Tibbiyot pulli bo‘lishi kerakmi? Kevin Frik javob bermoqda

Eksklyuziv

Yangilangan:

Kevin Frik, kanadalik mutaxassis va ekspat,  Qozog‘istonda tez tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi raisi. U Toshkentga alohida missiya bilan keldi. Biz esa fursatdan foydalanib, Kevinni ochiq suhbatga chorladik. Mavzumiz shoshilinch tibbiy yordam qanday bo‘lishi kerakligi va uni yaxshilash uchun nimalar to‘sqinlik qilayotgani haqida bo‘ldi.
 

 

Intervyu: Barno Ikramova
Tarjima: Kamila Talipova
Foto: Ertnest Kurtveliyev

 

 


Qozog‘istonda tez tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi raisi, Markaziy Osiyo-AQSh kardiologiya assotsiatsiyasi vakili Kevin Frik (Kevin Freake) O‘zbekistonga Amerika kardiologiya assotsiatsiyasining sertifikatlangan mahorat darslarini o‘tkazish uchun keldi. Treninglar yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim darajasini kamaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

 

Sentyabr oyida 15 nafar o‘zbek mutaxassisi assotsiatsiya dasturi bo‘yicha asosiy yurak-o‘pka reanimatsiyasi asoslarini o‘rgandi.

 

Dunyo bo‘yicha yurak‑o‘pka reanimatsiyasi, birinchi yordam va shoshilinch yurak‑qon tomir yordami, shuningdek, kattalar va bolalar reanimatsiyasi yurak-qon tomir kasalliklari va insult oqibatida o‘lim darajasini kamaytirishga qaratilgan. 1924-yili tuzilgan AQSh kardiologiya assotsiatsiyasini hozirgi kunda dunyoning 90 dan ortiq davlatida bilishadi. Shundan buyon u yirik va obro‘li tashkilotga aylangan. Uning tarkibidagi 33 milliondan ortiq ko‘ngilli va xodimlar aholining salomatligini yaxshilash va yurak-qon tomir kasalliklari hamda insult tufayli o‘lim darajasini kamaytirish bilan shug‘ullanadi.

 

So‘nggi yillarda Qozog‘istonda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha jiddiy qadamlar qo‘yildi, bir qator islohotlar o‘tkazildi. Ularning joriy etilgani tufayli bugun ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Bunda Kevin Frikning hissasi katta.
 

 

 

 

Bekgraund haqida

 

Men – shoshilinch tibbiyot bo‘yicha mutaxassisman, uzoq yillar shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida ishlaganman. Bir necha yildan buyon Qozog‘istonda yashayman. Shu vaqt davomida kuchimizni birlashtirib, ijobiy o‘zgarishlarga erishdik. Masalan, tez yordam mashinalari rangini o‘zgartirish o‘z samarasini berdi – endi ko‘proq odamlar uni tanimoqda. Qozog‘istonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham amaliy bilimlardan ko‘ra qog‘ozbozlikka ko‘proq eʼtibor berilishi meni hayron qoldirdi. Bo‘lg‘usi har bir tibbiyot xodimi nazariyani yaxshi biladi, ammo bilish bilan bilim haqidagi yozma tasdiqqa ega bo‘lish orasida katta farq bor. 

 

"Meni xodim yurak-o‘pka reanimatsiyasini mustaqil uddalay oladimi degan savol ko‘proq o‘ylantiradi"

 

Mutaxassis sifatida meni xodim yurak-o‘pka reanimatsiyasini  mustaqil uddalaydimi, dorilarni to‘g‘ri tavsiya eta oladimi degan savollar ko‘proq o‘ylantiradi. Amerika assotsiatsiyasi dasturida taʼlim jarayonini isbotlovchi asosni amaliyot bilan birga taqdim etishga harakat qilamiz.

 

Talabalar va amaliyotchilar uchun almashinuv dasturlari

 

Bu qanday samara berishini bilish uchun tizimga chuqurroq kirish kerak. Biz xuddi shunday qildik. Avvaliga Qozog‘iston hukumati bilan muzokaralar olib borildi. Keyin shifokorlar guruhi bilan Yevropa va AQSh bo‘ylab xizmat safariga chiqdik. 2018-yili Nyu-Yorkka sayohatlarimizdan birida mukammal tizim yo‘qligiga amin bo‘ldik. Shunga qaramay, amaliyotimizda yo‘l qo‘yishimiz kerak bo‘lmagan xatolar haqida xulosa chiqardik.

 

Agar muayyan muammolar haqida gapirsak, AQShda, xususan, Kanadada tez yordam mashinalari bemorning oldiga borib, uni olib kelgunga qadar chirog‘ini yoqqan holda to‘rt-besh soatgacha kutib turishi mumkin. Muammo shoshilinch yordamda emas, balki tibbiy xodimlarning yetishmovchiligida. Har bir bemor uchun bir nafar tibbiy xodim topilavermaydi. 

 

 

Tibbiyotdagi muhim qoidalar haqida

Yetakchilar qatorida bo‘lganlarni o‘qitish – asosiy maqsadimiz. Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bolaning 38 darajali isitmadagi holatini bo‘rttirib yubormaslik kerak. Bu – Markaziy Osiyoda yaratilgan tizimning nuqsoni.

 

 

"Aksariyat chaqiruvlar doim ham shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan bemorlar uchun bo‘ladi"

 


Aksariyat chaqiruvlar doim ham shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan bemorlar uchun bo‘ladi. Shuning uchun aholi unchalik ahamiyatli bo‘lmagan chaqiruv chindan ham shoshilinch yordamga muhtoj bemorning vaqtini o‘g‘irlashini tushunib yetishi zarur. Kanadada shifokorlar xizmati qimmat, ular yetti yil umrini taʼlimga sarflaydi va albatta, tibbiy yordam bo‘limida qolib ketishni istamaydi. Feldsherlarimiz tashxis qo‘yish, bemorni uyda davolash uchun o‘qitiladi.
 

 


Tibbiyotdagi tijorat haqida

 

Bu savolga javob berish mushkul. Tibbiyot odamlar uchun arzon bo‘lishi kerak, xususan, tez tibbiy yordam. Agar chaqiruv yolg‘on chiqsa yoki shoshilinch bo‘lmasa, u holda uning xizmatini pulli qilish lozim. Kanadada bunday chaqiruv uchun 500 AQSh dollari to‘laysiz.

 

"Kanadada yolg‘on chaqiruv uchun 500 dollar to‘laysiz"

 

Bunday vaziyatda bemor eng yaqin klinikaga o‘zi yetib borgani maʼqul. Chunki vaziyat faqat uning uchun shoshilinch bo‘lib tuyulishi mumkin (masalan, qo‘lni kesib olish), biroq tez yordam xodimlari uchun unday emas. Sarmoya kiritishga qodir bo‘lasizmi-yo‘qmi, bundan qatʼi nazar, tibbiy xizmat bizda universal. 

 

Agar shifokor xizmati narxi haqida gap ketsa, uning topish-tutishi bemorlar soniga bog‘liqligi aytish lozim. Bu «odam boshiga qarab ish haqi» deyiladi va tabiiy sanaladi. Men bu yondashuvni o‘zgartirishni istardim. Chunki, masalan, shifokorga 10 000 bemor biriktirilgan bo‘lsa-yu, ularning asl soni kamroq chiqsa, u baribir o‘sha ish haqini oladi. 

 

Har doim fikr fundamental bo‘lishi kerak: pul inson salomat bo‘lishi uchun to‘lanadi. Men kichik qishloqlarda yashaydigan va boriga qanoat qiladigan, butun vujudini sevimli ishiga bag‘ishlagan shifokorlar bilan faxrlanaman.

 

Ko‘rishlar: 183

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz