Bepushtlik tana tovushidir

Hayot sifati

Yangilangan:

Sogʼliqda muammo yoʼq, biroq hadeganda homiladorlik yuz bermayapti. Nima uchun organizm ayolning homilador boʼlishiga imkon bermaydi, bepushtlik esa tananing tovushiga aylanyapti? Bir xil savollarga Toshkent va Barselonadan ikkita psixolog javob beradi.

 

 

 

Shaxnoza Xalmurzaeva psixoterapevt, psixoanalitik, ToshMIni davolash ishi mutaxassisligi boʼyicha tamomlagan, ichki kasalliklar kafedrasida dars bergan. 2010 yili Londonning Psixoterapiya va gipnoterapiya akademiyasini tamomlagan, Britaniyaning Maslahat va psixoterapiya uyushmasi aʼzosi. Xorijda oʼn yildan ziyod ishlagan

 

 

Psixologik bepushtlik haqiqatmi? Uni davolasa boʼladimi?

 

Аyolda bachadon, ikkita tuxumdon yoki har ikki nay boʼlmagan taqdirdagina bepushtlik haqida gapirish mumkin. Farzandli boʼlish uchun erkakka bitta moyak yoki uning bir qismi boʼlsa, kifoya. Shunga qaramay, juftliklarning deyarli uchdan bir qismiga psixologik bepushtlik tashxisi qoʼyiladi.

 

 

Qanday sabablarga koʼra, jismonan sogʼlom ayol homilador boʼlolmaydi?

 

Bunga ajrashish, noqulay yashash sharoiti, yaqin insonlarning oʼlimi, homilani yoʼqotganlik oqibatidagi psixologik majruhlik sabab boʼlishi mumkin. Oxirigacha boshdan kechirilmay qolgan har qanday ogʼriqli xotira ong ostida qolib ketadi. Ruhiyatning «fikricha», agar homiladorlik yuz bersa, ogʼriqli hodisalar yana qaytariladi. Bu vaziyatda bepushtlik organizmning himoya reaktsiyasi sifatida namoyon boʼladi

 

 

Ona boʼlish yoʼlida qanday kuchli toʼsiqlar yuzaga kelishi mumkin?

 

Psixosomatika nuqtai nazaridan, bepushtlik — bu tananing «tovushi». Homiladorlikka qarshi chiqish yoki undan voz kechish orqali tana nimadir demoqchi. Balki juftlik chindan ham farzand uchun masʼul boʼlishga tayyor emasdir. Baʼzi ayollar bolani yaxshi koʼrganidan emas, balki frigidlik natijasida xavotirni yoʼqotish yoki turmush oʼrtogʼini xursand qilish yoki jazolash uchun farzandli boʼlishni istaydi. Bola nima uchun kerak, degan savolga hamma ham javob berolmaydi. Ichki ziddiyat ruhiy yetilmaganlik tufayli paydo boʼladi.

 

 

Qanday ayollar xavf guruhiga kirib qoladi?

 

Muntazam gʼamxoʼrlikka muhtoj «ulgʼaygan qizlar»; ruhiy yetilmagan ayollar; oʼz ayolligini tan olmaydigan tajovuzkor yubkali «erkaklar»; onaga aylangan xotinlar; oʼzini gʼoyaviy yoki boshqa qiziqishlarga bagʼishlagan ayollar onalik quvonchiga erishishga koʼp ham intilavermaydi.

 

 

Soʼnggi ilinj ham puchga chiqayotgan paytda onalik baxtiga erishadigan ayollar ham uchraydimi? Nima uchun bunday boʼladi?

 

Psixogen bepushtlikka koʼpincha hammani va hamma narsani boshqaradigan insonlar duch keladi. Bunday odamlar nima qilib boʼlsa ham muammoni hal qilishga intiladi. Homiladorlik «mening qoʼlimdan keladi» degan maqsadni hammaga isbotlashga urinadi.

Oʼta kuchli nazorat stressni paydo qiladi. Stressda organizmning butun himoya tizimi ishga tushadi. Miya «hozir naslni davom ettirish uchun qulay vaqt emas, organizm bolani koʼtarolmaydi, uni tugʼmaydi va boqolmaydi» degan signal yuboradi. Koʼpchilik shifokorlar oila kurashishdan charchab, vaziyatni shundayligicha qabul qilganda, homiladorlik yuz berganini koʼp bora taʼkidlaydi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirishni toʼxtatib, haqiqiy xursandlik bagʼishlovchi mashgʼulotlarga eʼtibor qaratish kerak. Maqsad – xotirjam boʼlib, organizmga «biz xavfsizlikdamiz va ota-ona boʼlishga tayyormiz» degan signalni joʼnatish. Koʼpincha mana shunday oddiy maslahatlar natija berib, uzoq kutilgan farzand dunyoga keladi.

 

 

 

Olga Kaver, psixolog, psixoterapevt, Bepushtlikning psixologik sabablari bilan ishlash boʼyicha metodika va «Farzand koʼrishni istayman: kichkintoy shoshmasa, nima qilish kerak?», «Siz ona boʼlasiz: uzoq vaqt homilador boʼla olmaslikning chorasi bormi?» nomli kitoblar muallifi. Bepushtlik davrini oʼz boshidan oʼtkazgan besh bolali ona.


 


Psixologik bepushtlik: haqiqatmi? Davosi bormi? 

 

Bepushtlikni turlarga ajratmayman. Men uchun jismoniy bepushtlik – psixologik bepushtlikning oʼtkazib yuborilgan darajasi. Barcha muammolar boshda va ularning davosi bor.

 

 

Ona boʼlish yoʼlida qanday kuchli toʼsiqlar yuzaga kelishi mumkin?

 

Biz toʼsiqlarni eng chuqur maʼnoda koʼrib chiqamiz – ayol hali ona qornida boʼlganida, u bilan bogʼliq qanday holat roʼy bergan. Ota-ona oʼgʼil xohlaganda, qiz tugʼilgan holatlar koʼp uchraydi. Koʼpincha ota-onalar farzand koʼrishni istamaydi. Hatto ayol abort qildirmoqchi boʼladi. Lekin nimadir uni toʼxtatib qolgani aniqlanadi.

 

 

Psixologik bepushtlikka munosabatlardagi noahillik sabab boʼlishi mumkinmi?

 

Tajribamga koʼra, ayol erkak bilan yashayveradi, ammo oxirigacha uni qabul qilmasligi, farzandimga munosib ota boʼla oladimi, deya ikkilanishi ham mumkin.

 

 

Bepushtlik tashxisi qoʼyilgan ayollar muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi, folbin, ekstrasenslarga qatnaydi. Unga noanʼanaviy usullar yordam bera oladimi?

 

Men eʼtiqod omili haqida koʼp gapiraman. Chunki u orqali boʼshashish roʼy beradi. Eʼtiqodli inson nazoratni boʼsh qoʼyadi. Bu esa muvaffaqiyatimizning asosiy omillaridan biri.



 

 

Mening hikoyam


Garchi olti yoshli oʼgʼlim boʼlsa-da, ikki yil davomida homilador boʼla olmadim. Menga qoʼyilgan turli-tuman tashxislarni ikir-chikirigacha aytib oʼtirmayman, ammo bir kuni bepushtligimning asl sababi miyamda ekanini anglab yetdim. Oʼzim homilador boʼlishimga yoʼl qoʼymayotgan ekanman. Homiladorlik yuz berishiga doir oʼz salbiy dasturlarimni ishlab chiqish uchun uch oy vaqtim ketdi. Nihoyat... boʼyimda boʼldi.

Ko‘rishlar: 34

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz