Bolaga katta hayotga yo‘llanma berishning 5 qoidasi
Hayot sifati
Yangilangan:
Bir kuni har bir ota-ona uchun bolani mustaqil hayotga yo‘llash fursati keladi. Oilaviy va bolalar psixologi Yelena Morozovaning aytishicha, separatsiya bir martalik tadbir emas, balki go‘daklikdan boshlanib, muayyan bosqichlarga bo‘linadigan va ularning har birini o‘z vaqtida to‘g‘ri o‘tkazish zarur bo‘lgan davomli jarayondir.

Separatsiya – bu ulg‘ayish va bola ota-onasidan mustaqil bo‘ladigan tabiiy jarayon. Bu chindan-da murakkab bosqich bo‘lib, uni har kim o‘zicha o‘tkazadi. Xo‘sh, “kichkintoy”ni katta hayotga qanday yo‘llash kerak?
"Ota-ona uchun bolasini oiladan uchirma qiladigan muayyan yosh yo‘q"

1-qoida. Ikki xil chegara
Gohida ota-onalar bolasini ancha keskin va hech qanday tayyorgarliksiz kattalar olamiga – institut, alohida yashash va ish izlashga qo‘yib yuboradi. Yoki aksincha, ushbu tabiiy jarayonga to‘sqinlik qiladi. Aslida esa muvozanat zarur.

2-qoida. Xato qilish huquqi
Bola ulg‘ayish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini tan olish kerak. Aynan shu mustaqil bo‘lishga yordam beradi. Shu tariqa shaxs tajriba to‘playdi va shakllana boradi. Siz esa keyinchalik o‘tmishni tushunib yetishga ko‘maklashasiz.

3-qoida. Ota-onaning tarbiyachi roli
Separatsiya davrida, shuningdek, vazifangiz va muomala madaniyatingizni qayta ko‘rib chiqishingiz ham muhim. Barcha o‘gitingiz faqat tavsiyaviy ruhda bo‘lishi lozim. Maslahatlashing, tajribangiz bilan bo‘lishing, ammo oq-qoraga ishora qilmang.

4-qoida. Bolada shaxsni ko‘ra olish
Kichkintoyingiz yuragi g‘oya va orzularga to‘la. Qarshingizda hurmat, tushunish va ko‘makni talab qiladigan shaxs turibdi. Farzandingizga ishoning va uni ruhlantiring.

5-qoida. Qo‘rqmang
Ushbu hayajonli davrda eng muhimi, xotirjamlik va voqealarni inkor qilmaslikdir.
Ota-ona bolasini oiladan uchirma qiladigan muayyan yosh yo‘q. Bu hayotiy bosqich baribir sodir bo‘ladi. Ulg‘ayayotgan shaxsga eng keragi uni eshitadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan va mustaqil bo‘lish istagiga qarshi turmaydigan ota-onalardir.
Ko‘rishlar: 23
https://anatomica.uz/uz/articl...







