Autizmga chalingan insonlar bilan muomala qilish uchun 7 ta muhim maslahat

Hayot sifati

Yangilangan:

ASBga chalingan insonlar bilan qanday qilib to‘g‘ri munosabat o‘rnatish kerak? Biz autistik spektr buzilishiga chalingan insonlarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yordam bermoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarga tavsiyalar ro‘yxatini tayyorladik. 

 

 

1. ASB kasalligining bilish zarur bo‘lgan o‘ziga xos eng muhim jihatlari

 

ASBga chalingan insonlarning noodatiy xulq-atvori va kutilmagan javobi injiqlik yoki yomon tarbiya oqibati emas.

 

 

 

2. ASB bilan yashovchi odamlarning sensor apparati o‘ta yuqori bosimga to‘la. Shu bois ular o‘zini boshqacha tutishi, dunyoni o‘zgacha qabul qilishi, boshqalarnikiga o‘xshamagan fikrlar bildirishi mumkin

 

Ammo atrofdan kerakli ko‘mak ko‘rsatilsa, ular moslashish, rivojlanish va o‘zini to‘laqonli namoyon etishga qodir. ASBga chalingan bolalar taʼlim, ish va o‘zini namoyon etish qobiliyatiga ega hamda barcha singari muloqotga muhtoj. Bunday insonlar bilan muloqot qilish qoidalarini bilish orqali uning ijtimoiy hayotga moslashishi va muvaffaqiyatga erishishida yordam berishingiz hamda shu orqali bir qator qulaylik yaratishingiz mumkin. 

 

Ularning o‘ziga xosligi o‘qish, muloqot qilish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga to‘sqinlik qiladigan nogironlikning og‘ir turi hisoblanmaydi. Ular odamlar ko‘rsatadigan eʼtibor va muloqotga muhtoj. ASB bilan yashaydigan insonlarga doim imkoniyat berish zarur. 

 

 

 

3. ASBga chalingan insonlar bilan muloqot qilganda nimalardan qochish kerak?

 

Uning holatidan qatʼi nazar, tanqid qilish, ustidan kulish, kuch ishlatish, buyruq berish yoki talab qilish mumkin emas. O‘ziga nisbatan bosimni his qilgan ASBga chalingan inson nazorat qilib bo‘lmas ahvolga tushishi hech gap emas.  Sensorli tizimga bosim ko‘p tushganda ASBga chalingan inson jazavaga tushishi mumkin. Aksariyat vaziyatlarda u tajovuzkorona xatti-harakat namoyon qilsa, bunga atrofdagilar va ularning noto‘g‘ri munosabati sabab bo‘ladi. Agar ko‘z oldingizga ASBga chalingan insonda jazava kuzatilsa, huquq-tartibot idoralari xodimlarini chaqirmang. Baʼzi xodimlarda bunday insonlar bilan muloqot qilish ko‘nikmasi yetishmaydi. 

 

Shuningdek, ASBga chalingan odamda o‘z olamiga kirish holati uchraydi. Bunda u birorta so‘z aytmaydi yoki birovning savollariga, eʼtibor qaratish uchun qo‘llangan  boshqa usullarga javob bermaydi. ASBga chalingan insonning noodatiy harakatini yurakka yaqin olmaslik kerak. Agar suhbatdoshingiz siz bilan gaplashmay qo‘ysa, aslo xafa bo‘lmang. 

 

 

 

4. Oddiy insonga yordam berishi mumkin bo‘lgan munosabatni qo‘llamang (uyaltirmang, suhbatga chorlamang, tinchlantirmang va hokazo)

 

Eng katta yordamingiz ruhiy qulaylik, sensorli bosimni kamaytirish va maʼlum vaqt kutishdir: odam o‘ziga kelib qoladi. 

 

 

 

5. Muloqot vaqtida sensorli bosimning kamayishi

 

ASBga chalingan odamlar atrof-muhitga nisbatan taʼsirchan: tovush, hid, harakat, yorug‘lik va hatto ranglar mutanosibligiga ham.  Muloqot qilish qulay bo‘lishi uchun sensorli boisimni kamaytiring. Bu hamma narsaga taalluqli: tovush, taktil teginish, imo-ishora va boshqalar. 

 

Masofa saqlang, past ovozda gapiring, keskin harakat qilmang, suhbatdoshingizga teginmang. 

 

 

 

6. Noodatiy xulq-atvorga nisbatan oddiy munosabat va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi insonlar ko‘magi

 

ASBga chalingan insonlar o‘ziga xos xulq-atvorga ega. Masalan, stimming (takrorlanuvchi harakatlar). Suhbat davomida bir necha marta qayta savol berishi yoki eshitgan gapini takrorlashi mumkin. ASB haqida maʼlumotga ega bo‘lmagan insonlar orasida uchraydigan eng ko‘p uchraydigan muammo – qo‘rquv, salbiy javob, tanqid yoki ustidan kulish. Bu kabi munosabat nafaqat ASBga chalingan insonlar, balki ularning yaqinlariga ham yomon taʼsir qiladi.  Bu kabi munosabat vaziyatning murakkablashuviga olib kelishi mumkin. 

 

O‘zgacha bolalarning ota-onalarini tushkunlikka tushiradigan sabablardan eng kattasi – bu atrofdagilarning tushunmasligi, nafrati, achinishi yoki tanqidi. Qaysidir insonning xulq-atvorida o‘ziga xos belgilar sezdingizmi, bunga ortiqcha eʼtibor bermang, tanqid qilmang, boshqalarning eʼtiborini qaratmang. 

 

Faqat insonni nima bezovta qilayotganini so‘rab, yordam taklif qilishingiz mumkin. Bu kabi insonlarning vasiylari yoki ota-onalari bilan xushmuomala bo‘ling. 

 

 

 

7. Xavotir ortganda yordam ko‘rsatish

 

Agar ASBga chalingan insonda xavotir kuchaysa, u xavotirini jiddiy ko‘rinishda bildira boshlaydi: baqiradi, o‘zini yoki atrofdagilarni ura ketadi. Siz unga quyidagicha yordam berishingiz mumkin. 

  • Unga xalal berayotgan yoki zarar keltirishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib tashlang. 
  • Uni chalg‘itishga harakat qiling. 
  • Agar noqulaylik sababini bartaraf eta olsangiz (televizorni o‘chirish, buyumni boshqa joyga olish va hokazo), darhol bajaring. 
  • Xotirjamlik, dalda berish orqali odam bilan gaplashing, ko‘mak taklif qiling va munosabatini kuzating. Agar ovozingiz uni tinchlantirsa, shu harakatda davom eting. Aksi bo‘lsa, gaplashishni to‘xtating. 
  • Yelkasini massaj qilishingiz yoki quchoqlashingiz mumkin: baʼzi vaziyatlarda bu ASBga chalingan insonlarni tinchlantiradi. Ammo taktil aloqa vaziyatni chuqurlashtirib yuborsa, u holda uni to‘xtating.

Ko‘rishlar: 402

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz