Ota-onalar bilan kattalarga o‘xshab muloqot qilishning 6 qoidasi

Hayot sifati

Yangilangan:

Tug‘ilganimizdanoq ota-onamizga nisbatan ehtiyoj sezamiz. Bu tabiiy holat bo‘lib, xavfsizlikka zarurat bois paydo bo‘ladi. Bora-bora mustaqil shaxs bo‘lib shakllanamiz hamda fikrlash va harakat uchun makon talab qilamiz. Oilaviy va bolalar psixologi Yelena Morozova separatsiya jarayonida ota-onalar bilan muloqotning asosiy qoidalari haqida so‘zlab berdi.  

 

 

Separatsiya bir necha bosqichdan iborat jarayon bo‘lib, bu davrda bola mustaqil shaxs bo‘lib shakllanadi. 

 

 

1-qoida. G‘azabni to‘g‘ri yo‘nalishga burish lozim 

Shaxs bo‘lib shakllanish – hissiyotga to‘la jarayon. Shuning uchun ota-onalar bilan suhbatda separatsiya davri uchun xos g‘azablanish holati ko‘p ro‘y berishi mumkin. Muloqot davomida hissiyotingiz haqida ko‘proq gapiring. G‘azablansangiz, sayr qiling yoki sevimli mashg‘ulotingizga eʼtibor qarating. 

 

 

 

 

2-qoida. Hech kim mukammal emas

Separatsiya jarayonida atrofdagilar, jumladan, ota-onangiz ham mukammal emasligini anglab yetish muhim. Ideallashtirishdan qochish ko‘ngil qolishini chetlab o‘tishga va atrofdagi olamni asl bo‘yoqlarda his qilishga yordam beradi.  

 

 

 

3-qoida. Belgilangan vazifaga rioya etish 

Agar «men ulg‘aydim, o‘zim uddalayman», deb eʼlon qilgan bo‘lsangiz, bunga rioya etish va ota-onangizga mustaqil hayotga chindan ham tayyor ekaningizni ko‘rsatish lozim. 

 

 

 

4-qoida. Salbiy hissiyot uyg‘otadigan mavzulardan chetroq yuring

Tushunmovchilik va g‘azabni keltiradigan har qanday suhbatni chetlab o‘tishga harakat qiling. Sizda va ota-onangizda norozilik keltirib chiqaradigan mavzularni tahlil qilib ko‘ring. Ularni butunlay bartaraf eting yoki betaraf tomonga o‘tib oling.  

 

 

 

5-qoida. Maʼlumotlarni saralash

Katta odam hayotidagi maʼlumotlarni kim bilan bo‘lishishni o‘zi hal qiladi. Endi bu sizning ota-onangizga ham tegishli. Faqat mustaqil hayotingizning qaysi qismini oshkor etishni o‘zingiz tanlaysiz. 

 

 

 

6-qoida. Hurmat

Ota-onadan mustaqil bo‘layotganingizda ular sizning farovonligingiz haqida qayg‘urib, xavotirlanishini unutmang. Ushbu qiyin davrni mehr-muhabbat va o‘zaro ishonch bilan o‘tkazish kerak.

Ko‘rishlar: 25

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz