Go‘zallik haqida 5 savol

Hayot sifati

Yangilangan:

Go'zallik tushunchasi hamma uchun har xil. Ba'zilar uchun bu yuz va tananing ideal nisbati, qolganlari uchun esa ruhiy holat. Ammo har bir kishi rozi bo'lishi mumkin, tashqi go'zallik ideal nisbatlardan uzoq ekanligiga aksincha, tananing, terining va sochlarning holati. Ushbu maqolada biz mamlakat mutaxassislaridan tashqi ayol go'zalligi va estetikasi haqida eng ko'p beriladigan savollarga javob so'radik.

 

Gulbahor Mamatova, dermatolog, tibbiy kosmetolog, Muqarnas klinikasi trixologi

 

1.Koronavirusdan keyin sochni qanday saqlab qolish mumkin?

 

Covid asorati tufayli soch to‘kilishi taxminan uch oyda o‘tib ketishi kerak. Barchasi kasallik kechishi va organizmning boshlang‘ich holatiga, yaʼni virus intoksikatsiyasi va stress darajasi yoki mikroelementlar hamda vitaminlar yetishmovchiligiga bog‘liq. Bundan tashqari, quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

  • haroratning 38,5 darajadan ko‘tarilishi soch o‘sishining sog‘lom sikliga taʼsir ko‘rsatadi;
  • mikrotromb hosil bo‘lishi bosh teri qoplamining mikrosirkulyatsiyasini buzadi;
  • dori bilan davolash: antibiotik, virusga qarshi vositalar, immunodepressantlar, immunomodulyatorlar iste’mol qilish.

Trixolog tekshiruvdan o‘tish, qonning biokimyoviy va kengaytirilgan tahlili uchun namuna topshirish hamda qalqonsimon bez gormonini tekshirtirish kabilarni tavsiya etadi. Faollashtiruvchi losyon, mezoterapiya holatni yengillashtirishi mumkin. Davolanish tiklanish jarayonini tezlashtiradi. 

Soch to‘kilishiga asosiy sabab organizmda biotin, rux va temir tanqisligidir. Shuning uchun ushbu moddalarga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak. 

 

 

Shirin Murodxojayeva, dermatolog, Nano hair clinic kosmetologi 

 

2.Kosmetologiya plastik jarrohlikning o‘rnini bosa oladimi? 

 

Kosmetolog filler yordamida yuz hajmini tiklashi, tepa qovoqni ko‘tarishi, kiprikni ko‘tarishi yoki tushirishi, botulotoksin yordamida yuz va bo‘yindagi ajinlarni tekislashi mumkin. Keng to‘plamдi apparat kosmetologiyasi mavjud. Botulinoterapiya samarasi o‘rtacha olti oy davom etadi, fillerlarniki esa bir yilgacha.

 

Kosmetologiya va yuz plastikasi bo‘yicha mutaxassislarning oldida turgan vazifalar xuddi ish usullari kabi turlicha. Agar yuzdagi mayda ajinlarni kosmetolog bartaraf eta olsa, chuqur, relyef ajinlarni faqat plastik jarroh yo‘qotishi mumkin. Plastik jarrohlar yordamiga iloji boricha kechroq murojaat qilish uchun tajribali mutaxassis toping va yuz, bo‘yin va dekolte sohasi terisini parvarishшni ertaroq boshlang. Қhuningdek, fotohimoya vositalarini ham unutmang. 


 

Feruza Aripova, dermatovenerolog, oliy toifali kosmetolog, O‘zR Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasi markaziy hukumat poliklinikasi

 

3.Qaysi yoshdan gialuron kislotasi va botoks in’eksiyasini boshlash mumkin? 

 

Mazkur preparatlardan foydalanish bo‘yicha belgilangan yosh yo‘q. Faqat qarshi ko‘rsatmalar bor, xolos. Kamdan-kam holatlar uchrashi mumkin: masalan, 14 yoshli bolada peshona mushaklarining zo‘riqishi natijasida ko‘plab chuqur ko‘ndalang ajin paydo bo‘lgan. Bunday vaziyatlarda botoks inyeksiyalarini (botulinik neyropeptid) qo‘llash uchun ko‘rsatma mavjud.

 

Gialuron kislotasini yuz shakli va nuqsonlarini korreksiya qilish uchun qo‘llash mumkin. Men bu kabi in’eksiyalar qo‘llashni o‘smirlik davridan keyin boshlashni tavsiya qilaman. Peshonadagi mimik ajinlarni tekislash yoki ko‘z atrofidagi ajinlarni yo‘q qilish uchun gialuron kislotasi yetarli emas. Agar ajin ancha vaqt oldin shakllangan va chuqur bo‘lsa, kompleks yondashuv zarur. Amaliyotda korreksiyani neyropeptiddan boshlaymiz. Chunki mimik ajin paydo bo‘lishida ko‘proq mimika, mushaklar harakati va qisqarishi ishtirok etadi.

 

 

Iroda Magrupova, kosmetolog-estetist, lazerli dermatokosmetologiya va estetik tibbiyot bo‘yicha mutaxassis, Expert medical clinic, Rosy estetik markazi

 

4.Ertalab shishlarsiz uyg‘onish uchun nima qilish kerak? 

 

Ko‘rkam ko‘rinish uchun bir nechta ayyorona usul bor: 

  • avvaliga yaxshi shamollatiladigan xonada uxlash kerak. Havo harorati 22 darajadan past bo‘lishi lozim;
  • ichilayotgan suyuqlik miqdoriga eʼtibor bering. Soat 18:00 dan keyin kamroq suv ichishga harakat qiling;
  • kosmetika izini yuving va uxlashdan oldin yaxshilab yuvining;
  • tungi kremni, yaxshisi, uyquga yotishdan bir soat oldin yupqa qilib suring. Aks holda u niqob kabi taʼsir qiladi va terining nafas olishiga xalal beradi. Agar uxlashdan oldin niqob qilayotgan bo‘lsangiz, uni yuvib tashlashdan erinmang; 
  • oyoq uchun iliq suvli vanna qabul qiling. Bu organizmning umumiy holatiga ijobiy taʼsir qiladi;
  • uyg‘ongan zahoti limon va bodring qo‘shilgan bir stakan iliq suv iching. Tongdan o‘zingizni tetik his qilish uchun kontrast dush qabul qiling.

O‘zingiz, jismoniy va ruhiy salomatligingiz haqida unutmang. Ertalabdan sevimli musiqangizni qo‘ying, birga kuylang, raqsga tushing, kayfiyatni ko‘taring. Nigohingiz baxtga to‘ladi, bu holat sizni eng ko‘rkam insonga aylantirishi shubhasiz. 

 

 

Snejanna Babiychuk, o‘rta maxsus tibbiy maʼlumotga ega podolog, Aura elit kosmetologiya markazi   

 

5.Tirnoq plastinasi deformatsiyasiga qarshi qanday kurashish mumkin? 

 

Teskari o‘sgan tirnoq yurganda qattiq og‘riq beradi. Poyabzal tanlashda muammo keltirib chiqaradi va jiddiy infeksion asoratga olib kelishi mumkin. Bugun ushbu muammoning yechimi ko‘p, ammo eng keng tarqalgan va samaralisi «titan ip» (nikel va titan eritmasidan tayyorlangan sim) hisoblanadi. Podologiyada u tirnoq plastinasining nozik korreksiyasi uchun ishlatiladi. U korroziyaga chidamli, suv tekkanda zanglamaydi. Uning asosiy yutug‘i shakl “xotira”sini saqlab qoladi. Tirnoq plastinasida mahkamlanganidan keyin ip boshlang‘ich holatga qaytishga harakat qiladi. Shu orqali tirnoq plastinasi chetini tepaga ko‘taradi va uning o‘sish yo‘nalishini boshqaradi.

 

Bu usul paydo bo‘lgunga qadar muammo jarrohlik yo‘li bilan hal etilardi. Bu to‘qimalarning qo‘shimcha jarohatlanishi, uzoq muddatli og‘riqli tiklanish davriga sabab bo‘lardi. Eng yomoni, holat qaytalanishi ehtimoli yuqori edi. Chunki o‘sish sababi bartaraf etilmasdi. Titan ip yordamida tirnoqlarni korreksiya qilish tirnoq plastinasining tirnoq milkining yallig‘langan teriga bosimini kamaytiradi, og‘riq, qichishishni bartaraf etadi. Uning tabiiy rangini tiklaydi, shishni kamaytiradi va yallig‘lanish jarayonini to‘xtatadi. Eng mitti tirnoqlarni davolash uchun ham mos keladi.

Ko‘rishlar: 28

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz