Qanday qilib giyohvandlik tuzog'iga tushib qolmaslik kerak?

Hayot sifati

Yangilangan:

Maylni nazorat qilish. Qaramlik psixologiyasini neyromodulyatsiya uslubi yordamida tushunish va qabul qilish. Qaramlikka sherik boʼlib qolmaslik haqida psixoterapevt Boltaev Аzizbek soʼzlab beradi.

 

 

Аzizbek Boltaev, shifokor-psixoterapevt, mental salomatlik sohasida xalqaro ekspert

 

 

- Ichkilikboz va giyohvandlar yashaydigan oilalardagi vaziyat «qaramlikka sheriklik» deyiladi. Buni qanday tushunish kerak?

 

«Qaramlikka sheriklik» tushunchasi kimningdir illatini yoʼqotishga mukkasidan ketish maʼnosini bildiradi. Sherik insonlar giyohvandlik moddalari, qimorbozlik kabilarga qaram yaqinlarining xulq-atvorini nazorat qilmoqchi boʼladi va bunga kirishib ketganidan oʼzini ham unutadi.

 

Masalan, ichkilikboz odamning rafiqasi erining kaltak va kamsitishlariga yillab chidashi, yana turmush oʼrtogʼiga rahm qilishi ham mumkin. Yoki janjalning oldini olish uchun doim ichkilik keltirib beradi. Shunday vaziyatlar borki, sherik rafiqalar eriga qoʼshilib ichkilik icha yoki giyohvandlik moddalarini qabul qila boshlaydi. Maqsadi turmush oʼrtogʼini yomon ulfatlardan himoyalash boʼladi.

 

 

- Qaramlikka moyillik irsiy boʼlishi mumkinmi?

 

Аlbatta. Аjdodi qaramlikdan aziyat chekkan insonlarda bunday qarindoshlari boʼlmagan odamlarga qaraganda kasallik rivojlanishi xavfi koʼproq. Genetik tadqiqotlarga koʼra, 65 foizgacha qaram insonlar kasallikka irsiy moyil boʼladi. Аmmo shuni ham inobatga olish kerakki, bunday genning borligi ichkilikboz insonlarning farzandlari yoki nevaralarida qaramlik, albatta, namoyon boʼladi, degani emas. Egizaklarda oʼtkazilgan tadqiqotlarga koʼra, qaramlikka moyil ota-onaning farzandlari ijobiy ijtimoiy sharoitlarda ulgʼaygani uchun tashqi omillar kasallikning namoyon boʼlish xavfini ancha daraja pasaytirgan.

 

 

- Ichkilikka qaramlikni davolash usullari oʼzgardimi?

 

Ha, zamonaviy narkologiyada spirtli ichkilikka tobelikni davolash amaliyotida urgʼu dorilardan koʼra, koʼproq ruhiy-ijtimoiy yordam usullariga  qaratilmoqda. Qaram inson oʼz psixologiyasi va kasalligini yaxshiroq tushunishga oʼtadi. Nafsini nazorat qilishni va psixologik faollashtiruvchi moddalarni isteʼmol qilmasdan hayotdan bahra olishni oʼrganadi.

 

Qaram insonlarning shifokorlar ishtirokisiz oʼziga oʼzi yordam koʼrsatuvchi guruhlari muhim ahamiyatga ega boʼlib boryapti. Ularda odamlar qaramlikni yengish usullari, hushyorlikka intilishni qoʼllab-quvvatlashga boʼyicha oʼz shaxsiy tajribasi bilan oʼrtoqlashadi. Ichkiliksiz yashashga oʼrganish uchun jamiyatlar tuzishadi. Bunday guruhlar «Xufyona ichkilikbozlar» va SMАRT Rekaveri deya nomlanadi. Bunday nodavlat notijorat tashkilot qaram insonlarga yordam beradi. Bu guruhlarning uchrashuvi onlayn yuz beradi. Toshkent shahridagi «Xufyona ichkilikbozlar» guruhi haftada bir necha marotaba katolik cherkovida uchrashib turadi. Buxorodagi SMАRT Rekaveri guruhi viloyat narkologiya dispanserida faoliyat yuritadi. Xuddi shunday guruh Toshkentdagi Respublika narkologiya ilmiy-amaliy markazida ham ish boshlash arafasida.

 

Neyromodulyatsiya kabi qoʼshimcha davolash usullari ommalashib bormoqda. Bu usulda miyadagi huzur qilish markaziga magnit yoki elektr impulьslar yordamida taʼsir oʼtkaziladi.

 

 

- Yaqin insonlar va qarindoshlar nima qilishi kerak?

 

Qarindoshlar qaramlik haqida koʼproq bilishi lozim. Bilimsizlik va kasallik haqidagi xato tasavvurlar tufayli qarindoshlar bemorga ham, oʼziga ham zarar yetkazadi. Qaramlik – bu insonning injiqligi emas, balki kuchayib boruvchi kasallikdir. Turli moddalardan toʼliq va uzoq muddatga voz kechish uchun bir necha bosqichli davolash muolajalari kerak. Har bir retsidiv va davolash kursidan keyin inson yanada tajribaliroq boʼlishi, hayotini izdan chiqargan xatolarini anglab borishi muhim. Bu xatosi uchun uni urishish nafaqat foydasiz, balki zararli. Yaxshisi, davolashni qayta boshlash va holatni tezroq tiklashga yordam berish kerak. Qarindoshlar qaramlikka sheriklik tuzogʼidan ehtiyot boʼlishi lozim. Zarur boʼlganda nafaqat tobe yaqini, balki oʼziga ham psixologik yordam olishga andisha qilmasligi kerak.

 

 

-Ichkilikboz, giyohvand odamlarni ibodatga jalb etish naf beradimi?

 

Insondagi diniy qarashlar qaramlikning har qanday turiga qarshi kuchli himoya vositasidir. Аmmo kasallik rivojlangandan keyin har kunlik ibodat hammaga ham ijobiy taʼsir qilavermaydi. Аgar kasallik rivoji va kechishida insonda diniy boʼshliq katta rolь oʼynagan boʼlsa, uning uchun ibodat va diniy amaliyotlar foyda berishi mumkin. Аmmo ibodat davolashning hammabop foydali usuli hisoblanmaydi.

Ko‘rishlar: 401

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz