Erkaklar uchun 5 ta kosmetik muolajalar
Hayot sifati
Yangilangan:
Sog'lom va parvarish qilingan ter, ohangdor tanasi, zamonaviy soch turmagi va soqoli - zamonaviy kiyimlar, qimmatbaho soatlar va zamonaviy avtomobil kabi muvaffaqiyatli odamning atributlari. Ushbu maqolada biz ikki mutaxassisning fikrini bilib oldik, ular o'zlarining ish tajribasiga asoslanib, erkaklar ko'pincha qaysi kosmetologiya xizmatlariga murojaat qilishlari va nimani sinab ko'rishlari kerakligini aytdilar.

Xulkar Yakubjanova, ekspert va Expert Medical Clinic hamda Rosy go‘zallik va salomatlik markazi shifokor-kosmetologi:⠀
- Sizga erkaklar qanday shikoyatlar bilan murojaat qiladi?⠀
- yaqqol seziladigan, odatiy yallig‘lanish alomatiga ega, muammoli va yog‘li teri
- soqol olgandan keyin kuchayadigan teri quruqshashi va qichishishi⠀
- ajin, burma, qora nuqtalar kabi yoshga xos o‘zgarishlar
- soch to‘kilishi va siyraklashishi, sochning erta oqarishi
- Erkak mijoz va uning ko‘rkamlik muolajalariga talabi ayollarnikidan keskin farq qiladi. U kosmetolog xonasidagi quyidagi imkoniyatlarni beruvchi muolaja va xizmatlarga doim eʼtibor qaratadi: ⠀
- tez va sezilarli natija;⠀
- ko‘p vaqt talab qilmaydigan va shifokor-kosmetolog oldiga ko‘p borilmaydigan samara;⠀
- iz qoldirmaydigan, yaʼni uzoq tiklanish davrini talab qilmaydigan muolaja.⠀
- Kosmetolog sifatida nima taklif qilasiz?
1. Yuz terisining estetik kamchiliklariga in’eksion preparatlar bilan kompleks ishlov berish:
Bir kurs – ikki haftalik oraliq bilan ikkita muolaja.⠀
Qanday samara kutiladi?
- peshonadagi bo‘ylama ajin va qoshlar orasidagi ajinlar korreksiyasi⠀
- ko‘z ostidagi burun-ko‘z yosh (qora doiralar) va palpebromalyar chiziqlarni yo‘q qilish, qora halqalarni oqartirish ⠀
- burun va lab o‘rtasidagi hamda perioral sohadagi ajinlarni korreksiyalash⠀
- yuzni oqartirish va silliqlash, tomirli to‘rchalarni kamaytirish ⠀
⠀
2. Alopetsiya terapiyasi va soch siyraklashishi muammosini in’eksion preparatlar yordamida hal qilish:
Bir kurs – ikki haftalik oraliq bilan to‘rtta muolaja
Qanday samara kutiladi?
- soch to‘kilishini yo‘qotish;⠀
- yangi soch o‘sishini faollashtirish;⠀
- soch o‘zagini mustahkamlash, muddatidan oldin soch oqarishining oldini olish.
3. Must-have-muolaja – yuzni tozalash:
Yog‘li, aralash, quruq terili erkaklarga tavsiya etiladi. Erkaklar terisi qalin, sebum ajralib chiqishi, husnbuzar toshmalari, yallig‘lanish kabi muammolarga moyil. Har kuni soqol olish, tez-tez stressga berilish, zararli odatlar oqibatida erkaklarning yuz terisi, ayniqsa, kundalik parvarishga muhtoj.
4 Akne/postaknelarni lazer yordamida davolash:
Erkak terisidagi yog‘ bezlari ayollarnikiga qaraganda faolroq ishlaydi. Shuning uchun erkaklar husnbuzar hujumiga ko‘proq uchraydi. Husnbuzar toshganda birtalay kosmetik vositalar bilan ularni yashira oladigan ayollardan farqli o‘laroq, erkaklar tap tortmay, husnbuzarlarni shunchaki siqib qo‘ya qoladi. Bu esa postakne/chandiq paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shuning uchun ko‘pchilik mijozlar Italiyaning DEKA uskunalarida o‘tkaziladigan «Fototermoliz CO2» muolajasidan o‘tadi va terisi silliq hamda tarang bo‘lib chiqib ketadi!
5. Erkaklar orasida yana bir favorite-muolaja – piling:
Yuz terisi pilingi nafaqat qotib ketgan hujayralarni yo‘qotadi, balki teriga yaltiroqlik va sog‘lom ko‘rinish bag‘ishlaydi. U yuzga husnbuzar toshmalari chiqishining oldini oladi. Qoldiq kirlar ketadi va teriga ichiga o‘sgan tuklar yo‘qoladi. Muhim omil: muolaja ko‘p vaqt olmaydi, shuningdek, jarohatlarsiz o‘tadi.

Anvar Solijonov, ekspert va plastik jarroh, tibbiyot fanlari doktori, Diamond Beauty va «Xrustalniy lotos» mukofotlari laureati, «Qanday qilib o‘zingning eng yaxshi nusxangga aylanishing mumkin» kitobi muallifi, GMT klinikasi, Moskva shahri^
"Mohiyatan erkaklarni tashqi ko‘rinish ko‘p tashvishlanmaydi. Ayniqsa, O‘zbekistonda. Ortiqcha vazn, tarvuzday qorin, parvarishlanmagan yuz. Har doim ayol rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Erkak yurak yutib murojaat qiladigan muolaja – bu qovoq plastikasi, keyin liposaksiya. Yevropalik erkaklar o‘ziga ko‘proq eʼtibor beradi – qovoq plastikasidan tashqari yuzni endoskopik torttirish, liposkulpturlash bo‘yicha murojaat qiladi, boldir implantini o‘rnatishga tez-tez jazm qiladi.
Shuningdek, intim plastika – bu jinsiy aʼzoni uzaytirish, impotensiyada faloprotezlash, onkologiyadan keyin moyak olib tashlanganda uni protezlash va sunnat qildirish. Yoshlar orasida otoplastika va rinoplastikaga talab katta".
Ko‘rishlar: 53
https://anatomica.uz/uz/articl...







