtang! Oʼzingiz va organizmingizga muhlat bering. Аgar 10 yil hech narsa bilan shugʼullanmagan boʼlsangiz, bir haftada qomatingiz raso boʼlmaydi. Homiladorlik va tugʼruqdan keyin tiklanish ham xuddi shunday. Toʼqqiz oy homiladorlik davomida organizmingizda nechogʼlik murakkab jarayon kechishini tasavvur qiling. Yangi hayot tugʼilishi uchun tanangiz qanchalik kuchli oʼzgarishi kerak."

 

Homiladorlik va tugʼruq vaqtida ayol tanasida oʼzgarish sodir boʼlmagan birorta tizim yoki aʼzo qolmaydi. Tiklanish muddati barchada oʼziga xos tarzda kechadi. Аkusherlik va ginekologiya boʼyicha anʼanaviy qoʼllanmalarda shunday deyiladi:⠀

 

  • Tugʼruqdan keyingi davr 6–8 hafta davom etadi. Bu vaqtda bachadon dastlabki oʼlchamiga qaytadi. 3-4 hafta oʼtib uning boʼyni shakllanadi.
  • Bachadon atrofidagi paylar uchinchi hafta oxirida tiklanadi.⠀
  • Chot mushaklari tugʼruqdan keyin 10–12 kun oʼtib joyiga tushadi.
  • Qorin devorining old mushaklari oltinchi haftada tiklanadi.

 

 

Аynan shuning uchun tugʼruqdan keyin 6–8 haftadan erta muddatda estetik ginekologiyaning hech qaysi muolajasi oʼtkazilmaydi. Organizm tiklanish kuchini butunlay sarflab boʼlgandan soʼnggina unga yordam berishimiz mumkin. Oʼzgarishlardan qoʼrqmang, yaxshisi kichkintoyga, dam olish, toʼgʼri ovqatlanish va jismoniy mashqlarga vaqt ajrating – shu tariqa tiklanish tezroq va yaxshiroq oʼtadi.

⠀

Siz oʼzingizga nisbatan talabchanmisiz? Tugʼruqdan keyin tiklanganingizni qachon sezdingiz?

 

"Ehtimol, bu siz uchun vahimali jumboqday tuyular... Аmmo estetik ginekologiyaning oʼzi yoʼq! Faqat ginekologiya bor boʼlib, estetik ginekologiya bu katta daraxtning bir shoxchasi, xolos".

 

⠀

- Buni nima uchun bilishingiz kerak?

⠀

Eng avvalo, bemorlariga yordam berishga shoshiladigan malakali shifokor estetik ginekologiya bilan shugʼullanishini bilish uchun kerak. Estetika bilan shugʼullanish orqali biz funktsional muammolarni yechishga intilamiz. Piter Petersning anchadan buyon maʼlum va tekshirilgan nazariyasida aytilishicha, tos tubi shaklini tiklash orqali biz ichki aʼzolarning ham faoliyatini tiklaymiz. Tos tubining barcha mushak va tuzilmalarining oʼzaro aloqadorligi yaxshi boʼlsa, ular oʼz vazifasini ham toʼgʼri bajaradi. Аyol esa bir nechta joyida birdaniga sogʼayishni his etadi.

 

Shu bois estetik ginekologiya – bu bir idishda salomatlik va goʼzallikning jamlanishidir.



 

- Intim hayot quvonchini qaytarish mumkin

 

Tashqarida – XXI asr. Siz yechimi yoʼq, deb oʼylagan va koʼnikishga majbur boʼlayotgan koʼpgina intim muammolarni lazerlar yordamida bartaraf qilish mumkin. Bugungi kunda lazer yordamida intim yashartirish muolajasi ancha ommalashgan. Аgar siz bu haqda eshitmagan boʼlsangiz, ushbu postni oʼqishni tavsiya qilaman.

 

 

- Lazer yordamida yashartirish haqida nimani bilishingiz kerak?

⠀

1. Intim yashartirish – tashqi va ichki jinsiy aʼzolarni korrektsiya qilishning operatsiyasiz va ogʼriqsiz usulidir.

⠀

2. Oddiy ginekologik koʼrikda ambulator tarzda oʼtkaziladi. Аnʼanaviy ginekologik koʼrikka qaraganda bu muolaja koʼp noqulaylik tugʼdirmaydi.

⠀

3. Lazerli yashartirish yordamida quyidagi muammolarni hal qilish mumkin:

  • qindagi quruqlik;
  • asabga bogʼliq peshob ushlay olmaslik (oʼtkazib yuborilgan holatlar bundan mustasno);
  • jarohatlar (dispareuniya) boʼlmagan vaziyatda, jinsiy aloqa vaqtida jinsiy aʼzolar sohasidagi noqulaylik yoki ogʼriqli hissiyotlar;
  • jinsiy aloqada sezgilarning oʼzgarishi (his qilishni yoʼqotish) bilan bogʼliq, bemor ayol yoki sherigining qanoatlanmasligi;
  • bemor ayolning orgazm hissini kuchaytirish istagi.

⠀

Barcha ayollarga aytmoqchi boʼlganim shuki, bu muammolarga koʼnikish, chidash va keyinga qoldirish kerak emas. Chunki ularning hammasi davolanadi. Har bir yashab oʼtgan daqiqangizdan zavqlangan holda, hayot sifatini yaxshilang.

Ko‘rishlar: 100

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz