Keksalikning 6 ta kutilmagan ijobiy tomoni
Hayot sifati
Yangilangan:
Vaqt otishi bilan katta yosh ham o'zi bilan ijobiy o'zgarishlarni olib keladi - odam quvonchni yanada kuchliroq his qila boshlaydi, uning aqli keng fikirlaydi va hatto jinsiy hayoti yanada hissiyotga boy boladi.

1. Kamroq shamollash
Yosh o'tishi bilan nafaqat miya, balki immunitet tizimi ham odatda aqlga ega bo'ladi. Avstraliyaning Kvinslend universitetidan Jon Aphem immunologik xotira uzoq muddatli ekanligini ta'kidlaydi. "Epidemiyadan omon qolgan odamlarda immun tizimi qirq, ba'zi hollarda esa ellik yil davomida virusni eslab qolishi mumkin".
Masalan: har bir 40 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar hayoti davomida oltin davr boshdan kechiradi. Ushbu vaqt ichida immunitet tizimi o'tgan yillar ichida aloqa qilgan barcha viruslarni mukammal eslab qoladi. Bu kumulyativ (turli rejimlarda intellektual mulkni ikki va hatto uch barobar himoya qilish imkoniyatidir) himoya kamroq shamolashga yordam beradi. Immun tizimi o'zining eski dushmanlarini eslab qoladi, shu sabab kattalarda shamolash va turli viruslarga qarshi kurashish osonroq kechadi.

2. Kamroq allergiya
Qanchalik katta bo'lsak, allergiyamiz shunchalik kuchsiz bo'ladi. “Allergik reaktsiyalar bolalikda bo'lib, o'smirlikdan 30 yoshgacha bo'lgan davrda kamayadi. 30 yoshdan keyin allergiyasi bor odamlarda alomatlar kuchliroq paydo bo'ladi, ammo 50 yoshdan oshganida, ular zaiflashadi.

3. Kuchli aql va tajriba
Ba'zi hayotiy intellektual qobiliyatlar keksalarda yoshlarga qaraganda sezilarli darajada kuchliroq bo'ladi. Germaniya janubidagi Tyubingen universitetidan Maykl Ramskar miyaning aslida qanday qarishini tushunish muhimligini takidlaydi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, odamlar ulg'aygan sari ularning matematik qobiliyatlari pasayadi, shu sababli buyruqlarga sekinroq javob berishni boshlaydi.
Biroq, boshliqta orientatsiya, til lug'ati, og'zaki xotira va muammolarni hal qilish qobiliyati haqida gap ketganda, 40 dan 60 gacha bo'lgan insonlar 20 dan 30 gacha bo'lgan yoshdagilarga qaraganda samaraliroq javob berishadi.

4. Yaxshiroq jinsiy aloqa
Bir qator sotsiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, keksa odamlarning jinsiy hayoti aslida odatdagidan ko'ra faolroq va sifatliroq bo'ladi. 80 yoshdan oshgan ayollarning jinsiy qobiliyati va qoniqishi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, ularning yarmi orgazmga "har safar" yoki "deyarli har doim" erishishadi.
Boshqa tadqiqotlar hayratlanarli darajada o'xshash natijalarni beradi: 60 yoshdan oshgan respondentlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, erkaklarning 74 foizi va ayollarning 70 foizi 40 yoshdan 50 yoshgacha bo'lganlarga qaraganda jinsiy hayotlaridan ko'proq mamnun. Er-xotinlar bilan ishlaydigan britaniyalik psixoterapevt Tara Saglio bu natijalarni etuk ayollarda kamroq psixologik keskinlik bilan bog'laydi. “Ayollar yoshi ulg‘aygan sari o‘zlarining хohishlarini ishonchliroq ifodalashadi. Va bu ishonch jinsiy aloqani yaxshilaydi.

5. Kam terlash
Apokrin (ter bezlari) yosh o'tishi bilan hajmi kamayadi. Shuning uchun yigirma yoshlilar ellik yoshdan ko'proq terlaydi, bu ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.

6. O'limni engib o'tish mumkinmi?
Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, siz qarigan bo'lsangiz ham, oxirat siz o'ylaganchalik yaqin bo'lmasligi mumkin. Bugungi kunda eng keksa odamlar har qachongidan ham sog'lom va o'zlarining tug'ilgan kunini yana bir necha bor nishonlash uchun ajoyib imkoniyatga ega. Hatto 80 yoshda ham ayollarning 95 foizi kamida yana bir yil yashash imkoniyatiga ega.
Ko‘rishlar: 361
https://anatomica.uz/uz/articl...







