Yoga samarasi
Hayot sifati
Yangilangan:
Organizm salomat bo‘lishi uchun yoshlikdan harakat qilish kerak. Tana va ruh uyg‘unligiga o‘zgacha hayot tarzi orqali erishish mumkin. Buning nomi – yoga. U salomatlikka investitsiya kiritish va umrni uzaytirish imkoniyati, degani. Ekspertimiz Irina Tashmetova qarimaslikning o‘ziga xos retsepti haqida so‘zlab beradi.

Irina Tashmetova, yoga o‘qituvchisi, Heartfulness meditatsiyasining sertifikatli murabbiyi, Toshkent shahridagi Xalqaro yoga va meditatsiya maktabi direktori, Toshkent Heartfulness markazi koordinatori.
Agar o‘zingizni kuchsiz his etishni va hadeb cheklayverishni istamasangiz, sizga qarimaslik retsepti – yogani taklif qilaman. Nima uchun? Chunki yosh o‘tgan sayin quvvat manbalarini insonni charchatadigan mashg‘ulotga sarflamay, asrashni o‘rganish kerak.
Yoga nafaqat to‘g‘ri jismoniy yuklama berishi, balki asab va hissiy holatni muvozanatga keltirishi mumkin. Lekin mashqlar to‘g‘ri, har bir organizm uchun inson yoshi va temperamenti inobatga olingan holda, alohida moslangan bo‘lishi lozim. Tashqi ko‘rinish jihatdan qanchalik yosh ko‘rinishga intilmaylik, ichki holat, kuch-quvvat va kayfiyat asl vaziyatni oshkor qilib qo‘yadi. Qarilikni to‘xtatishning imkoni yo‘q, ammo u go‘zal bo‘lib, mamnunlik keltirishi mumkin. Axir tashqi ko‘rinish – ichki holatning aksi, yoga esa ularning har ikkisi bilan ishlaydi. Organizmda yoshga xos o‘zgarishlar ro‘y berishi muqarrar. Tana bilan ishlash mumkin va shart. Nafaqat yuz, balki butun organizm to‘qimalarining so‘nib borayotgan egiluvchanligini tiklash kerak.
Yoga ichki a’zolar bilan a’lo darajada ishlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, umumiy holat yaxshilanishiga, ichki uyg‘unlikka olib keladi. Ularsiz nigoh porlamaydi va tabassum samimiy bo‘lmaydi.
Ko‘rishlar: 22
https://anatomica.uz/uz/articl...







