Toshkent bugun nima bilan nafas olmoqda?
Hayot sifati
Yangilangan:
Barchamizni hayratga soladigan Sharq yulduzi Toshkent. Uning go‘zalligi, betakror me’morchiligi va albatta, musaffo havosiga qoyil qolar edik. Bugungu kunda biz deyarli yashil qoplamadan mahrum bo'lgan shaharni ko'rmoqdamiz - havosi ifloslangan, nafas olish qiyin bo'lgan shahar. Pulmonolog Nazima Arifxonova ifloslangan havoning zarari haqida gapirib, bunday holatda nimalar qilish kerakligini soʻzlab berdi.

Arifxanova Nazima Nuriddinovna, pulmonolog, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor
- Ifloslangan havo nima va biz qachon vaziyatni juda yomon deb hisoblashimiz mumkin?
Mutaxassislar Toshkent havosini nafaqat cho‘lning hovosi, Orol dengizining tuzi, qurilishning iflosliklari, yo‘l harakatining zarari - kabi turli tarkibdagi changlar bilan, balki juda ko‘p sonli avtomobillar, sanoat korxonalari, issiqxonalar va qurilish texnikalari chiqindi gazlarining og‘ir elementlari bilan ham ifloslanganligi allaqachon aytib otildi.
Vrachning tushunchasiga ko‘ra, ifloslangan havo kislorod yetishmasligi tufayli nafas olish qiyin bo‘lgan va organizmni (o‘pka, qon aylanish tizimi) yopib qo‘yuvchi va hayotiy organlarga ta’sir qiladigan, xavfli kasalliklar va hatto tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladigan havodir.
- Ifloslangan havo nafas olish organlarining qanday kasalliklarini keltirib chiqaradi?
Biz hozir Toshkentda kuzatayotganimizdek, bunday iflos havo dastlab allergik kasalliklar, nafas yo‘llarining tiqilib qolishi va astma kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,mikrozarrachalar alla qachon o'pka alveolalari orqali qonga kirib, organlarga ta'sir qiladi. Bu saraton, ishemik kasalliklari, insult va infarktni kelib chiqishiga katta xavf paydo qiladi. Doimiy ravishda bunday havodan nafas olish nafaqat zararli, balki halokatli deyish mumkin.
- Atmosferada qanday ifloslantiruvchi moddalar mavjud va ular salomatlik uchun zararlimi?
So'nggi paytlarda biz PM2.5 zarralari haqida tez-tez eshitdik. Bu o'pka orqali qonga kirishi mumkin bo'lgan juda xavfli mikrozarrachalar. Ahir o'pka oz ish faoliyatini tiklamaydi (masalan, jigar kabi) va u qancha ko'p ifloslansa shuncha kop zarar koradi. Zararli mikrozarrachalar o'pkada va boshqa muhim organlarda abadiy joylashishini tushunishingiz kerak.
- Ifloslangan havo odamga qanday ta'sir qiladi?
Tomoq, ko'zlarda qichishish, nafas olishning qiyinlashuvi, yo'tal, charchoq, bosh og'rig'i, noqulayliklar kabi alomatlar seziladi.
- Toshkent shahrida havo qanchalik ifloslangan?
Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari o‘ntaligidan, hattoki, uchlikka kirganini har kuni ko‘rib turibmiz. Bu favqulodda holatda davlat vaziyatni yahshilash uchun shoshilinch choralar ko'rishi kerak.
- Havosi ifloslangan shaharlarda yashovchi odamlar nima qilishlari kerak?
Butun mamlakat bo'ylab havoni ifloslantiruvchi datchiklarni ko'p miqdorda o'rnatish kerek. Datchiklar zararli darajalarni ko'rsatsa, havo holatini doimiy ravishda kuzatib boriladi. Insonlar bunday kirlangan havoda uzoq vaqt qolmasligi lozim. Afsuski, bunday ifloslanishdan yashirish qiyin. Hech bo'lmaganda tanani kislorod bilan to'yintirish uchun sensorli datchiklar ko'rsatkichlari eng past bo'lgan vaqtni tanlash va kislarodga toyish uchun zich daraxtlar yerlarda bo'lish tavsiya etiladi.
- Havoning ifloslanishidan zararni kamaytirish bo'yicha amaliy maslahatlar
-
Zararli zarrachalarning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo'lganda niqob kiying. Samarali niqoblar PM2.5 dan himoyalanishi kerak. Lekin ularni kop vaqt taqmang, chuqur nafas olishingiz uchun havo toza bo'lgan joyda bo'lishga harakat qiling. Doimiy ravishda niqob kiyish teskari ta'sir ko'rsatishi mumkin;
-
Ko'proq honali gullarni o'stiring. Bu ko'proq kislorod qo'shadi;
-
Vujudingizni vitaminlar bilan to'yintiring;
-
Ko'proq toza suv iching;
-
Havoni namlang.
Turli yosh guruhlari uchun tavsiyalar:
Bolalar uchun:
-
PM2.5 dan himoya qilish uchun mo'ljallangan bolalar niqoblardan foydalaning. Niqobni to'g'ri tanlang, uning yuzingizga mahkam o'rnashganligiga ishonch hosil qiling.
-
Bolalarning tashqarida o'tkazadigan vaqtini kamaytirishga harakat qiling, ayniqsa havodagi ifloslangan zarrachalar yuqori konsentratsiyani ko'rsatsa.
-
Xonani toza havo bilan ta'minlang va havo tozalagichlardan foydalaning. Uyda yaxshi shamollash sistemasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Kattalar uchun:
-
Kattalar, shuningdek, mayda zarralarni filtrlash uchun mo'ljallangan niqoblardan foydalanishlari kerak.
-
Ochiq jismoniy faoliyatdan saqlaning. Eng yuqori ifloslanish davrida ochiq havoda mashq qilmaslikka harakat qiling.
-
Ko'chalarda harakatlanayotganda, ifloslanish kontsentratsiyasi yuqori bo'lishi mumkin bo'lgan tirbandliklarda kamroq harakat qiling.
-
Uy havosini zarrali moddalardan saqlash uchun, muntazam ravishda honalarni changdan tozalang.
Katta yoshdagilar uchun:
-
Sog'lig'ingizni qat'iy kuzatib boring. Bunday vaziyatda keksa odamlar ko'proq himoyasiz bo'ladi, chunki ular ifloslangan havo ta'sirida kuchayadigan surunkali kasalliklarga ega bo'lishi mumkin. Sog'lig'ingizni kuzatib boring va agar kerak bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
-
Uyingizga havo filtrlarini o'rnating. Ular havodagi iflosliklarni kamaytirishga yordam beradi.
Ko‘rishlar: 609
https://anatomica.uz/uz/articl...







