O‘zgacha nigoh bilan. Shoxpardani ko‘chirib o‘tqazish

Hayot sifati

Yangilangan:

Keratoplastika yoki shoxpardani ko‘chirib o‘tqazish amaliyoti umidi so‘ngan insonlarga ko‘rish imkoniyatini qaytaradi. Yaqin kunlargacha O‘zbekistonda bunday operatsiyalar sanoqli o‘tkazilardi, ammo endi jarayon faol yo‘lga qo‘yildi. 

 

Muallif: Aleksandra Stimban

 



Botir Kalonxo‘jayev, oftalmojarroh va transplantolog, oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi, CRYSTAL oftalmologik klinikasi asoschisi, shox parda ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi haqida batafsil gapirib beradi va ko'p beriladigan savollarga javob beradi.



Transplantatsiya sari yo‘l

AQSh donorlik xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va tizimlashtirilgan. Donor to‘qimasini olish uchun rozilik hayotlik chog‘idayoq rasmiylashtiriladi. Mabodo rozilik olinmagan bo‘lsa, maxsus o‘qitilgan tibbiyot xodimlari marhumning qarindoshlari bilan gaplashib, ularning roziligini oladi.

Donor vafot etganda uning zaruriy to‘qimasi, xususan, muguz pardasi ham steril sharoitda ehtiyotkorlik bilan olinadi. U konservatsiya muhitiga ega maxsus konteynerga joylanadi. To‘qima va hujayralar xususiyati 14 kun davomida saqlanib turadi.

 

Muguz parda – tashqariga egilgan linza ko‘rinishidagi ko‘z soqqasi old qobig‘ining bir qismi. U nurning to‘rpardada to‘planishiga yordam beradi. To‘rpardada shakllangan tasvir esa miyaga uzatiladi. Agar muguz parda shikastlangan bo‘lsa, uning shakli yoki nur o‘tkazuvchanligi o‘zgarsa, ko‘rish imkoniyati buziladi, hatto ko‘z nuri butkul yo‘qolishi ham mumkin 


 

Milliy transplantologiyaning qayta tug‘ilishi

Yurak yoki buyrak ko‘chirib o‘tqazish uchun donor izlashdan ko‘ra, shoxpardani transplantatsiya qilish uchun donor topish osonroq. Bu o‘rinda qon guruhi mos tushishi shart emas. AQShning ko‘z banki tizimiga kiradigan klinikalar, xususan, bizning muassasalar ham muayyan sanaga belgilangan donorlik to‘qimasini olish uchun buyurtmani real vaqt rejimida joylashtiradi. Tizim avtomatik ravishda ularni navbatga qo‘yadi. Zaruriy belgilarga ega shoxparda paydo bo‘lishi bilan maʼlumot klinikaga yuboriladi. Shifokor donor haqida barcha maʼlumotga ega bo‘ladi: nimadan vafot etgani, kasalligi, shoxpardaning sifati, infeksiyaga, shu jumladan, COVID-19,  gepatitning barcha turi, tanosil kasalliklari, OIVga uchragan yoki yo‘qligi va hokazo. Bundan tashqari, donorda to‘qima faoliyatiga doir yuqori texnologiyali laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi. Ko‘chirib o‘tqazish amaliyoti orqali bemorga ko‘z nurini qaytarish uchun donorlik materialini olib, uni klinikaga yetkazish vaqtigacha atigi bir necha kun bor. 

 

 

Davolash eng murakkab bemorlar kimyoviy kuyganlar bo‘lib, ularda transplantat deyarli o‘rnashmaydi. Ular uchun sunʼiy shoxpardaning yangi turlari (keratoprotezlar) ishlab chiqilyapti, ammo ular tabiiylari kabi ko‘z nurini sifatli taqdim etolmaydi. Agar butun shoxparda ko‘chirib o‘tqazilsa, ko‘z nuri to‘liq tiklanadi hamda vaqt o‘tib bemordagi begona to‘qima bilinmay ketadi. Mabodo keratoprotez qo‘yilgan bo‘lsa, odamga faqat tasvir markazidagi tirqish ko‘rinadi. 

 

 

Keratoplastika turlari va ko‘rsatmalar

Keratoplastika (shoxpardani ko‘chirib o‘tqazish) butun shoxparda yoki uning bir qismini olib tashlash va donor to‘qimalari bilan almashtirish amaliyotidir. U ko‘z nurini tiklash, og‘riqni kamaytirish va shikastlangan ko‘zning tashqi ko‘rinishini yaxshilashga yordam beradi

Transplantatsiya shoxpardasi shikastlangan bemorlarga ko‘z nurini tiklashga yordam beradi. Quyidagi ko‘rsatmalar mavjud:

  • infeksiya natijasidagi chandiqlar (ko‘z gerpesi, zamburug‘li keratit);
  • irsiy kasalliklar; 
  • keratokonus va keratoglobus;
  • shoxparda distrofiyasi turlari;
  • ko‘z nuri lazer yordamida korreksiya qilingandan keyingi asoratlar;
  • jarohat va yaralar; 
  • kimyoviy va termik kuyish oqibatlari;
  • turli ko‘rinishdagi dog‘lar.

 

Jarrohlik amaliyotiga qadar… 

Operatsiyadan oldin bemorlar to‘liq tekshiruvdan o‘tadi. Ulardagi umumiy kasalliklar, infeksiyalar haqida surishtiriladi. Sababi, ularda operatsiya o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. Virus, infeksiya, shu jumladan, TORCH infeksiyani aniqlash uchun tahlil namunalari olinadi. 

Keksa bemorlarda implantning bitib ketishi osonroq. Chunki ularning immuniteti yoshlarniki kabi tajovuzkor bo‘lmaydi. Har qanday bemorda begona to‘qimani qabul qilmaslik holati kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda bemor faol davolanadi. U ham yordam bermasa, takroriy operatsiya o‘tkaziladi.

 

… amaliyot davomida… 

Umumiy og‘riqsizlantirish orqali operatsiya o‘tkaziladi. Bemor atrofdagi hodisalarni anglab yotadi. Standart operatsiyalar 40 daqiqa, murakkablari esa bir-bir yarim soat davom etadi. Baʼzi klinikalarda bemorlar 3–5 kunlab shifokor nazoratida yotadi. Baʼzilarida esa bunday operatsiyalar ambulator sharoitda o‘tkaziladi va bemorlar amaliyotdan so‘ng uyiga ketishi mumkin. Ulardan talab qilinadigani – dorilarni o‘z vaqtida tomizish va muntazam ko‘rikka kelib turish.

 

… dan so‘ng…

Operatsiyadan keyin ko‘z yoshi oqishi, ko‘z qizarishi mumkin, ko‘rish ravshanligi esa keyinchalik o‘tib ketadigan shish tufayli yomonlashadi. Dastlabki kunlar, ayniqsa, qiyin o‘tadi. Shuning uchun bemor qatʼiy kuzatuvga muhtoj. Bir haftadan keyin yangi muguz pardasi shaxsiy epiteliy qavati bilan qoplanguncha shish sekin-asta qaytadi. Ko‘z nuri tez tiklanadi, ammo yakuniy tiklanish oxirgi choklar yechilganidan keyin ro‘y beradi.

Ko‘rish qobiliyati 100 foiz tiklanishi ham mumkin. Bu bemorning holatiga bog‘liq. Har bir shoxpardaning o‘z xususiyati bor. Buning ustiga chok tushishini inobatga olish kerak. Bularning bari  jarohatning bitishiga taʼsir etadi. Ko‘pincha astigmatizm qoladi, ammo kelgusida bu ham lazerli korreksiya yordamida hal etiladi.

 

 

Ko‘proq operatsiya zarur

Shoxpardasi shikastlangan bemorlarga juda qiyin: ham ruhan, ham moliyaviy. Janubiy Koreya, Germaniya, AQShda bu kabi operatsiyalarga 20–25 ming dollar ketadi. Rossiyada ham keratoplastika muvaffaqiyatli o‘tkaziladi, ammo donorlik to‘qimasi kelgunga qadar uzoq navbat kutiladi. 

Shoxparda transplantatsiyasiga muhtojlar ko‘p. Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda keratoplastika operatsiyasiga muhtoj bo‘lgan bemorlar soni yiliga uch ming nafarni tashkil etadi. Bu juda katta raqam va ushbu masalani hal etish ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Bugun transplantatsiya texnologiyasi shiddat bilan rivojlanmoqda. Ilgari asosan butun shoxpardani almashtirish operatsiyalari o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun jahonda shoxpardani qatlamlab ko‘chirib o‘tkazish ustunlik qilyapti. Yaʼni uning faqat zararlangan qismi almashtiriladi. Shubhasiz, ushbu texnologiyalar afzal va bitib ketishi tezroq kechadi.

Masalan, yaqindagina tibbiyotda orqa tomonlama qatlamli keratoplastikada donorlik to‘qimasini kiritishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bizning mutaxassisimiz  jahon miqyosida ushbu texnologiyani amaliyotda qo‘llab ko‘rish imkoni berilgan ilk uch nafar jarrohdan biri bo‘ldi.

Ko‘rishlar: 14

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz