Erkaklar haqidagi 5 ta keng tarqalgan uydirmalar

Hayot sifati

Yangilangan:

Hayotda eski qolip va seksizm sabab ayol bo‘lish qiyin ekaniga doir ko‘plab voqealarga duch kelamiz. Ammo seksistik tasavvur va stigma oqibatida erkaklarning o‘zi ham aziyat chekishini xayolimizga keltirmaymiz. Erkak qanday bo‘lishi kerak, degan savolga doir asosiy uydirmalarni psixolog bilan tahlil qilamiz.

 

 

Irina Ivanova, tranzakt tahlil sohasi bo’yicha amaliyotchi psixolog, psixolog-maslahatchi, O‘zbekiston terma jamoalari sport psixologi
 

 

1-uydirma: Erkaklar yig‘lamaydi

 

O‘g‘il bolalarga zaiflik va kuchsizlik har tomonlama qoralanib tarbiya berilganda aksioma sifatida keng tarqalgan uydirma. Aslida esa erkaklar ham ayollar kabi hissiyotlarga berilishi mumkinligi isbotlangan. Jamiyat ayollarning ko‘nglini bo‘shatishiga izn beradi-yu, erkakdan boshqa narsa talab qilinadi. Erkak faqat o‘zi, yaqinlari yoki hududini himoya qilishda tajovuzkorlikni namoyon qilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, tarbiya jarayonida o‘g‘il bolaga yig‘lash yoki boshqa «keraksiz» hissiyotlarni namoyon qilishga ruxsat berilmasa, uning o‘zi ham ularni jilovlashga harakat qiladi. Qanchalik qattiq jilovlamasin, hissiyot shunchalik kuchli namoyon bo‘laveradi.

 

Jo‘mrakdan oqayotgan suvni shunchaki qo‘lingiz bilan yopsangiz, nima ro‘y berishini bir tasavvur qiling-a. Suv kuchli bosim bilan otilib chiqadi! Insonlarning hissiyoti ham xuddi shunday. Erkaklar zaifligi namoyon bo‘ladigan vaziyatlardan ko‘pincha qo‘rqadi. Shu sabab ularni chetlab o‘tishga yoki hissiyotini tajovuzkorlik niqobi ostida yashirishga, eng yomoni, hislarini «muzlatish»ga harakat qiladi. Bu esa katta hissiy buzilishlarga olib keladi.

 

 

2-uydirma: Erkak hammasini o‘z nazoratida ushlab turadi

Kuchli jins vakiliga birtalay majburiyat yoki xislatlarni yuklaydigan mentalitet va jamiyat tomonidan o‘ylab topilgan yana bir uydirma. Haqiqiy hayot erkakdan 100 foizlik samara talab qiladi. Eng zo‘r xodim bo‘lish, katta pul topish, aʼlo turmush o‘rtoq, ota, o‘g‘il bo‘lish... Shunga munosib bo‘lish uchun erkaklar ko‘pincha asliyatini yashirib, yuziga muvaffaqiyatli bo‘lish niqobini kiyadi.

 

Mabodo ishonchni oqlay olmasa, aybdorlik hissini tuyadi. Kuchli nazorat nafaqat erkakning majburiyatiga yo‘naltirilgan, balki uning omma oldida, baʼzida oilasida ham niqob taqib yurishiga qaratilgan. Albatta, bu kabi ortiqcha qat’iyat ortiqcha xavotir, gohida hatto depressiyaga olib keladi. 

 

 

3-uydirma: Erkaklar ko‘zi bilan yaxshi ko‘radi

Hammamiz har xilmiz – erkaklar ham, ayollar ham. Ko‘zi bilan yaxshi ko‘radigan «vizuallar», o‘z hissiyotiga ishonadigan «kinestetlar», qulog‘i bilan ko‘ngil beradigan «audial» erkaklar bor. Psixologlarning aytishicha, erkaklar maqtovni yaxshu ko‘radi va maqtab turilgan joyda ko‘proq qoladi. Tanlov bejiz qabul qilinmaydi va mukammal ayol timsoli asosiga jamlanma timsol olinadi. Bu esa bolalikka borib taqaladi. Biz erkak o‘ziga juft qilib tanlayotgan ayol aynan uning onasiga o‘xshashini ko‘rishimiz mumkin.

 

 

4-uydirma: Haqiqiy erkak o‘zini parvarishlamaydi 

Ushbu safsata tobora ahamiyatini yo‘qotib boryapti. Sog‘lom turmush tarzi urfga kirganda sog‘liqqa va albatta, tashqi ko‘rinishga ham eʼtibor qaratish qoidaga aylandi. Bu – yosh, sportchi va ko‘rkam ko‘rinishga ega, muvaffaqiyatli erkak timsoliga jamiyatning qo‘ygan talabi. Erkakni bugun kosmetolog oldida, manikyur va spa salonda uchratish odatiy hol. Tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratish o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish sifatida zamon talabi hisoblanadi.

 

Buning ortida standartlarga mos kelmaslik, yoshga doir o‘zgarishlar kabi qo‘rquvlar ham yotishi mumkin. Inson birovning standartlari va moda anʼanalariga moslashmay, o‘ziga quloq solib, ehtiyojlarini qondirishining nimasi yomon?! Insonning, ayol yoki erkakning o‘ziga ishonishi uning zamonaviy dunyo manzarasiga mos kelishi yoki kelmasligiga bog‘liq. 

 

 

5-uydirma: Erkaklar poligam, ayollar esa monogam! 

Olimlar erkak va ayollar tabiatan poligam ekani va turli istakka egaligini allaqachon isbotlagan. Juftimizni yaxshi ko‘rsak ham libido ko‘plab obyektlarga muhtoj. Farq shundaki, ushbu harakatlarni sodir etishga o‘zimizga izn beramiz yoki ulardan tiyilishni afzal ko‘ramiz. Madaniyatimizda erkaklarning ko‘pxotinligiga ruxsat beriladi, ayollarga esa yo‘q. Ayollarga majburiy sadoqat va vafodorlik talablari qo‘yiladi. Ammo vaqt o‘tgan sari jamiyatda ayollar poligamiyasini tobora ko‘proq uchratib boryapmiz.

 

Har qanday xulq-atvor sababini tabiat yoki insonning hayvoniy hisga egaligiga ag‘darish mumkin.
 

Ko‘rishlar: 31

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz