E'quilibrium Wellness Club - Salomatlik va go'zallik markazi endi bir joyda mujassam
Hayot sifati
Yangilangan:
E'quilibrium - dunyodagi yetakchi SPA va sog'lomlashtirish bo'yicha maslahatchilar Raison d'Etre (Shvetsiya) tomonidan yaratilgan birinchi darajali salomatlik va lifestyle klubi. Sog'lomlashtirish klubining vazifasi mehmonlarni hissiy, jismoniy va ma'naviy muvozanatga keltirishdir. Go'zallik kontseptsiyasi invaziv bo'lmagan ilg'or va samarali muolajalari va tanani parvarishlashga qaratilgan

1. Biohacking
Bu kerakli natijalarga erishish va umumiy tana faoliyatini yaxshilash uchun mushaklarini faollashtirishning tabiiy usuli. E'quilibrium Wellness Club Normatec Boots va Hypervolt Beit kabi innovatsion biohacking dasturlarini taklif etadi.

2. E'quilibrium cho'milish hammоmi
E'quilibrium an'anaviy turk hammоmini taklif qiladi, u Kese sochigi bilan tanani tozalash, sovun ko'pikli massaj va tanani namlovchi niqobini o'z ichiga oladi. Shundan so'ng bosh, qo'l va oyoqlarni yoqimli massaj tinchlantiradi

3. "Chaqaloq va ona" massaji
Ushbu muolajalar ona va bola uchun mo'ljallangan maxsus xonada bo'lib o'tadi, u yerda siz tasalli(tinchlantiruvchi) beruvchi massajdan bahramand bo'lishingiz mumkin, shu bilan birga kichkintoyingiz sog'lidini mustahkamlash va mushaklarning ohangini rivojlantirish uchun massaj oladi.

4. Turli xil massajlar
Ikonik massaj - bu dam olish uchun Tailand va G'arb massaj usullarining ajoyib kombinatsiyasi. Bali massaji va issiq tosh massaji qon oqimini va umumiy farovonlikni yaxshilashga yordam beradi.

5. Tanani parvarishlash
Braziliyalik sariq loydan tashkil topgan innovatsion tana kremi bilan intensiv qayta qurish va selulitga qarshi davolash lipolitik, shakllantiruvchi va mustahkamlovchi ta'sirga ega bo'lib sizni va charchoq va stressdan halos qiladi.

6. Yuzni parvarish qilish
Chuqur namlovchi, antioksidantli yuzni davolash protseduralari mavjud bo'lgan muolaja. Bu niqoblar maxsus qo'llanib suvsizlanishga qarshi turadi. Eksklyuziv massajdan foydalanish tufayli terining rangi silliq va yorqinroq bo'ladi.

7. SPA muolajalar to'plami
Bu erda siz to'liq dam olib SPA toplamining turli xil uslublaridan foydalanishingiz mumkin. Siz individual yuz va tanani parvarish qilish dasturiga buyurtma berish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz.

8. Wellness Studioda mashgulotlar
Wellness Studio velosiped, boks, pilates, yoga va boshqalari kabi turli xil mashqlarni taklif etadi. Tango, balet va zamonaviy raqs kabi harakatlar orqali his-tuyg'ularingizni ifoda etishga yordam beradi.
Bronlash uchun telefon: +(998 55) 504-44-45
Ko‘rishlar: 469
https://anatomica.uz/uz/articl...







