Erkakning haqqi bor!
Hayot sifati
Yangilangan:
Erkaklar haqidagi baʼzi eskirgan tushunchalar ko‘pchilikning hayotini alg‘ov-dalg‘ov qiladi va to‘g‘ri qarorni qabul qilishga xalal beradi. Hammaga qo‘shilishga qanchalik harakat qilmang, agar siz yondiradigan ichimliklar ichmasangiz, qaltis sport turini yoqtirmasangiz, muammolarni tajovuzkorlik bilan hal qilmasangiz, boshqa erkaklar orasida yetakchi bo‘lish uchun bellashmasangiz, u holda erkak emassiz. Xo‘sh, nimaga?! Hammamiz gender tenglik haqida baralla hayqiramiz, ayollar huquqini himoya qilamiz, ammo oddiy haqiqatni unutib qo‘yganmiz: tenglik – bu huquqlarning barcha uchun mutlaq barobarligi. U ayol-u erkakka birdek tegishli.
фото
Erkakning haqqi bor!
- «Erkakcha sport»dan boshqa sport turini ham ma’qull ko‘rishga
- O‘ziga e’tibor qaratishga
- Spa muolajalariga borishga
- Hissiyotini yashirmaslikka
- Uy xo‘jaligini mohirona boshqarishga
- Dunyoning bor pulini ishlab topishga harakat qilmaslikka
- Psixolog seanslariga borib turishga
- Tuyg‘usi haqida gapirishga
- Munosabatlardan faqat seksni izlamaslikka
- Bitta ayolga vafodor bo‘lishga
- Tushunadigan er va uyda yordamchi bo‘lishga
- Jamiyatda ajralib turishga
- Do‘stlari ko‘z o‘ngida «xotiniga bo‘ysunadigan» bo‘lib emas, balki yaxshi turmush o‘rtoq bo‘lib ko‘rinishga
- Ayollar huquqini qo‘llab-quvvatlashga
- Texnika bobida no‘noq bo‘lishga

Sardor Davletyarov, BELLSTORE do‘konlar tarmog‘i asoschisi
"Farzandlar tarbiyasida ishtirok etishni, bolalarim tagliklarini almashtirishni va uxlatishni or deb bilmayman".

Antoniy Malkov, shifokor-diyetolog, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi doktoranti
"Biror yumush – u jo‘mrakni sozlash bo‘ladimi yoki uydagi elektr taʼminotini to‘g‘rilash – qo‘limdan kelmasa, uyalmayman. Bularni mutaxassislarga ishonib topshiraman".
Ahror Shermatov, plastik jarroh
"Birinchi navbatda, jamiyatdagi qonuniyatlar qarashlarimga mos kelmasa, ularga ko‘z yumishdan qo‘rqmayman. Birovga yoqishga urinishning keragi yo‘q. Chunki hammaga birdek yoqish imkonsiz. Jurnal mavzusiga yaqin gapiradigan bo‘lsam, erkakning tibbiyotda shifokor bo‘lib emas, balki tibbiyot og‘asi bo‘lishiga, yaʼni o‘rta tibbiyot xodimi vazifasini bajarishiga oddiy qarayman".

Javlon Mullaxonov, dermatolog
"Bizga onamiz charchab qolmasligi uchun unga uy ishlarida yordam berish kerak, deb uqtirilgan. Bugungacha ayolning ishni yengillatish uchun erkakning rafiqasiga yordam berishini oddiy hol deb bilaman".

Bobur Jalilov, urolog
"Hissiyotim va mehrimni ifodalashga uyalmayman".

Azizbek Ahrorov, psixolog, seksolog
"Futbolni yoqtirmayman. Qolaversa, uni umuman tushunmayman va barcha erkaklar sportning ushbu turini yaxshi ko‘rishi shart, deb hisoblamayman".
Ko‘rishlar: 75
https://anatomica.uz/uz/articl...







